arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To'ldirish va qarama-qarshi qo'yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo'ldi. Al -Xorazmiyning ikkinchi matematikaga oid asari «Hind arifmetikasi haqida kitob» bo'lib, bu asar tufayli avval Sharq xalqlari, so'ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug'i-o'nli pozitsisi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o'girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» (erning surati) asari geografiyaga, «Astronomik jadvallari» astronomiyaga oid bo'lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Kuyosh soatlari to'g'risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuxrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki g'arbda ham asronomiya fani rivojida katta rolь o'ynadi.
1983 yilda xalqimiz buyuk allomaning 1200 yillik to'yini katta tantana bilan nishonladi.
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg'oniy. Al-Farg'oniyning tarjimai holiga doir ma'lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni Farg'ona zaminida tug'ilib o'z ilmiy-madaniy zakovati bilan Bag'doddagi birinchi Ma'mun akademiyasigacha borgan (ikkinchi Ma'mun akademiyasi Xorazmshox Ma'mun akademiyasi
Sharqda ilk Uyg’onish davri deb atalgan IX-XII asrlarda Turonzamin xalqlari jahon ilm-fani, ma’daniyati-ma’rifati taraqqiyotiga buyuk hissa qo’shib, tarix sahifalariga o’z nomlarini abadul-abad muhrlagan ulug’siymolarni taqdim etdi. Ana shu asrlarda yashab ijod etgan jahonga mashhur allomalarning muborak nomlari SHarq va G’arbda faxr-iftixor ila tilga olinadi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) ilk Uyg’onish davrining butun dunyo tan olgan qomusiy olimidir. U ilm-fan va madaniyatning qadimiy beshiklaridan hisoblangan Xorazmda tavallud topib, voyaga yetdi va shu yerning o’zida uning nomi dunyoga ma’lum bo’ldi. Muso al-Xorazmiy ilmiy-ijodiy faoliyatining juda katta davri arab xalifaligining poytaxti, Bag’dod shahri bilan uzviy bog’liq. SHarqning buyuk olimi Xorazmiyni xalifa al-Ma’mun xalifalik markazi – Bag’dodga taklif etgan va “Baytul-hikma” (“Donishmandlar uyi”)da rahnamolik qilishni topshirgan. Alloma bu muqaddas ilm maskanida juda ko’plab astranomik kuzatishlar olib borgan, katta ilmiy jamoaga ustozlik qilib, to insoniyat turguncha o’z ahamiyatini yo’qotmaydigan o’lmas kashfiyotlar yaratgan.
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Bag’dodda katta ilmiy ijodiy ish bilan shug’ullandi, riyoziyot, jug’rofiya, tarix ilmlariga oid qimmatbaho asarlar yozdi, ilm-fanda yangicha yo’nalishlarni boshlab berdi. Uning matematika sohasidagi kashfiyotlari o’z davrida e’tirof etilgan va haqli ravishda algebra asoschisi sifatida tan olingan. yer meridiani yoyining bir gradus uzunligini o’lchash ishlariga Xorazmiy rahbarlik qilgan. U fanda qomusiyligi, dunyoqarashining haddan tashqari kengligi, zehnining o’tkirligi, xotirasining kuchliligi arab va ajam xalqlari madaniyati va ma’naviyati tarixini mukammal bilishi, insoniyat istiqbolini ham chuqur ilmiy-nazariy fahmlay olganligi bilan zamondoshlarini hayronu lol qoldirgan.
Uning ilmiy-amaliy ahamiyati bebaho va beo’lchov asarlari, fandagi buyuk kashfiyotlari fikrimizga misol bo’ladi. “Al-Jabr Val-Muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitob surat ul-Arz” (“Er surati”), “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Astronomik jadvallar”, “Quyosh soati to’g’risida”, “Usturlob qurish haqida kitob”, “YAhudiylarning eralari va bayramlari haqida risola” va boshqa nomlardagi kitoblar uning nomi va xizmatlarini olam uzra abadiy muhrladi.
Xorazmiyning asarlarida ilgari surilgan g’oyalar hamda uning ta’limoti umumbashariy ahamiyatga molik. Buyuk alloma nafaqat o’z davrining, balki hamma zamonlar va barcha xalqlarning matematik va tabiatshunos olimi sifati ham mashhur.
Muhammad Muso al-Xorazmiyning nomini tarixda abadiy qoldirgan asarlaridan biri – “Al-Jabr Val-Muqobala”dir. Kitobda ilmiy asoslab berilgan matematik qoidalarning amaliyot uchun ahamiyati qanchalik katta ekanligini aytib o’tirmasa ham o’z-o’zidan aniq va ravshandir. Xorazmiy bu haqda shunday degan: “…Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o’z ichiga oluvchi “Al-Jabr Val-Muqobala” hisobi haqida qisqacha kitobni ta’lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o’lchashda, kanallar o’tkazishda va boshqa shunga o’xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir”.
“Al-Jabr Val-Muqobala” necha-necha zamonlardan beri SHarq va G’arb olimlariga algebra fani bo’yicha dasturulamal bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Al-Xorazmiy algebraning otasidir. Hozir butun dunyoda qo’llanilayotgan hisob raqamlari “1” dan “9” gacha hamda “0” o’sha darvdan boshlab keng muomalaga kirdi. Bu buyuk ajdodlarimizning ulug’ xizmatlaridan biridir.
“Algebra”, “algoritm” deb atalgan fanlarga IX-asrdayoq buyuk vatandoshimiz al-Xorazmiy asos solganligini butun jahon allaqachon tan olgan. Uning asarlari yevropa matematikasi uchun g’oyaviy xazina bo’lib xizmat qildi. SHuning uchun ham Xorazmiy asarlari arabchadan lotin tiliga bir necha bor tarjima qilingan. yevropalik olimlar Xorazmiy asarlari tufayli o’zlarining asarlarini yaratib, matematika ilmini yanada rivojlantirdilar.
. Olimning “ZIJ” asari astronimik asarlarni yozish andozasini belgilab bergan. Al-Xorazmiy fanda birinchi bo’lib geografiyani iqlimlar asosida bayon etgan.
Xorazmiy nomi esa matematika fanida "algoritm" atamasi shaklida o'z ifodasini topdi. Uning "Aljabr" asari asrlar davomida avlodlar qo'lida yer o'lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o'lchov ishlarida dasturulamal bo'lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi
«Hindiston hisobi to’g’risidagi kitob» nomli arifmetik asar, algebra bo’yicha «Aljabr va al-muqobalaning hisoblanishi to’g’risidagi qisqacha kitob» asari, astronomik jadvallar hamda geografik asar qolgan edi. Ikkala matematik asari o’rta asrlarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilingan bo’lib, ko’p vaqt davomida matematika bo’yicha asosiy darsliklar bo’lib xizmat qilgan. Al–Xorazmiyning taxallusi sal shakli o’zgargan holida «algoritm» so’ziga aylanib, avvaliga o’n xonali o’rinlar belgilangan arifmetikaning butun tizimini anglatgan. Keyinchalik bu atama matematikada ma’lum amallarni muayyan tartibda bajarish ketma-ketligi ning qoidasi kabi kengroq ma’noga ega bo’ldi.
Shunday qilib, «al-jabr» va «al-muqobala» amallari hozirda qo’llanadigan tenglama hadlarining tenglamaning bir qismidan boshqasiga ko’chirilishi va o’xshash hadlarning keltirilishi amallarining o’rnida qo’llangan. Ushbu ikkita amal al–Xorazmiyga birinchi va ikkinchi darajali har qanday algebraik tenglamani
namunaviy shakllardan biriga keltirishga imkon berdi, bunday shakllar al–Xorazmiyning ta’limotida oltita.
Kvadrat tenglamalarni yechishning faqat geometrik usullaridan foydalangan yunonlardan farqli ravishda, al–Xorazmiy faqat o’zining og’zaki ritorik yechimining to’g’riligini isbotlash uchungina chizmalardan foydalanadi.Bu tangalar AL-Xorazmiyning tug’ilgan kunini nishonlashganda
AL-Xorazmiyning rasmi tushirilgan tangalar Ishlab chiqarildi.Professor O.Fayzullaev Xorazmiy, nainki o’z zamonasining ulug’ matematigi, balki hamma zamonlarning eng buyuk allomasi ekanligini quyidagicha ifodalaydi: “Xorazmiy kashfiyoti taqdirining yana bir muhim tomoni shundaki, fan va texnikada “amper”, va “vatt”, “mendeleynum”, “rentgen”, “kyuri”, “eynshteynum” kabi terminlar qatorida “algoritm” tushunchasi mustahkam o’rin oldi”.
Buyuk vatandoshimiz Xorazmiy o’z mavqei va maqomiga ko’ra jug’rofiya ilmida ham ulkan kashfiyotlar qilgan allomadir. Uning “Kitob-surat al-Arz” nomli asarida SHarq mamlakatlari va xalqlari, shaharlarining nomlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Unda bir necha izohlar, xaritalar mavjud. Bu kitobda Orol dengizining tasviri ham berilgan. Asarda bundan tashqari 637 ta muhim joylar, 209 ta tog’ning jug’rofiy tafsiloti berilgan.
Xorazmiyning ilmiy tafakkuri benihoya kengligini, qomusiy allomaligini, nafaqat o’z davrining, balki hamma zamonlarning ham ulug’ mutafakkiri ekanligini “Musiqa” bo’yicha risola”, “Tarix bo’yicha risola” asarlaridan ham bilish mumkun.
Muhammad Muso al-Xorazmiy ilk Uyg’onish davrining asoschisi, buyuk daho sifatida ilm-fan, madaniyat va ma’rifatda o’zigacha qilinmagan ishlarni qilib, kelajak avlodga qoldirib ketdi.
Xorazmiy o’zbek nomini ulug’lagan, aql-idroki va tafakkurini namoyish etgan, jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasini bo’y-bast ila ko’rsatib bergan daho sifatida ulug’ va mo’’tabar siymodir.
Matematika fani umumbashariy madaniyatning bir qismidir. U eng qadimiy fanlardan sanaladi. Bu fan dunyoning barcha mamlakatlari maktablarida o‘qitiladi. Qizig‘i shundaki, barcha davlatlarda matematika bo‘yicha o‘quv dasturlari deyarli bir xil. Ular ikki-uch mavzu yoki mashqlar tizimi, mavzularni o‘qitish uslubi bilangina farqlanishi mumkin, xolos.
Barcha mamlakatlardagi maktablarning 7—8-sinflarigacha bo‘lgan darsliklar buyuk alloma bobolarimiz — Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabi («Ulug‘bek akademiya-
si»)ning yetakchi olimi G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy asarlaridagi natijalar asosida tuzilgan, darsliklardagi ilmiy g‘oyalar allomalarimiz risolalarida bor bo‘lgan. Haqiqatan ham, arab tilida yozilgan «Algorizmi hind hisobi haqida» asarida (al-Xorazmiy «Arifmetika»si) olim birinchi bo‘lib o‘nlik pozitsiyali (martabali) hisoblash sistemasi(tizimi)ni va unga asoslangan arifmetik amallarni bajarish qoidalarini bayon qildi. Endilikda butun dunyo shu sanoq sistemasidan va bobokalonimiz o‘rgatib ketgan arifmetik amallarni bajarish qoidalaridan foydalanib kelmoqda.Asar nomidagi «Algorizmi» so‘zi risolaning turli tillarga tarjima qilinib, ko‘p marta nashr etilaverishi natijasida turlicha yozildi. Hozirda hayotga, ilm-fanga chuqur singib ketgan «algoritm» atamasi «Al-Xorazmiy» so‘zidan vujudga kelgani manbalarda ko‘p bora keltiriladi.Xorazmiy algebrasi
deyilganda, uning «Aljabr val muqobala» asari tushuniladi. Unda chiziqli va kvadrat tenglamalarni yechish qoidalari bayon qilinadi, hayotiy misollarda tushuntiriladi. Risola nomidagi «aljabr» so‘zidan «algebra» atamasi paydo bo‘ldi.
G‘iyosiddin Jamshidning «Hisob ilmi kaliti» asarida esa birinchi bo‘lib o‘nli kasrlar keltiriladi va ular ustida amallar bajarish qoidalari tushuntiriladi. O‘nli kasrlar va bayon qilingan qoidalardan hozirgacha butun dunyoda foydalanib kelinmoqda. Men o‘rgangan rus, ingliz, turk, nemis tillarida yozilgan maktab darsliklarida al-Xorazmiyning yuqoridagi ikkita asari tilga olingan va olim haqida ma’lumotlar berilgan. Al-Xorazmiyning bu ikki asari matematikaning keyingi rivojiga nihoyatda katta ta’sir o‘tkazdi, ko‘plab tadqiqotlar uchun asos bo‘ldi, ularga sharhlar yozildi. Asrlar davomida Sharq madrasalariyu Yevropa universitetlarida al-Xorazmiy asarlari o‘rgatildi. Bir necha avlod matematiklari asosiy ma’lumotlarni olim asarlaridan oldi. Al-Xorazmiy matematika risolalarini hayot talabi va ehtiyojini hisobga olgan holda yozdi, chunki allomaning fikricha, «... meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda, adliya ishlarida, savdoda, har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o‘lchashda, kanallar o‘tkazishda, muhandislikda va boshqa shunga o‘xshash ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».
Zamonaviy algebra dastlabki «turtki»ni al-Xorazmiyning «Aljabr val muqobala» asaridan olgan. Asar o‘nlab tillarga tarjima qilindi va qayta-qayta nashr etildi. Mashhur italyan matematigi Kardanoning 1545 yilda chop etilgan «Buyuk san’at» risolasi, «Algebra deb ataluvchi bu san’at Muso o‘g‘li Muhammaddan boshlangan» jumlasi bilan boshlanadi. Bunda «boshlangan» degan so‘zga e’tibor bering-a. Algebra fan sifatida kimdan «boshlangan»ligi, algebraning otasi kimligi tan olinyapti!.. Ustoz Toshmuhammad Sarimsoqov o‘tgan asrning 70-yillarida «Biz algebra asoschisi al-Xorazmiy vorislari ekanmiz, nechun O‘zbekistonda zamonaviy algebradan ilmiy maktab bo‘lmasligi kerak, bunday maktabni yaratamiz!», degandilar.
Domlaning bu yo‘ldagi fidokorona mehnati, sa’y-harakati tufayli zamonaviy algebraning O‘zbekistondagi ilmiy maktabi yaratildi, uning ilmiy natijalarini dunyo olimlari e’tirof etishdi, tan olishdi. Bu ilmiy maktabga endilikda alloma T.Sarimsoqovning shogirdi, akademik Sh.Ayupov rahbarlik qilmoqda.
Bundan o‘n yilcha avval Gollandiyaning nufuzli «Klyuver» nashriyoti T.Sarimsoqovning shogirdi va nevara shogirdlari Sh.Ayupov, A.Rahimov, Sh.Usmonovlarning operatorlar algebrasiga oid yirik asarini ingliz tilida ko‘pming nusxada chop etdi. Tarixning davriyligi, yuqori saviyada takrorlanish xususiyatini qarangki, ushbu kitobning dastlabki sahifasida gollandiyalik noshirlar tomonidan yirik harflar bilan «Bu kitob o‘zbekistonlik olimlar tomonidan yozildi» degan jumla bitilgan. Vo ajab! Ming yillar avval Yevropa bizdan «Aljabr val muqobala»ni lotin tiliga va boshqa tillarga tarjima qilib o‘rgangan edi. Buni qarangki, hozir ham olimlarimiz asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilib o‘rganish davom etmoqda
Dostları ilə paylaş: |