Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Biznes rejani qisqa va uzoq muddatga mo’ljallash



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.12.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#72503
1   2   3   4
Biznes mustaqil ish

Biznes rejani qisqa va uzoq muddatga mo’ljallash
 
Biznes-reja bozor ehtiyojini inobatga olgan holda firmaning qisqa va uzoq 
muddatga mo'ljallash, shuningdek zaruriy resurslarni olish maqsadida tuziladi. 
U tadbirkorga quyidagi vazifalarni bajarishga, ya'ni:
• firma faoliyatidagi aniq yo'nalishni, maqsadli bozorlar va u bozorlarda firma
ning 
o'rnini aniqlashga;
• firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadini belgilash va ularni amlga oshi
rish 
taktikasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga. Har bir strategiya ijrosi
ni 
ta'minlovchi ma'sul, javobgar shaxslarni belgilashga;
• tovar va xizmat turlarini tanlash va iste'molchilarga qilinadigan taklif 
tarkibini 
belgilashga, ularni ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlar


ni 
baholashga;
• firma maqsadini amalga oshirish uchun mavjud kadrlar salohiyatining 
hamda 
mehnat motivatsiyasining talab darajada ekanligini baholashga;
• bozorni o'rganish, reklama, sotishni rag'batlantirish, narx-
navo, sotish 
shaxobchalari va hokazolar bo'yicha firma marketingi faoliyati tarkibi
ni 
aniqlashga;
• firma maqsadini amalga oshirishda mavjud moliyaviy va moddiy 
resurslarning 
muvafiqligini baholashga;
• biznes 
rejanibajarishga xalaqit beruvchi, ko'zda tutilmagan qiyinchiliklar, 
to'g'anoqlarni oldindan ko'ra bilishga yordam beradi. 
Biznes-rejani nazarga olmagan tadbirkor kutilmagan noxushliklarga 
duch kelishi tabiiy. Bu noxushliklar nafaqat tadbirkorning o'ziga, shu bilan birga 
uning boshlagan yoki yurgizayotgan faoliyatiga qattiq zarba berishi mumkin. Shu 
sababli vaqtni ayamasdan biznes-rejani tuzishga (uni tuzishga 200 odam-soatgacha 
vaqt talab qilinadi), so'ngra faoliyatni boshlashga jazm etmoq zarur. Hattoki 
bozorda o'zgaruvchanlik intensiv bo'lgan hollarda ham uni tuzishdan voz 
kechmaslik darkor.
Firma 
faoliyatini 
biznes-reja 
vositasida 
rejalashtirish 
quyidagi 
afzalliklarga ega:
• firma rahbarlarini firma istiqboli bilan shug'ullanishga majbur qiladi;


• firma maqsadini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan resurslarni
aniq 
muvofiqlashtirishga imkon beradi;
• firma faoliyatini nazorat qilish ko'rsatkichlarini o'rnatishga yordam beradi;
• firma rahbari va ma'sul xodimlar majburiyatlarini yanada aniqroq 
o'rnatishga, 
ularning javobgarligini oshirishga majbur qiladi;
• firmani bozor vaziyatiga har doim tayyorlab boradi.
Qisqasi, biznes-reja tadbirkorga mazkur faoliyat uchun pul sarflash kerakligi, 
bu sarf daromad olib keladimi, olingan daromad sarflangan xarajatni qoplab 
firma rentabelligini ta'minlay oladimi degan savollarga javob beradi.
Biznes-reja quyidagi o'ta dolzarb vazifalarni echish uchun ham zarurdir:
• mavjud va yangitdan tashkil topadigan xususiy va aktsiyador firmalarga 
kredit 
olish uchun;
• davlat korxonalarni xususiylashtirish bo'yicha takliflarni asoslash uchun;
• yangi faoliyatni boshlash va firmaning bo'lg'usi yo'nalishni aniqlash uchun;
• chetdan investorlarni jalb qilish uchun;
• qo'shma korxonalarni tashkil qilish uchun;
• buyurtmachi yoki xaridor bilan yirik shartnomani tuzish uchun;
• yangi malakali xodimlarni o'z firmangizga jalb qilish uchun;
• tovaringizni yoki xizmat turlarini chetga chiqarishni asoslash va 
hokazolar 
uchun. 


Bu muammolarni echish uchun biznes-reja zarurdir va u awalgi 
ko'nikkan texnik-iqtisodiy asoslash kabi xujjatning o'rnini bosmog'i darkor.
Biznes-rejani menejer, tadbirkor, firma, firmalar guruhi, konsalting tashkiloti 
tayyorlashi mumkin. Biznes-rejani tuzish jarayoni tadbirkorlik g'oyasidan 
boshlanib, olingan foydani uning ishtirokchilariga taqsimlash bilan yakunlanadi.
Biznes-rejani tuzishda rahbarning shaxsan ishtiroki juda zarurdir. 
Shuning uchun ham ko'pgina xorijiy mamlakatlar banklari va investorlari, agar 
biznes-rejani boshidan oxirigacha chetdan maslahatchi yollab bajargan va rahbar 
faqat qo'l qo'yganini bilib qolsalar, bunday biznes-reja loyihasiga mablag' 
berishdan voz kechadilar.
Bu 
degani 
biznes-rejani 
ishlab 
chiqishda 
maslahatchilar 
hizmatidan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, investorlar tomonidan 
ekspert maslahatchilarning xizmatidan biznes-rejani ishlab chiqishda foydalanish 
mumkinligi qo'llab-quwatlanadi. Gap bu erda boshqa narsada. Biznes-rejani ishlab 
chiqishda korxona rahbarining yoki tadbirkorning shaxsan o'zi ishtirok etishi shart.
Firma 
yangi 
o'zlashtirilgan 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarishni 
mo'ljallagan bo'lsa-yu, lekin bularni ishlab chiqarish uchun etarli quwatlarga ega 
bo'lmasa, u yo yangi quwatlarni yuzaga keltirish uchun sarmoyalarni jalb qilish 
yo'lidan borishi, yoki ishning bir qismini bajarib beradigan sheriklarni qidirib 
topish yo'liga kirishi mumkin. Bunday holda biznes-reja sheriklar kapitalini inobatga 
olgan holda tuziladi.
Biznes-rejani 
yangi 
hissadorlar, 
kreditorlar, 
biznes 
sohasidagi 
sheriklar, mablag' beruvchi xomiylar va chet el investorlarini qidirib topishda 
hammadan ko'p foydalaniladi. Bunday sharoitda biznes-reja qachon, kim va nima 
uchun degan savollarga javob olish uchun tuziladi.


Tadbirkor uchun uning biznesi hayot-mamotidir. Bank menejeri yoki chet 
el investori uchun tayyorlangan bu xujjatlar ular qo'liga kelib tushadigan 
ko'plab xujjatlarning faqat biridir. Siz bu reja bilan ularni ishontira olishingiz, 
o'zingizga jalb qila olishingiz va pirovardda uni qo'llab-quvvatlashingizga erisha 
oolishingiz lozim.
Buning uchun siz tuzgan biznes-reja quyidagi talablarga javob berishi, ya'ni:
• aniqvaravon;
• qisqa va lo'nda;
• mantiqan kuchli asoslangan;
• to'g'ri va ishonchli;
• raqam va faktlar bilan o'z tasdig'ini topgan bo'lishi shart. 



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin