Ijodi
Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr, ocherk va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — „Tanish teraklar“ (1985). „Bulbulga bir gapim bor“ (1987), „Iltijo“ (1988), „Uyqudagi qiz“, „Halima enam allalari“ (1989), „Ishq kemasi“ (1990), „Koʻnglimda bir yor“ (1991), „Bevafo koʻp ekan“, „Yolgʻonchi yor“ (1993), „Erka kiyik“ (1995) va „Osmonimga olib ketaman“ (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. Andijonda dafn etilgan.
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida tahsil olgach, 1998 yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritdi.
Muhammad Yusuf avvalo xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan sheʼrlari, qoʻshiqlari bilan tanildi, shuhrat qozondi. El mehriga sazovor boʻldi.
Mustaqillikning ilk davrlaridayoq “Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston”, deya kurash maydoniga tushgan, Istiqlolni baralla kuylagan, vijdoni uygʻoq ijodkor Muhammad Yusufning hayot yoʻli, ijodi va qizgʻin ijtimoiy faoliyati yoshlarimiz uchun ibrat maktabi boʻlib xizmat qilmoqda. Uning “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima ena allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Koʻnglimda bir yor” (1991), “Bevafo koʻp ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Saylanma”, “Biz baxtli boʻlamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulugʻimsan, Vatanim” singari oʻndan ortiq sheʼriy toʻplamlari adabiyotimizning oltin merosiga aylandi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf oʻzbek sheʼriyati va qoʻshiqchiligini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun 1996 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Muhammad Yusuf 2001 yil 1 avgustda 47 yoshida vafot etdi. Uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizni, xalqimiz maʼnaviyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, yosh avlod qalbida oʻzlikni anglash, milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirish borasidagi xizmatlarini inobatga olib, 2013 yilning 27 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi hamda shoirning tavallud ayyomi milliy adabiyotimizning haqiqiy bayrami sifatida tantana qilindi.
Muhammad Yusuf - shoir, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Muhammad Yusuf adabiyotga yetmushinchi yillar oxirida kirib kelgan va shu zahotiyoq u haqda betakror va esda qolarli timsollar yarata oluvchi, bir qarashdа oddiy hayot voqeiligini chuqur va o‘ziga xos tarzda badiiy shakllardan maromida foydalana oluvchi, jiddiy va ajoyib iste’dod sohibi sifatida gapirishgan.
O‘zbek she’riyatining o‘ta iqtidorli namoyondalaridan biri Muhammad Yusuf ijodining gullagan pallasi XX asr oxiri - XXI asr boshlariga, ya’ni O‘zbekiston yangi mustaqilligi davriga to‘g‘ri keladi. Uning qisqa, ammo yorqin hayotini Pushkinning Bayron haqidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin: “U o‘z she’rlarida ixtiyorsiz tarzda she’riyatning zavqu-shavqi ila iqrorlik bildirgan”.
Ijodining ilk yillari u kitobxonlarga o‘zining o‘zbek do‘ppisi haqida she’ri bilan tanilgan, keyin uzoq yillar davomida bu she’r shoirning tashrif qog‘oziga aylangan. Unda Muhammad Yusuf nima uchun o‘zbeklar do‘ppi kiymay qo‘yganidan hayratlanadi. Axir, ushbu bosh kiyimining turli xillari bor. Yoki uni kiyish og‘irlik qilib qoldimi? Xulosa quvonarli emas: gap mos do‘ppi yo‘qligida emas - hamma gap uni kiyishga loyiq inson qolmaganligida.
Muhammad Yusuf 1954 yil Andijon viloyatining Marhamat tumani Qovunchi qishlog‘ida dehqonlar oilasida tug‘ilgan.
1971 yil o‘rta maktabni tugatib, u Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kiradi, o‘qishni bitirib, O‘zbekiston kitobxonlar jamiyatiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. So‘ngra, Muhammad Yusuf “Toshkent oqshomi” gazetasi muxbiri, G‘ofur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at tahririyati musahhihi, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bosh muharrir o‘rinbosari, “Tafakkur” jurnali bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi.
1996 yil shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ladi. Avvaliga, u adabiy maslahatchi, 1997 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi.
Shoirning adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi munosib baholangan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan, Muhammad Yusuf “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan, “O‘zbekiston xalq shoiri” sharafiga musharraf bo‘lgan.
Ilk she’ri 1976 yil “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida chop etilgan. Oradan to‘qqiz yil o‘tgachgina, 1985 yil shoirning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” chop etiladi. Ushbu to‘plamda shoir o‘z hissiyotlari bilan lirik va erkin tarzda bo‘lishadi, o‘z hayoti voqealari haqida gapiradi. Shunisi qiziqki, uni ham tanqid olami, ham shoir birodarlari juda iliq qabul qildi. Muhammad Yusufning hayotda omadi chopgan edi: ijodiy yo‘lining eng avvalida, taqdir uni Erkin Vohidov bilan yuzlashtirdi, u esa Muhammad Yusufning ajoyib iqtidorini sezib, uni rivojlantirishda yordam berdi. Keyinroq shoir Abdulla Oripov bilan yaqinlashadi. Bu ikki atoqli zamondosh shoirlar Muhammad Yusufning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirishdi, ularning ijodida - mavzularda, timsollarda, she’r ohangida o‘zaro ta’sir va o‘zaro bir-birini boyitishni payqash mumkin.
Barcha yirik shoirlar kabi Muhammad Yusuf ham tarjima faoliyati bilan shug‘ullangan. Bu ishni u ifodali bajarib, o‘z tarjimalariga katta mas’uliyat bilan yondashgan. O‘zi ham tarjimaga yirik shoirlarning asarlari orqali o‘rgangan bo‘lsa-da, uning tarjimalari o‘ziga xos ijod namunasi hisoblanadi. Ularga nisbatan V. Jukovskiyning keyingi so‘zlarini qo‘llash mumkin: “Nasr tarjimoni - qul, she’riyat tarjimoni - raqib”.
Muhammad Yusuf uchun har bir so‘z, hayotidagi har bir hodisa she’riyat edi. U go‘yo, osmonlarda qanot qoqayotgan qush kabi juda yengil va yorqin hayot kechirgan. Ammo shoir hayoti juda erta uzilgan. Ijodiy pallasi parvoz vaqti uzilgan... Shoir 2001 yilning 29 iyul kuni vafot etgan.
Muhammad Yusuf kabi o‘ta keng qamrovli, hissiyotlari va o‘ylari chuqur shoir o‘limini bir narsagina — undan meros qolgan va shubhasiz, o‘zbek she’riyati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi she’rlarigina yupatadi.
Dostları ilə paylaş: |