4
K I R I SH
Mustaqillikka erishib, yuksalish sari olg’a
intilayotgan mamlakatimiz -
O’zbekiston Respublikasining hududlarida biri - biridan chiroyli binolar, sanoat
korxonalari,
muhandislik
inshootlari
qad
ko’tarmoqda.
Mamlakatimiz
iqtisodiyotini o’stirishda chet el investitsiyalarini kirib kelishi sababli ko’plab
binolar va sanoat inshootlari jahon andozalariga javob
bera oladigan darajada
qayta qurilmoqda. Tabiiyki inshootlarning mustahkamligi, chidamliligi, bino
qurilayotgan maydonning geologik tuzilishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Geologiya yunoncha so’z bo’lib, o’zbek
tilida
geo
- yer,
logos
- fan
ma’nolarini berib, yerning qattiq qatlamlari haqidagi fandir.
Geologlar - yerning qattiq qismi bo’lgan litosferani tashkil etuvchi tog’
jinslarini o’rganish bilan bir qatorda, undagi bo’ladigan jarayonlarni tekshiradi.
Geologiyadan olgan bilimlarimiz xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’l kelmoqda.
Neft, gaz, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qidirib topib, qazib chiqarish
shular jumlasidandir. Geologiya fanining rivojlanib borishi bilan, unda turli ilmiy
yo’nalishlar mustaqil bo’lib, ajralib chiqa boshladi. Geologiya
hozirgi taraqqiyot
davrida quyidagi fanlar bilan uzviy bog’langandir.
Dostları ilə paylaş: