MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKTSIM FAKULTETI 111-20 guruh talabasi
Shakarov Jamoliddinning Biznes jarayonlarini
boshqarish fanidan tayyorlagan
“Biznes reja tuzish maqsadi va vazifalari”
mavzusida tayorlagan
Mustaqil ishi
Tayyorladi: Shakarov Jamoliddin
Tekshirdi: Parpiyeva Malika
Toshkent-2022
Biznes reja
Biznes-reja-bu shunday xujjatki, firmaning unda o'z ishini qanday
boshlashi, qanday ishlab chiqarishini samarali yurgizish va tovarni bozorga olib
chiqishi, qanday texnologiyani qo'llashi, qachon dastlabki daromad olishi,
tavakkalchilik (risk) ni kamaytirishi, sarf-xarajat darajasi va foyda olishi, raqobat
kurashida yutib chiqish kabi ko'rsatkichlarning loyihasi o'z aksini topadi.
Beznes-reja korxona
(firma)ning
rivojlanish
strategiyasini
belgilab
beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Shu bilan
birga firma taraqqiyotining
umumiy kontseptsiyasiga asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy
jihatlarini birmuncha batafsil bayon etadi, aniq-tayin chora-tadbirlarni texnik
iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
Boshqacha
qilib aytganda, biznes-reja tadbirkor uchun go'yo bir ish
qurolidir, aniqrog'i, kompasdir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma
rahbarlarining o'z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini,
birinchi galda ishning
daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko'rsatib beradi. Yaxshi ishlab
chiqilgan biznes-reja firmaga:
Bozorda yangi mavqelarni qo 'Iga kiritishga;
O'z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga;
Yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga;
Yangi mo'ljallangan amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini
tanlab olishga yordam beradi;
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora oshib
boradi. Biron-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g'oyasini rejasiz amalga
oshirib bo'lmasligini xorijiy biznesmenlar allaqachon tushunib etganlar. Bu erda
gap awalgi besh yillik rejalarimiz haqida bormayapti.
Xorijiy mamlakatlarning
"Besh yillik rejalari" butunlay boshqacha usulda tuziladi. Ularni biznes-reja deb
yuritishadi.
Agar o'z faoliyatingizni biznes-rejasiz boshlaydigan bo'lsangiz, tez
kunlar ichida inqirozga uchrab, sinishingiz turgan gap! Hayron qolmang, chunki
jahon amaliyotidan bizga ma'lumki, biznes-reja ishbilarmonning hammasi uchun
juda zarur, go'yoki suv bilan havodek.
Nega deganda,
biznes-reja-bu shunday narsaki, uning yordamida siz
ko'p ishlarni bajarishga qodirsiz. Masalan, siz o'z loyihangizni amalga oshirmoqchi
yoki sotmoqchisiz. Buning uchun esa sizga lozim bo'lgan mablag'ni bankdan qarzga
olish paytida bankirni o'zingizning biznes-rejangizdan xabardor etishingiz shart.
Bundan tashqari, bu narsa, o'z kelajagini bilishni xohlagan va o'z
vazifasini aniq hamda puxta tushunish niyatida yurgan kasbdoshlaringiz,
to'g'rirog'i xodimlaringiz
uchun ham, eng avvalo yuqorida ta'kidlaganimizdek
o'zingiz uchun ham juda keraklidir.
Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo'libgina qolmay, balki
undan investorlar va kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin.
Investorlar tavakkal qilib sarmoya berishdan awal loyihaning sinchiklab ishlab
chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning samarali ekanligidan xabardor
bo'lishlari kerak. Ular
sarmoya berish imkoniyatlarini ko'rib chiqishdan oldin
biznes-rejani sinchiklab o'rganib chiqishadi. Shundan so'ng
ular loyihani
ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar. Korxona o'z faoliyatini biznes-rejasiz
boshlar ekan, u albatta inqirozga uchrashi muqarrar.
Muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil
qilishga hamda uning istiqboldagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho berishga
yordam beradi. U muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona
odamlarga, shuningdek korxona boshqaruviga aloqador bo'lmagan shaxslarga
berish ta'qiqlanadi.