Nestle
"NESTLE" (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida "jajji uya") — Shveysariyadagi oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri.
Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866 yilda ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar
oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona
suti oʻrnini bosadigan "Nestle sut uni"ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
"N.", asosan, turli sut mahsulotlari, sut aralashmalari, mineral suvlar, alkogolsiz ichimliklar, bolalar
oziqovqatlari, kofe, konservalangan va parhez mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi. Kompaniya
ishlab chikaradigan oziqovqat mahsulotlarining turi 8 mingdan ortiq.
Kompaniyaning 70 ga yaqin davlatlarda 500 dan ortik, korxonalari bor. Kompaniya koʻpgina
mamlakatlardagi parfyumeriya, kosmetika va farmatsevtika sanoati korxonalari aksiyalarining
ham egasidir. Daromadi hajmi jihatidan Yevropada 8-, dunyoda 31-oʻrinni egallaydi.
2001 yilda umumiy savdo hajmi 84,7 mlrd. Shveysariya frankini tashkil etdi. Jami
ishchixizmatchilari soni — 230 ming kishi.
"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi
“Nestle” kompaniyasining tarixi 1866-yildan
boshlanadi, o’shanda birinchi marotaba Genri Nestle bolalar uchun sutli qorishma
“FarineLactee”ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1886-yilda esa, asoschilari ikki
amerikalik – Charlz va Jorj Peyjami bo’lgan “Quyiltirilgan sut ishlab chiqarish va sotish bilan
shug’ullanuvchi Anglo-Shvetsariya kompaniyasi” o’z assortimentini sezilarli darajada oshiradi va
XIX asrning 70-yillaridayoq ona sutini o’rnini bosuvchi sut ishlab chiqaradi. Nestle bundan xabar
topgandan so’ng bunga javoban qadam tashlaydi, ya’ni o’zining quyiltirilgan sut markasini ishlab,
bozorga chiqaradi. 1905-yilda qo’shilgunga qadar bu ikki firma bozorda sut mahsulotlari bo’yicha
asosiy raqobatchilar edi.
Kompaniyalar birlashib yagona “Nestle & Anglo-Swiss Milk Company” kompaniyasiga asos
solindi. XX asr boshlarida uning boshqaruvida Ispaniya, AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyada bir
necha fabrikalar faoliyat ko’rsatar edi. 1907-yilga kelib kompaniyalar qadam-baqadam butun
Avstraliya bozorini egashlashni boshladi hamda bu korxonaning ishlab chiqarish hajmini ikki
barobar oshirish imkonini berdi. O’shandan beri ishlab chiqarish kengayib bordi va bugungi kunga
kelib Nestle dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bu kompaniyaning
muvaqqiyati shundaki, u doimo rivojlanishda bo’lgan va to’xtab qolmagan. Nestle tarixining
muhim qismlariga nazar solsak: Shvetsariyaning shokolad ishlab chiqaruvchi kompaniyasining
qo’shib olinishi; Ikkinchi Jahon urushi davrida juda mashhur bo’lgan Nescafe eruvchi kukunlarini
yaratilishi; Maggi sho’rva va ziravorlarinini ishlab chiqaruvchi Alimentana S.A. kompaniyasi bilan
birlashuv; Crosse&Blackwell (Buyuk Britaniyaning konserva mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi),
Firdus (muzlatilgan mahsulotlar), Libby (mevali soklar)ga egalik qilishi va boshqalar.
Nestle kun sayin ko’p mahsulot turlarini yaratib, bozorni o’zining yangi mahsulotlari bilan to’ldirib
kelmoqda. Ko’p kompaniyalar uchun asosiy raqobatchi bo’lgan talab o’sishi kuzatiladi. “Nestle”
kofe, konditer mahsulotlari, kulinariya, muzqaymoq, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari va uy
hayvonlari uchun ozuqalar bozorida yetakchi o’rinni egallaydi. Mahsulotning sifati va
xavfsizligiga katta ahamiyat beriladi. 2005-yil oxirida kompaniya o’zining barcha fabrikalarini ISO
9001:2000 standarti talabiga javob beruvchi sertifikatlash jarayonini boshladi. Bu bilan ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini boshqaruv tizimi tashkil qilinishi maqsad qilingan edi.
Bundan tashqari “Nestle” har doim yangi bozorlarni zabt etishni va turli davlatlarning
xususiyatlariga muvaqqiyatli ravishda moslashishni maqsad qilib kelgan. Xalqaro kompaniya
mahalliy hukumatga qarshi bormaydi, bozorlarga moslashayotganda mamlakatning madaniyati
va urf-odatlarin hisobga oladi, bular ham uning boshqa kompaniyalardan ustunlik tomoni
hisoblanadi.
1974-yilga kelib “Nestle” kompaniyasining barcha mahsulotlari hajmi to’rt barobarga oshdi.
Xuddi shu yilda barcha ishlab chiqarish o’rinlari bir nechta o’zgarishlarga uchradi. 1920-yilning
boshidan beri sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi o’sishining sekin sur’ati va “qora oltin”
narxining oshib ketishi, Shvetsariya frankiga nisbatan valyuta kurslarining tushishi sababli
korporatsiyaning iqtisodiy ahvoli yomonlashishni boshladi. Kompaniyaning ilmiy faoliyatining
muvaqqiyatli natijalari oziq-ovqat sanoatida o’z o’rnini yo’qotib qo’ymaslik dasturining yechimi
bo’ldi hamda 1974-yilda Nestle kosmetika ishlab chiqaruvchi dunyo liderlaridan biri bo’lgan
L’Oreal firmasining yirik aksiyadoriga aylandi. Keyinchalik esa kompaniya AlconLaboratories
(farmasevtika va oftalmologiya tovarlari ishlab chiqaruvchi amerika firmasi)ni sotib oldi. O’sha
davrda holatiga nazar tashlasak, raqobat oshib borayotgan va foyda ulushi kamayib ketayotgan
bir paytda hamma kompaniya ham bunday riskli qaror qabul qila olmas edi. 80-yillarga kelib
“Nestle” yanada samaraliroq rivojlanish maqsadida o’z oldiga ikkita asosiy strategic vazifani
qo’yadi: qayta tashkil etish yo’li bilan moliyaviy holatni yaxshilash va ahamiyatli foyda
keltiradigan korxonalarni o’zlashtirsh siyosatini davom ettirish. Markaziy va Sharqiy Yevropada,
keyinchalik esa Xitoyda yangi bozorlarning ochilishi, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri investitlarning
liberallashuviga bo’lgan umumiy tendensiya Nestle kabi keng faoliyat spektriga ega kompaniya
uchun yaxshi alomat edi. 1995-yilda “Nestle” Samaradagi shokolad va boshqa qandolat
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Россия” firmasi aksiyalarining nazorat paketin qo’lga kiritdi.
O’shandan beri kompaniya ishlab chiqarishga juda katta mablag’ sarf qildi, ko’proq yangi
uskunalar sotib oldi, texnik asboblarni yaxshiladi. Kompaniya investitsiyalari “Nuts” batonlari va
oldin Rossiyada import qilingan “Nestle Classic” shokoladlari, keyinchalik esa butun dunyoga
mashhur “Nesquik” shokoladli sharbatlari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Yana bir muhim kapital
qo’yilmalaridan biri 1996-yilda “Нестле-Жуковский” OOO aksiyalarining nazorat paketini qo’lga
kiritish bo’ldi. Bu esa keyinchalik dunyoga mashhur brendga aylangan “48 копеек”, “Kimo” va
“MEGA” kabi yangi savdo markalari ostida milliy rossiya muzqaymoqlarini ishlab chiqarishga
zamin yaratdi. “Nestle” eng kam ishlab chiqarish xarajatlari bilan yuqori sifatli va arzon mahsulot
ishlab chiqarishga harakat qilgan, shu sababli kompaniya o’z ishchilarining bilim olishiga urg’u
bergan, ularni jahon tajribasi va ilmiy-texnikaviy bilimlar bilan ta’minlagan. “Nestle” fabrikalari
qishloq hududlarida rivojlanishni yaxshi yo’lga qo’ya olga va atrofdagi, ayniqsa rivojlanayotgan
davlatlarda o’z mahsuloti sifatini saqlab tura oladiga mukammal tizim yaratgan. Nestle
jamiyatdagi salbiy ta’sirni kamaytirishda, xarjatlarni kamaytiruvchi va foydani oshiruvchi hamda
uzoq muddatli davrda ekologik barqarorlikni ta’minlovchi sezilarli qadamlar qo’ydi. Nestle -
Rossiya ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi. Ko’p uzoq muddatli loyihalarning homiysi bo’lishi
bilan birga, kompaniya xayriya faoliyati bilan ham shug’ullanadi, shuningdek u muhim tarixiy
arxitektura va san’at yodgorliklarini qayta tiklash uchun ham yordam beradi. Kompaniya
jamiyatda sog’lom ovqatlanishni targ’ib qiladi, bu borada u maktab o’quvchilari uchun “To’g’ri
ovqatlanish haqida bahs” deb nomlangan o’z dasturini ham ishlab chiqqan. “Nestle” kompaniyasi
madaniyat sohasiga ham o’z hissasini qo’shgan: ko’p yillar davomida kompaniya Moskva
Simfoniya orkestriga, “Oltin niqob” festivali va boshqalarga homiylik qilib keladi. Xulosa qilib
aytganda, “Nestle” XXI asrning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib u
dunyoning juda ko’p fabrika va sanoat korxonalariga egalik qiladi. Korparatsiyaning faoliyati
asosan ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishga asoslanga, lekin shuningdek u farmasevtika
va parfumeriya-kosmetika sanoati bo’yicha yirik korxonalarining aksiyadori hisoblanadi. Uning ish
olib xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: butun dunyo bo’ylab ko’pchilik bozorlar, ishlab
chiqarishda yetakchi o’rin, kompaniya rivojlanishi va ilmiy-texnikaviy izlanishlar olib borish uchun
katta miqdorda investitsiyalar, turli mamlakatlarning davlat siyosatini hisobga olgan holda
tarmoqli kompaniyalar va filiallarda ish olib borish, kerak tomonga o’zgara oladigan tashkiliy-
boshqaruv strukturasi, tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida turli operatsiyalar olib borish. Ish
yuritish aniq nazorat ostida olib boriladi, kompaniya siyosati ishki va tashqi o’zgarishlar ta’siriga
javob qaytara oladi, buning natijasida korparatsiyaning samarali faoliyatiga samarali faoliyatiga
zamin yaratadi. “Nestle” kompaniyasi O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham o’z o’rnini
topib bormoqda. 2014-yil fevral oyida Nestle Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi yordamida boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun “Sog‘lom
bolalar” (Healthy Kids) ma’rifiy dasturini yo‘lga qo‘ydi. “Sog‘lom bolalar” dasturining asosiy
maqsadi bolalarda sog‘lom turmush tarzini tashkil etuvchi ovqatlanish madaniyatini
shakllantirishdan iborat. Nestle Uzbekistan bosh direktori Filipp Gorbunovning ta’kidlashicha,
ushbu dastur Nestle kompaniyasining Healthy Kids global dasturi bir qismi hisoblanib, hozirda
71 mamlakatda amalga oshirilmoqda. Nestle Uzbekistan ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya
hozirda dunyo bo‘yicha 250 dan ortiq hamkorlar bilan ish olib boradi. Ularga davlat organlari,
Nodavlat notijorat tashkilotlar, oziq-ovqat va salomatlik institutlari, shuningdek, sport
federatsiyalari kiradi. Dasturga 5 milliondan ziyod bola jalb qilingan. 2015-yilgacha kompaniya
dastur ko‘lamini 80 ta mamlakatgacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. “To‘g‘ri ovqatlanish
darslari”ning asosiy vazifalari bolalarda salomatlikni qadrlash to‘g‘risidagi tushunchani
shakllantirish, uni mustahkamlash uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rish, ularni to‘g‘ri ovqatlanish va
sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish, axloq-odob qoidalarini, o‘zlarining sog‘lig‘i haqida
qayg‘urishni o‘rgatish, milliy an’analar bilan tanishtirishdan iborat. Dastur umumta’lim
maktablarining 1- va 2-sinf o‘quvchilari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va maktabgacha
ta’lim muassasalarining tayyorlov guruhlari uchun mo‘ljallangan. Birinchi bosqichda Toshkent va
Namangan maktablarining 6 mingdan ziyod o‘quvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan. Kelajakda
dastur butun O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirilishi mumkin.
"N." Oʻzbekistonda 1996 yildan faoliyat koʻrsatadi. Toshkentda oʻz vakolatxonasini ochgan.
1998 yil Namangan "Nafosat" aksiyadorlik jamiyati (so-biq Namangan sut zavodi)ning 34,9%
aksiyasini 287 ming AQSH dollariga sotib oldi. 1999 yilda esa ushbu korxona negizida
"Oʻzbekiston-Nestle" korxonasi tuzildi. Kompaniya 2002 yil fevralda qiymati 30 mln. AQSH
dollari boʻlgan Namangan bolalar oziq-ovqati zavodini ishga tushirdi. 3-d uzoq saqlanadigan sut
va yogurt, turli xildagi sut qorishmalari ishlab chiqaradi. 2002 yilda yiliga 22 mln.litr maʼdanli
ichimlik suvini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Nestl
e&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Nestle&oldid=2299753
"
dan olindi
boʻlsa).
Dostları ilə paylaş: |