43
deb atalib, kislotaga chidamli betonlarni tayyorlashda shag’al ko’rinishida
ishlatiladi.
Andezit.
– dioritga o’xshash bo’lsa-da, undan porfirli ko’rinish bilan farq
qiladi. Zich tuzilishga ega bo’lgan andezit toshidan
kislotaga chidamli plita va
kislotaga chidamli beton tayyorlash uchun tosh ko’rinishida ishlatiladi.
Diabaz
- mineral tarkibi bo’yicha gabbrolarga o’xshab ketadi. Rangi esa
to’q yashildan qora ranggacha bo’ladi.
Strukturasi
- turli yiriklikdagi donali, kristall, va ba’zan porfirli tuzilishga
ega bo’ladi. Diabazlar, ayniqsa mayda donali diabazlar yuqori mustahkamlikka ega
bo’lib, 450 Mpa gacha yetib boradi. Yuqori zarbiy qovushqoqlikka ega, kam
yeyiladi. Singanda muntazam shakllar bo’yicha ajraladi.
Diabazdan yo’l qurilish ishlarida, masalan; yo’llarga
yotqizish uchun,
yo’llar chetlariga teriladigan tosh ko’rinishida, betonga qo’shiladigan chaqiq tosh
ko’rinishida va ba’zan esa qoplama materiali sifatida ham ishlatish mumkin.
Diabazdan quyma tosh ishlarida xom ash’yo sifatida, kislotaga chidamli
buyumlar tayyorlashda foydalanish mumkin.
Bazal’t –
(diabazga o’xshab, gabbro analogi) shishasimon yoki yashirin
kristalli, ba’zan esa porfir
tuzilishli, zich, og’ir tog’ jinsidir.
Bazal’t kulrangdan toki qora ranggacha bo’lib, yuqori mustahkamlikka
ega (500 Mpa.) Bazal’tning porfir strukturali bo’lishligi, magmaning sovishi
paytida hosil bo’lgan yoriqlar va g’ovaklilar tufayli, bazal’tning mustahkamligi
100 Mpa gacha kamayishi mumkin. Bazal’tlarning
yuqori mustahkamligi va
mo’rtligi ularga ishlov berishni qiyinlashtiradi. Bazal’t ko’prik ustunlari,
poydevorlar, yo’lkalar, katta ko’chalar qurish uchun va tosh yo’llarga yotqizish
uchun ajoyib material hisoblanadi. Bazal’tdan shuningdek betonga qo’shiladigan
chaqiq tosh sifatida, kislotaga chidaydigan material ko’rinishida,
quyma tosh
ishlarida, mineral paxta ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Bazal’tning kamchiligi shundaki, u o’tga ko’p chidamli emas, katta
yo’llarga yotqizilgan bazal’t
toshlari, vaqt o’tishi bilan juda silliq bo’lib qoladi.
44
Vulqon mahsulotlari bo’lmish, kukunsimon (1mm gacha) zarralarni -
Dostları ilə paylaş: