Muhammad Yusuf (1954–2001) Muhammad Yusuf



Yüklə 25,1 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü25,1 Kb.
#40284
1   2   3   4   5
Muhammad Yusuf hayoti

Mehr qolur

O‘tar qancha yillar to‘zoni,


Yulduzlar – ko‘zyoshi samoni.
O‘tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug‘da ‘orlagan o‘sha,


Iqboliga chorlagan o‘sha.
Dunyoni tor aylagan o‘sha –
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,


Xumor sening ko‘zlaring, suluv,
Yodda qolmas so‘zlaring, suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,


Zuhro yig‘lab qoldi qon bag‘ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g‘ayur inson?


G‘iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o‘tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Xavotir

Qo’rqaman, ertaga men o’lib ketsam,


Yotar bo’lsam qumga botib ko’zlarim,
Ko’nglimni ko’chkiday bosadi bir g’am –
Yig’lashni ham bilmas mening qizlarim…

Eng yaqin do’stlarim g’iybatim qilar,


Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o’zlari bilar,
Yig’lashni ham bilmas mening qizlarim…

SHoir o’lsa kim ham kuyinar deysiz,


Madhiyaboz hozir suvarakday ko’p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to’kilar to’p-to’p…

Tildan qolsam ko’zda qotib yoshlarim,


Ko’nglimdan boshqa bor axir, ne zarim?
Erlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig’lashni ham bilmas mening qizlarim…

Ular yosh. O’limdan qo’rqaman yomon,


CHunki, dardiga hech quloq solmadim.
Qabrimning ustida yig’lasin debon,
Qizlarim ko’zyoshin asray olmadim!

Ona tilim

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,


SHehr yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,


Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, mahdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,


O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,


Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik shehrlar,


Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar


Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, CHo’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim.


Yüklə 25,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin