Muhammad yusuf she’riyatida sinonimik qatorlar tahlili ilmiy rahbar: f f. f d. (PhD) Dilnoza Abduvaliyeva



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#163266
1   2
M.yusuf sherlarida sinonim soʻzlarning qoʻllanilishi

Vodiy
so’zi 
arabchada “qurib qolgan o’zan, jarlik” ma’nosini bildirsa, 
yaylov
esa sof turkiy 
tilda “chorva mollari o’tlaydigan, yoyilib boqiladigan keng dala, maydon” 
2
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.13-bet. 
3
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.11-bet. 
4
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.16-bet. 



ma’nolarini bildiradi. Har ikkala so’z ham “Vatan“ tushunchasi bilan o’zaro 
birlashmoqda. 
Menga yering suyuk, 
Osmoning suyuk, 
Boqsam, teng 
To’rttala 
Tomoning suyuk. 
Tovonimga kirgan 
Tikoning
suyuk – 
Kaftdan 
Zirapchang 
ham 
Yulmay sevaman
5

“Izhori dil” she’ridan olingan mazkur parchada, 
tikon
so’zi bilan bir qatorda 
uning sinonimi bo’lmish 
zirapcha
so’zi ham keltirilgan. Bu kabi ma’nodosh 
so’zlarning she’r tarkibida o’z o’rnida qo’llanilishi, ma’noga nisbatan ta’siri, fikrni 
ifodalashda ko’rsatayotgan xizmati she’rxonning badiiy zavqini yanada oshiradi. 
Meni asrar yomon ko’zdan quchoqlaring, 
Tol beshik, beshiklar-la munchoqlaring. 
Panoh-u 
qo’rg’onim
mening, ey soyabonim, 
Ona Turkistonim mening, ota
 makonim

Men ham qatoringda bir jajji bolangman, 
Tillaringda jaranglagan
 qo’shiq, yallangman

Sen gullasang men yayrayman, 
bog’-u bo’stonim

Ona Turkistonim mening, ota 
makonim
6

“Ona Turkistonim” she’ridan olingan yuqoridagi bandda 
Vatan
tushunchasi 
ostida 
qo’rg’on – makon - bog’ - u bo’ston
kabi so’zlar o’zaro sinonimik qatorni 
5
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.21-bet. 
6
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.24-bet. 



tashkil etadi. Har bir so’zda 
Vatan
madhi jaranglaydi va o’quvchini yanada o’ziga 
tortadi 
Havosi musaffo
 gulshaning
bo’lsin, 
Avvalo, boshingda
 
Vataning
 
bo’lsin, 
Qush bo’lsang, sayrovchi 
chamaning
bolsin, 
Avvalo, boshingda Vataning
 
bo’lsin
7

“Vataning bo’lsin” she’ridan olingan ushbu misralarda fors tilidan 
o’zlashgan
gulshan va chaman
so’zlari ham “
vatan
” so’zi bilan o’zaro sinonimlik 
hosil qilmoqda. Bu esa shoirning so’z qo’llash mahorati yuksak ekanligidan darak 
beradi. 
Har kimsaning bo’lsin o’zin 
boshpanasi

Har kimsa o’z
 kulbasida 
davrin sursin. 
Odamni-ku aytmay turay bu dunyoda 
Hatto qushning yot butoqda 
ini 
qursin
8

Umuman olganda, Muhammad Yusuf she’riyatida “Vatan”, “Ona yurt” 
tushunchalari ko’p qalamga olingan. Bu “Tilak” she’rda ham 
boshpana-kulba-in
so’zlari orqali kitobxonga “ona yurt”, “tug’ilib o’sgan makon” ma’nolarini 
tushuntirmoqda. Kichik bir joy ham “Vatan” bo’la olishini yuqoridagi so’zlar bilan 
ko’rsatib bergan. Bu esa she’rning ta’sir kuchini yanada oshiradi. 
Oqqushlarim
oq yomg’irda ucharlar, 
Saharlardan shudring-sharob icharlar, 
Tanlamayin qabrlarni qucharlar, 
Kapalaklar
odamlardan mehribon
9

Bu misrada esa 
oqqushlar va kapalaklar
so’zlarini o’zaro uslubiy
ma’nodoshlikni tashkil qilmoqda. Bu ikkala so’z ham go’zallik va jozibadorlik 
ramzi bo’lganligi uchun ham yonma-yon qo’llangan. 
Men ketsam, yomondan 
7
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.29-bet. 
8
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.34-bet. 
9
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.155-bet. 



Yiroq bo’l, 
ohu

Chunki sen
 chiroyli

Ko’rkli
bir juvon. 
… Hali to’ylar qilib 
Charchaysan, 
erkam


Gulim
, yaqinroq kel, 
Qara, ne 
savdo

Bu ajib 
ishlarni 
Dil lavhiga yoz: 
Kimga qasr yetmas, 
Kimga 
mol-dunyo, 

Ko’ksim
kuyib borar

Ko’krak yonmoqda
10

Hammaning qalbi va yuragidan joy olgan “Lolaqizg’aldoq” she’ridan 
olingan yuqoridagi parchaga nazar soladigan bo’lsak, shoir yoriga murojaat tarzida 
qaratilgan misralarida 
ohu – erkam - gulim
so’zlarini “shartli” ravishda, ya’ni 
shoirning ko’zlagan maqsadini ifodalash uchun o’zaro ma’nodosh so’z sifatida 
keltirilgan. 
Chiroyli - ko’rkli
sinonimlari yorning go’zalligini ochib berishga 
qaratilgan. 
Savdo-ish
esa har ikkalasi ham g’am-tashvish, mashaqqat va kulfat 
ma’nosidagina bir tushunchani ifodalab, she’rning ta’sir kuchi boyib borgan. 
Mol-
dunyo
so’zlari boylik ma’nosidagi salbiy bo’yoqqa ega bo’lgan tushunchalardir. 

Ko’ksim kuyib borar - ko’krak
yonmoqda
iboralari frazaviy sinonimik qatorni 
tashkil qilmoqda. Bu sinonimik qatorlar she’r rang-barangligini ta’minlash, nozik 
ma’no qirralarini berish uchun qo’llanilgan. 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, Muhammad Yusuf har bir 
she’rni yozishda qo’llayotgan so’zlarni chuqur mulohaza qilib qo’llaydi. Shu 
sababli ham uning she’rlari xalq qalbiga, kitobxonlar shuuriga kirib borgan. 
Shoirning ko’plab she’rlari qo’shiq bo’lib kuylanishiga shu ham sabab bo’lgan 
desak, mubolag’a bo’lmaydi. 
Muhammad Yusuf. “Elimda alyorim qolur”. O’qituvchi-2017.93-bet.
10



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev va boshqalar. “Hozirgi o’zbek adabiy tili” 
Toshkent-2009. 
2.
Muhammad Yusuf. Elimda alyorim qolur. O’qituvchi-2017. 
3.
Sh.Rahmatullayev va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 2009. 
4.
H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent – “Talqin” -2005. 
5.
Egamqulova Nodira Bahodirovnaning Abdulla Oripov she’riyatining 
lingvopoetik tahlili. Dissertatsiya. 
6.
http://library.ziyonet.uz
 
7.
http://ziyonet.uz
 
8.
http://kh-davron.uz
 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin