Internet erkinligi - inson erkinligi
Har bir shaxs undan axborot olish huquqiga ega. Oqni qoradan ajratish xalqning o'ziga havola, ammo hamma uchun internetga kirish imkoniyati yaratib berilishi kerak, degan siyosat olg'a surilmoqda.
Axborot chegara tanlamaydi, virtual to’siqlarni tan olmaydi. O’tgan yili Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yosh ayolning otib o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. Qo’l telefoniga yozilgan fojia bir zumda internetga yo’l topgan.
Birmada 2007 yilgi ommaviy qo’zg’olon … uni bostirishga safarbar etilgan harbiylar namoyishchilarga qarata o’t ochgani hech kimga sir emas. Tasvirlar internetda fosh etildi.
Bugungi kun axborot tizimlari, deydi Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton, kurrai zaminni bamisoli nerv sistemasi harakatlantirib turadi.
“Hatto avtoritar jamiyatlarda ma’lumotni xalqdan yashirishga qanchalik harakat qilishmasin, kerakli axborotni baribir topib olishyapti”, - deydi Xillari Klinton.
Global miqyosda so’z erkinligi uchun kurashib kelayotgan xalqaro tashkilotlar Barak Obama ma’muriyati masalaga shunchalik ahamiyat qaratayotganini olqishlaydi.
“Tarixda bunaqasi hali bo’lmagan. Internetga kirib, ma’lumot olish har bir shaxsning uzviy huquqi deb tan olinyapti. Amerika tashqi siyosatida belgilab qo’ygan qator vazifalarni, huquq himoyasi bo’ladimi yoki iqtisodiy taraqqiyot, internet erkinligisiz ularni amalga oshirish qiyin”, - deydi Demokratiya va Texnologiya markazi tadqiqotchisi Sintiya Vong.
Eng mustahkam qulflar ham buziladi
Amerikaning yirik internet kompaniyasi Google va Xitoy hukumati o’rtasida kechayotgan bahslar mavzusi ham shu. Kompaniya senzura va kiber-xurujlardan shikoyat qilib, Xitoydagi idorasini yopishga qaror qilgan. Har bir kompaniya, deydi Xitoy rasmiylari, mahalliy qonunlarga bo’ysunishi shart.
Rasmiy Pekin nazarida Amerika hukumati ham butun dunyoga erkinlik haqida jar solib, o’z qarashlarini boshqalarga o’tkazish harakatida. Lekin osiyoshunos olima Rebekka Makkinnon tahlil qilishicha:
“Internetda xitoyliklar orasida bo’layotgan suhbatlarni kuzatsangiz, aniq bir xulosaga kelasiz: Internetdan foydalanuvchilar Google bilan juda yaxshi tanish. Kompaniya AQShda joylashganini hamma biladi. Xitoyda Amerika tashqi siyosatini tanqid qiladiganlar ko’p, lekin internetga kirib-chiqib yurganlar Google-dan har kuni foydalanadi, kompaniyaning hurmati bor”.
Google Xitoy bozorida yuzlashayotgan muammolar sabab, deydi tahlilchi Stiven Yeyts, internet erkinlikligi yuzasidan bahs-munozara qizimoqda.
“Xitoyda huquq oyoq osti bo’layotgani, hukumat fuqarolar hayotini to’la nazorat qilishga urinishi yangilik emas. Masala boshqa bir jihati bilan muhim. Hukumat buni tushunib, bila turib, qilayotgani yanada ayonlashdi. Rasmiy Pekin buni istamagan edi”, - deydi Yeyts.
Tahlilchilar fikricha, Amerika bosimi ostida avtoritar rejimlar internet eshiklarini qattiqroq yopsa ajabmas. Lekin, deydi Rebekka Makkinon, har narsaning chegarasi bor. Eng mustahkam qulflar ham buziladi.
“Qator boshqa jamiyatlar qatorida Xitoy ham internetga filtr qo’yib, undagi ma’lumotni cheklab, ichki iste’mol uchun moslashtirib olgan. Lekin, to’g’risi, global sahnada yetakchi bo’laman degan davlatga bu yarashmaydigan ish”.
Internet qanchalik bosim ostiga olinmasin, yopiq jamiyatlar uchun dunyoga darvoza. To’siqlarni yorib o’tish kuchiga ega. Shu bois Amerika internet kompaniyalariga Kuba, Sudan va Eronga internet orqali xizmat ko’rsatishga ruxsat berilgan. Bu davlatlar bilan savdoning boshqa turlari cheklov ostida.
Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton nazarida, iqtisod nuqtai nazaridan siyosiy va tijoriy senzura jamiyatga birdek ziyon. Mahalliy bizneslar global muhitdan xabardor bo’lsagina chet el kompaniyalari bilan raqobatlasha oladi.
Kiberjinoyatchilik hodisasi haqida umumiy ma'lumot. U jinoyatlar qanday sodir etiladi, xakerlik yo’li bilan, shaxsni ma’lumotlarini o'g'irlash, bank va kredit kartalari bilan bog’liq va boshqa kiberjinoyatchilikning eng keng tarqalgan turlarini o'z ichiga oladi. Kiber jinoyatlarni mahalliy, hududiy va хalqaro (transchegaraviy) turlarga ajratishimiz mumkin. Internet texnik infratuzilmalarni rivojlantirish bo’yicha eng tez o'sayotgan yo'nalishlaridan biridir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bugungi kunda hamma joyda mavjud va ularning raqamlashtirish tendensiyalari doimiy ravishda o'sib bormoqda. Internet va kompyuter aloqasi inshootlar va binolar, ular ulangan holda ishlaydigan mahsulot yetkazuvchi texnikalar, kompyuter texnologiyasi integratsiyasi ya’ni rivojiga olib keldi. Elektr ta'minoti, transport infratuzilmasi, harbiy xizmat va logistika - deyarli barcha zamonaviy xizmatlar Axborot texnologiyalaridan foydalanishga bog'liq bo’lib qoldi. Tahdidlar dunyoning istalgan joyidan kelishi mumkinligi sababli, bu vazifa katta xalqaro ahamiyatga ega bo'lib, xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, jinoyatlarni tergov qilishda, kiberjinoyatlarni ochishda, umumiy, tezkor va protsessual qoidalarni talab qiladi. Shu bois, davlatlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qonuniy asoslarini takomillashtirish muhim hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish asosan G'arb mamlakatlarida iste'molchilar talabini qondirishga qaratilgan bo'lsa, rivojlanayotgan davlatlar ham yangi texnologiyalardan foyda olishlari SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI 2 http://t.me/ScienceBox_official mumkin. Bunday texnikalar uzoq masofada simsiz internetdan foydalanishni osonlashtiradi. AQSH Axborot texnologiyalari sohasida kompyuter tizimlariga kirishni ko’paytirish hamda osonlashtirish uchun arzon kompyuterlar ishlab chiqarmoqda. Bu nafaqat AQSH balki boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda ham ko'p sonli odamlarni Internet tarmog’iga kirishini va tegishli mahsulot va xizmatlar savdosi uchun yanada qulay foydalanish imkonini bermoqda. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining jamiyatga ta'siri asosan axborot manbai bo’lib xizmat qiladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish uchun tarmoq xizmatlarini yaratish, tayyorlash va ulardan foydalanish mezonlarini ishlab chiqish zarurdir. Internet-taqdimotlar bugungi kunda kompaniyalar uchun bosma reklama materiallaridan ko'ra muhimroqdir va Internetga asoslangan aloqa va telefon xizmatlari simli aloqaga qaraganda tezroq o'sib bormoqda . Axborot kommunikatsion texnologiyalarida yangi tarmoq xizmatlarining yaratilishi umuman jamiyat uchun, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ko'p foyda keltirmoqda. Elektron hukumat , elektron tijorat , elektron ta'lim , elektron sog'liqni saqlash va elektron atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalar Axborot kommunikatsion texnologiyalari tomonidan boshqarilib turishi, zamonaviy dasturlar rivojlanishning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi. Axborot kommunikatsion texnologiyalarining faoliyat yuritishi keng doiradagi asosiy xizmatlarni taqdim etishning samarali faoliyatini ta'minlaydi. Uzoq o’lkalarni va qishloqlarni internet bilan ta’minlab berilishi ularga barcha xizmatlardan foydalanishga sharoit yaratib bermoqada. Yangi dasturlar rivojlanayotgan mamlakatlar uchun sog'liqni saqlash, atrof muhit balki ko’p sohalar uchun ko’p yillik rivojlanish maqsadlariga erishishni osonlashtirishi mumkin. Chunki ular internet orqali iqlim o’zgarish sabablarini ko’rsatmoqda va ularni oldini olishga chaqirmoqda bu usul dunyoda katta samara bermoqda. Dasturlar va saytlarga sarmoya kiritish, ishlash samaradorligini oshirishi va ish faoliyati sifatini yaxshilashga olib kelishi mumkin. Yangi dasturlar ishlab chiqilib rivojlantirilsa, ko’p xizmatlar online, asosan, inson omili aralashuvisiz bo’ladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalari rivojlanishi asosan turli xil xizmatlarga juda ko’p qulayliklar yaratishi bilan birga ko’plab korrupsiyaviy qoidabuzarliklarni oldini olishi mumkin bo’ladi. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari qurilmalari orqali xususan, o’zganing ID parolini o'g'irlash va Internetda boshqa shaxsga tegishli yoki shaxsiy ma'lumotlarini jinoiy maqsadlarda aldab olish harakati, elektron hukumat va elektron tijorat xizmatlarining yanada rivojlanishiga asosiy tahdidlardan biri bo’lib turibdi. Bir qancha davlatlarda ijmtimoiy tarmoqlardan belgilangan tartibdagidek foydalanmayapti. Masalan: kompyuter parollari, kirish kodlari yoki boshqa shunga o‘xshash ma'lumotlarni boshqa foydalanuvchiga uzatish uchun foydalanish, huquqbuzarlik sodir etish maqsadida undan foydalanish, ishlab chiqarish, sotish, foydalanish uchun sotib olish, import, ulgurji hollarda sotish yoki foydalanish uchun ijaraga berish, boshqa egalik mulklarni o’zlashtirish, ulardan o’z maqsadi yo’lida foydalanish, ma'lumotlarni qasddan yoki g‘ayriqonuniy ravishda kiritish, o‘zgartirish, o‘chirish yoki blokirovka qilish maqsadida kompyuter ma'lumotlarini olish, firibgarlik yoki shunga o‘xshash maqsadlarda foydalanmoqda. Axborot kommunikatsion texnologiyalari aholiga qulayliklar yaratadi. Ammo ularni himoyasi bilan ham shug’ullanish kerak bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda kiberxavsizlik eng katta muammoga aylangan. Aholini ijtimoiy huquqini himoya qilish yoki ularni mulklarini himoya qilish uchun zamonaviy strategiya va zamonaviy kurash dasturi kerak bo’ladi. Internet xizmatlaridan foydalanganda narxlar odatda, tarmoq tashqarisidagi xizmatlarga qaraganda ancha past bo'ladi. Internetdan elektron pochta xizmatlari yoki an'anaviy pochta xizmatlari, vikipediya, onlayn entsiklopediyadan, onlayn hosting xizmatlaridan foydalanish mumkin. Pastroq narxlar muhim bo’lib foydalanuvchilar sonini ko’payishiga, jumladan daromadlari past odamlar foydalanishiga imkon beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ko'p odamlarning moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olsak, Internet ularga oflayn rejimda kira olmaydigan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Axborot kommunikatsion texnologiyalaridan barcha davlatlarda ijobiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat beriladi. Davlat qonunchiligidan kelib chiqib taqiqlangan saytlar va ijtimoiy tarmoqlar ham mavjud. Barcha internet tarmoqlar o’z faoliyatini davlatlarning rivojlanishiga hamda davlat organlari faoliyatiga zarar yetkazmagan holda amalga oshirishi zarur. Buning uchun har bir davlatning qonunchiligiga asoslangan holda o’z faoliyatini joriy etish lozim. SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI 3 http://t.me/ScienceBox_official AKTni kundalik hayotning ko'p jabhalariga joriy etish, axborot jamiyatining zamon talabiga mos holda rivojlanishiga olib keldi. Texnik o'zgarishlar, bank kartalari, kredit kartalari va onlayn xarid qilish sifatida, kundalik hayot yaxshilandi, ma'lumotlarni mobil uzatish xizmati, telefon orqali turli amallarni bajarish, Internetdan foydalanish - bizning kundalik hayotimizda qanchalik chuqur kirib ko’plab sohalarni o’zgartirib yubordi. Biroq, axborot uzatishning o'sishi yangi va jiddiy tahdidlar bilan birga keldi. Suv va elektr energiyasi kabi muhim xizmatlar bugungi kunda AKTga asoslangan. Masofa bosib o'tgan elektromobillar, transportni nazorat qilish, liftlar, shamollatish va telefonlar, shuningdek, texnika ishlatish uchun AKT bog'liq bo’lib qoldi. Shu bilan birga axborot infratuzilmasi va Internet xizmatlari bugun yangi hujumlar va muhim yo'llar bilan jamiyatni zararlamoqda. Barqaror faoliyat yuritayotgan jamiyatni izidan chiqarmoqda. Axborot infratuzilmasi va Internet xizmatlariga bir qancha hujumlar sodir bo'lmoqda. Onlayn firibgarlik va xakerlik hujumlari - har kuni sodir bo'ladigan kompyuter jinoyatlarining bir nechta misollaridir. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, kiberjinoyatchilik tomonidan yetkazilgan moliyaviy zarar nihoyatda yuqori bo’lib 2003 yilda 32 milliard dollarga yetdi . Ba'zi hisob-kitoblarga ko'ra, 2007-yilda kiber jinoyatchilik bo'yicha daromadlar narkotrafikni ortda qoldirib birinchi marta 100 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu ham juda katta miqdorni tashkil etadi. 2014 yilgi tadqiqotga ko'ra, kiberjinoyatchilik bilan bog'liq yo'qotishlar 1 yilda 400 milliard dollarga yetishi mumkin bo’lgan . Bu baholashlar axborot infratuzilmasini himoya qilish muhimligini yaqqol ko'rsatib beradi. Hozirgi kunga kelib 1 daqiqada taxminan 100000mingdan ortiq aniqlangan hujumlar qayd etilmoqda1 . Yuqoridagi hujumlarning aksariyati muhim infratuzilmaga mo'ljallanmagan. Biroq, 2010 yilda topilgan "Stuxnet" zararli dasturi 37ta muhim infratuzilmaga qaratilgan hujumlar xavfini ko'rsatdi . Ushbu dasturiy vosita foydalaniladigan dasturlarni 4000 dan ortiq funksiyalari zararlanishiga olib keldi. Bu esa tez-tez axborot infratuzilmasini nazorat qilish zarurligini ko’rsatdi2 . Kiberxavfsizlik axborot texnologiyalari va Internet xizmatlarining hozirgi rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Kiberxavfsizlikni kuchaytirish va muhim axborot infratuzilmalarini himoya qilish har bir mamlakat xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun muhim ahamiyatga ega. Internet xavfsizligini oshirish va Internet foydalanuvchilarini himoyasi hukumatning balki boshqa davlat tashkilotining asosiy vazifasi hisoblanib qoladi. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun kiberxavfsizlikni to’g’ri tashkil etish va axborot infratuzilmasini himoya qilish strategiyasini ishlab chiqishdir. Xususan, Axborot texnologiyalarini jinoiy maqsadlarda yoki boshqa maqsadlarda, uning infratuzilmalari yaxlitligiga ta'sir ko'rsatishga qaratilgan harakatlardan himoya qilishga oid tegishli qonun hujjatlarini qabul qilish kiradi. Mamlakat miqyosida davlat organlari fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, baxtsiz hodisalarni oldini olish, ularni bartaraf etish uchun ma’suldir. Mintaqaviy va xalqaro darajada davlatlar o’z fuqarolarini himoya qilishda sheriklar bilan hamkorlik va muvofiqlashtirishni mustahkamlashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kiberxavfsizlik tizimi va strategiyasini shakllantirish va amalga oshirishni kompleks yondashuvni talab qiladi . Texnik himoya tizimlarini ishlab chiqish va foydalanuvchilarni kiberjinoyatchilik qurboni bo'lishdan saqlanish bo'yicha seminar-treninglar o’tkazish va kiberxavfsizlik strategiyasi kiberjinoyatlar xavfini kamaytirishga va aholini turli aldamchi saytlarga kirmaslikka ogohlantiradi. Kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda muhim element hisoblanadi. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash kompleks yondashuvni talab qiladi. Faqat texnik chora-tadbirlar jinoyatchilikning oldini ololmasligini hisobga olsak, huquqni muhofaza qilish organlari kiberjinoyatchilikni samarali tekshirish va jazolashni takomillashtirish kerak. Internet tarmoqlarida sodir etilgan jinoyatlardan kelib chiqadigan huquqiy muammolarni xalqaro miqyosda hal qilish zarur. Kiberjinoyatchilar tayyorgarlik ko’rgan holda kuchli himoyalangan yoki eng kuchsiz himoyalangan 1 Yevropa Kengashi - Kompyuter jinoyatchiligi to‘g‘risidagi konvensiyasi axboroti (№ 185)(Budapest, 23-noyabr 2001- yil) 2 Yevropa Kengashi - Kompyuter jinoyatchiligi to‘g‘risidagi konvensiyasi axboroti (№ 185)(Budapest, 23-noyabr 2001- yil) SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI 4 http://t.me/ScienceBox_official davlatning yoki kompaniyaning internet tarmog’iga kirib sodir etadi. Shuning uchun kiberjinoyatlarga qarshi kurashish uchun "Xalqaro hamkorlik" qilish zarur, chunki kiberjinoyatchilar barcha himoyalangan davlatlarni ham internet tarmog’ini buzmoqda. Kiberjinoyatlar asosan rivojlanayotgan yoki rivojlangan davlatlarda sodir etiladi. Chunki bu davlatlarda banklar, kompaniyalar, yirik ishlab chiqaruvchi tashkilotlar hamda bozorlarda pul yoki qimmatli qog’ozlar savdosi ommalashganligi hamda ko’pligidadir. Ularga qarshi kurash uchun birlashish har qachongidan ham davr talabi bo’lib qoldi. Kiberjinoyatchilar ayrim katta-katta korporatsiyalarga yoki kompaniyalarga hujum uyushtirib ularni haridorlarini kamaytirmoqchi bo’lib qo’rqitadi, ular esa bundan foydalanib o’zining maqsadlarini aytishadi. Kompaniyalar esa bunga rozi bo’lishdan boshqa chorasi qolmaydi, chunki mahsuloti sotilmay qolishidan yoki foydalanuvchi kamayishidan qo’rqadi va holatni ommadan yashiradi. Bu esa kiberjinoyatchilarga qarshi kurashdagi dastlabki mag’lubiyati bo’ladi. Kiberjinoyatchilar esa bundan ruhlanib tayyorgarlik ko’rib boshqa kompaniyalarga ham hujumga o’tadi. Ayrim kiberjinoyatchilar o’ziga bu ishlarni xobbi qilib olib himoylangan yoki himoyasi kuchini qanchaligini tekshirish uchun ham tarmoqlarni buzib o’tib o’zini juda ko’p narsalarga qodirligini isbotlamoqda. Ammo ayrim shaxslar ularning ishonchiga kirib olib o’z maqsadlari yo’lida ulardan foydalanmoqda. Maqsadlariga erishib bo’lgandan so’ng esa yanada katta narsalarga erishishni hohlab kiberjinoyatning to’la subyektiga aylanib qoladi. Ularni to’xtatish uchun esa ulardan kuchli kiberxavfsizlik tizimini va kiberxavfsizlik xodimlarini shakllantirish lozim. Hozirgi kunga kelib kiberhujumlar soni soniyasiga ortmoqda. Bu esa millionlab hujumlardan dalolat beradi. Kiberjinoyatchilikka qarshi qonunlarni ishlab chiqish va kiberjinoyatchilikka oid qonuniy bazani shakllantirish, kiberxavfsizlikka qarshi qonun choralarini ko’paytirish va qo’llash kiberxavfsizlik strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Kiberjinoyatlar kompyuter firibgarligi, noqonuniy foydalanish, noto'g'ri talqin, mualliflik huquqi buzilishi va bolalar pornografiyasi sifatida namoyon bo’lmoqda. Ushbu jinoyatlarni oldini olishda esa biz hamisha sergak bo’lishimiz darkor. Chunki kiberjinoyatlar turli ko’rinishda va turli shaklda namoyon bo’lmoqda. Ularni oldini olish uchun esa kiberxavfsizlik xodimlari tun-u kun izlanishmoqda. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash uchun kiberxavfsizlik strategiyasi hamda kiberxavfsizlik to’g’risida qonunni to’g’ri talqin etishimiz zarur. Butun dunyoda kiberxavfsizlik sohasi juda kuchaygandan kuchaymoqda asosiy e’tiborni himoyaga qaratishimiz kerak. Keyin esa boshqa davlatlardagidek voyaga yetmaganlar uchun alohida internet tarmog’ini yaratishimiz (Rossiya Federasiyasi misolida) hamda voyaga yetmaganlar uchun internetdan foydalanish soatini tartibga solish zarur (Xitoy misolida). Davlat tomonidan ayrim saytlarga cheklov o’rnatish va jamiyatning rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan saytlarni taqiqlash zarur (Hindiston misolida ular TIK TOK ilovasini bloklab qo’ygan). Agar ularni bloklash uchun muammolarga duch kelinsa, shunday ilova yaratish kerakki O’zbekistonda tarmoqni o’zida bloklash imkonini beruvchi qurilma kerak bo’ladi. Telefon yangi olinganda ayrim ilovalar mavjud bo’lib, unda kompaniya o’ziga tegishli hamda ayrim boshqa ilovalar mavjud bo’ladi. Mashhur ko’p qo’llaniladigan ilovalarni biz o’zimiz cheklov o’rnatuvchi ilova bilan birga o’rnatishimiz zarur. Agar o’rnatilmasa o’sha ilova ishlamasligi lozim. Chunki mashhur ilovalarning hammasi ham birdek ko’radigan darajada emasligini hisobga olib, ular yoshlar bilan bir qatorda katta yoshdagi shaxslarni ruhiyatiga yaxshi ta’sir qilmayapti hamda ularni hayotini o’zgarishiga sabab bo’ladigan videoroliklar, vaynlar va rasmlar borligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bunday ilovalarni o’rnatish yoshlar tarbiyasiga ta’sir o’tkazadigan axborotlarni yoki internet saytlaridagi axborotlarni tarqalishini oldini oladi deb hisoblaymiz. O’zbekiston o’z tarmog’ini yaratishi va internetning tezlik darajasini oshirishi zarur. Hozirgi kunda internet orqali axborot almashish juda ommalashib ketdi, shuning uchun o’z axborot bazamizga ilmiy ishlar bilan bog’liq bo’lgan adabiyotlar iborat alohida kutubxona yaratish lozim. Unda ilmiy ishlar to’plami barcha sohalarni qamrab olishi hamda darslik, o’quv qo’llanmalar, ilmiy jurnallar barchasi aks ettirilishi kerak. Chunki axborot izlagan inson uni bitta saytdan topishi yaxshi qulaylik yaratadi. Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanayotgan izlanuvchilarni ishlarini yengillashtiradi va shu yerning o’zidan o’ziga tegishli joylarini yuklab olib o’rganishadi, ayrim ilmiy ishlar bilan bir xil bo’lishini oldi olinadi. Shuningdek SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQARO MUNOSABATLAR JURNALI 5 http://t.me/ScienceBox_official ilmiy ishlar barcha sohani qamrab olishi davlatimiz rivojlanishi hamda ilmiy izlanuvchilarning ko’payishiga sabab bo’ladi deb hisoblayman.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. 2022
2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. –Toshkent.Адолат, 2022.
3. Yevropa Kengashi - Kompyuter jinoyatchiligi to‘g‘risidagi konvensiyasi axboroti (№ 185)(Budapest, 23-noyabr 2001-yil)
4. Jinoyat huquqi maxsus kursi, M.X.Rustamboyev. Toshkent
5. Salayev N.S., Ro’ziyev R.N Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar. Monografiya ., – Т.: ТDYU, 2018, 139-b.
6. Карпова Д.Н. Киберпреступность: глобальная проблема и её решение. //Власть. №8. 2014. С. 46-50
Dostları ilə paylaş: |