Muhandislik geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   204
-qullanma (1)

2
)
– asosan qumtuproqdan tashkil topgan yashirin yoki ochiq 
kristall shaklida uchraydigan nihoyatda zich, mustahkam va chidamli mineral. 
Kvartsning zichligi 2,5–2,8 g/sm
3
. Siqilishdagi mustahkamligi 200 MPa, 
cho’zilishdagisi esa 100 MPa dan ko’p. Qattiqlik shkalasida kvarts yettinchi
o’rinda turadi. Oddiy haroratda kvarts barcha kislota va uning eritmalarida 
chidamlidir. Yuqori haroratda kvarts ftorli vodorod va fosfor kislotasi bilan 
reaktsiyaga kirishib, silikatlar hosil qiladi. Agar nam sharoitda reaktsiya davom 
ettirilsa, silikatlar hosil bo’ladi.
Kvartsni 575
0
С dan 870
0
С gacha qizdirganda, u tridimit holatga aylanadi, 
ya’ni hajmi kattalashadi. Uning bu xususiyati kvarts ishlatiladigan buyumlar 
tayyorlashda e’tiborga olinishi zarur. 1710
0
C da esa kvarts suyuqlanadi va tez 
sovitilsa, kvarts shishasi hosil bo’ladi. Kvarts sanoatda o’tga chidamli buyumlar 
(dinas) tayyorlashda, sopol buyumlari ishlab chiqarishda, kvarts qumi esa shisha 
sanoatida va silikat g’ishti, kislotaga chidamli sementlar ishlab chiqarishda, 
shuningdek, qorishma va betonlar uchun mayda to’ldirgich sifatida ishlatiladi.
Dala shpati
– silikatlar guruhida keng tarqalgan oq va qizg’ish rangli 
mineraldir. U silikatlar guruhidagi ortoklaz va plagaoklaz, al’bit, anortit jinslarida 
uchraydi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha ortoklaz (K
2
O*Al
2
O
3
*6SiO
2
) alyumosilikat 
kaliydan farq qilmaydi. Ortoklaz to’g’ri burchak shaklidagi bo’laklarga 
parchalanadi. Qurilish sanoatida ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolariga tomonlari 


203 
qirrali yoki kichik burchak shaklida bo’linuvchan jinslar - plagioklaz, al’bit 
(alyumosilikat natriy - Na
2
О*Аl
2
О
3
*6SiO
2
) va anortit (alyumosilikat kal’tsiy – 
CaO*Al
2
O
3
*2SiO
2
) lar kiradi. Dala shpatining siqilishdagi mustahkamligi 
kvartsnikidan kam (120 - 170 MPa), erish harorati esa 1170–1550
0
C ga teng. Dala 
shpati atmosfera ta’sirida asta-sekin yemirilib, kaolin (chinni buyumlari 
ishlanadigan xom ashyoning bir turi), qumtuproq qumlari va boshqa jinslarga 
aylanadi. Toza dala shpatidan quyma sopol ashyolari ishlanadi.
Dala shpati va kvartsdan tashkil topgan jinslar pegmatitlar deb ataladi va 
asosan chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Slyuda
- kimyoviy tarkibi jihatidan murakkab suvli alyumosilikatdir. 
Tabiatda slyudaning bir necha xili uchraydi. Shulardan eng ko’p tarqalganlari 
muskovit va biotitdir.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin