97
ataladi. Sanalgan omillarga ko’ra nurashning quyidagi turlari bor; fizikaviy,
kimyoviy, organik. Tabiatda nurashning bu turlari ayni bir I vaqtda ruy beradi.
Fizikaviy nurash - havoning va suvning kunlik va mavsumiy o’zgarishidan
yuzaga keladi. Quyosh radiatsiyasi ta’sirida tog’ jinslari qizib, ularning sirtidagi
harorati, yoz kunlari 70
0
C gacha ko’tarilishi mumkin, tunda esa havo harorati
pasayadi va buning natijasida jins tarkibiga kiruvchi minerallar kengayish va
torayish zo’riqishlari natijasida yemirilib, maydalanib ketadi. Bu jarayonlar tog’
jinsi tarkibidagi g’ovaklardagi suvlarni doimiy muzlab erishlarini kuchaytiradi.
Sovuq iqlimli hududlarda g’ovaklardagi suv muzlab, uning hajmi 11% ga ortib,
g’ovakchalar devorlarini yemiradi. Uzoq davom etadigan bunday hodisalar
natijasida, qattik, yaxlit, zich jinslar yemirilib, kichik parchalarga bo’linib ketadi.
Nurash jarayoni natijasida yemirilgan, maydalangan tog’ jinslari ba’zi hollarda
yemirilgan joyning o’zida koladi va ushbu jarayon -
Dostları ilə paylaş: