1
MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA SINONIMIK QATORLAR
TAHLILI
Ilmiy rahbar:
f.f.f.d. (PhD) Dilnoza Abduvaliyeva
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti III bosqich talabasi
Fotima Xudoyberdiyeva
Nutqda eng ko’p tarqalgan hodisalardan biri sinonimiya hodisadir.
Sinonimlar – ma’nodosh so’zlar –
shakli har xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin
so’zlar bo’lib, har bir tilning nuqt boyligidir. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni
xilma-xil so’zlar orqali turli nozik ma’no
qirralari bilan ifodalashda, so’z sehrini
namoyish etishda, nutqni bezashda, ta’sirchanligini ta’minlashda katta ahamiyatga
ega. Ma’nodosh so’zlar bir ma’noni ifodalasa ham, lekin ularning ma’no darajasi,
ijobiy va
salbiy bahoga egaligi, ma’lum uslub xoslanishi bilan farq qiladi
1
.
Muhammad Yusuf she’riyatining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ham shu.
U o’z ijodida sinonim so’zlardan mahorat bilan foydalana olgan. Har bir so’zni
qadrlagan, uni o’z va ko’chma ma’nolarini topib o’z o’rnidan qo’llay olgan.
Bunday usullar she’rlarning rang-barangligini ta’minlab, ularning xalq qalbi va
ongiga muhrlanib qolishi uchun imkon yaratgan.
Fikrimizni shoirning hamma uchun tanish va hatto qo’shiq bo’lib kuylangan
mashhur “Vatanim” she’ri orqali isbot qilsak:
Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’
jahonim
.
O’zim
xoqon,
O’zim
sulton
,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg’izim
,
Yagonam
deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
1
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” Toshkent-2009.
2
Ulug’imsan,
Vatanim
2
…
E’tibor bergan bo’lsangiz, shu birgina bandning o’zida bir nechta lug’aviy
sinonimlar va uslubiy sinonimlar mavjud.
Jahonim – vatanim
,
xoqon – sulton
,
yolg’izim – yagonam
. She’r tarkibidagi bu kabi sinonim so’zlarning qo’llanishi
she’r
mazmunining kengayishiga, fikrning rang-barangligini ko’rsatishga, ta’sir
kuchini oshirishga yordam beradi.
Shodon kunim
gul
otgan sen,
Chechak
otgan izimga.
O, ota
makonim
,
Onajon
o’lkam
,
O’zbekiston, jonim to’shay soyangga,
Senday mehribon yo’q, seningdek ko’rkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga
3
.
Shoir “Iqror” nomli she’rida ham leksik sinonimlardan o’z o’rnida foydalana
olgan. Yuqorida keltirilgan misrada esa fors-tojik tilidan kirib kelgan hamda
sinonimik qatorning dominanta (ifoda semalari bo’lmagan, betaraf ma’noli
leksemalar sinonimik qatorning leksemalar dominant deyiladi) so’zi
gul
so’zga
ijobiy bo’yoqdorlikka
ega sof turkiycha
chechak
so’zini o’zaro qo’llay olgan.
Vatan
tushunchasini adib
makonim
(arab. “
maskan
”, “
vatan
” ma’nolarida),
o’lka
(sof turkiy. “
mamlakat
” ma’nosida) kabi ijobiy bo’yoqdorligi eng yuqori
darajadagi so’zlar bilan ifodalamoqda.
Erk
vodiy
si – zahmatlarga siylovdir bu,
Toy qoqilib ot bo’lguvchi
yaylov
dir bu
4
.
“O’zingdan qo’ymasin, xalqim o’zingdan” she’rining
bu ikki misrasiga
e’tiborimizni qarataylik. Bu ikki misrada
vodiy
va
yaylov
so’zlari o’zaro
uslub
jihatdan “shartli ravishda” o’zaro sinonimik qatorni tashkil qilmoqda.