15. YER OSTI SUVLARINING PAYDO BO’LISHI, FIZIKAVIY- KIMYOVIY XOSSALARI. YER OSTI SUVLARINING YOTISH SHAROITI BO’YICHA TURLARI 15.1. Yer osti suvlarining paydo bo’lishi. Yer yuzidagi suv har doim harakatda bo’ladi. Dengiz, okean va quruqlik
yuzalaridagi suv bug’lanib, atmosferaga ko’tariladi.
Ma’lum sharoitlarda atmosferadagi suv bug’lari kondensatlanib, qor,
yomg’ir shaklida yer yuzasiga, suv havzalariga qaytib tushadi. Shu tariqa suvning
tabiatda aylanishi kuzatiladi (15.1- rasm).
Atmosfera yog’inlari va yuzaki suvlar yerga shimila borib, yer qobig’ini
geologik sharoiti, tog’ jinsining suv o’tkazuvchanligi, haroratiga qarab yer osti
suvlarini hosil qiladi.
Atmosfera suvlaridan tashqari yer
qobig’ida chuqurlik suvlari avjuddir.
Ular
kislorod
va
vodorodning
birikishidan hosil bo’lib, erigan va
asta - sovib borayotgan tog’ jinslari-
dan
ajralib
chiqadi.
Atmosfera
suvlarining yerga shimilishidan hosil
bo’lgan suv -
fil’trlanish suvlari deb
ataladi. Atmosfera yog’inlari qancha
ko’p bo’lsa, u gravatatsion suv shaklida, tuproqda to’planib, seqin oqa boshlaydi
va bug’lanish bo’lmaydigan chuqurlikgacha kirib boradi. Shu tariqa yer osti
suvlarining o’rni har doim to’lib turadi.
Yer osti suvlari infil’tratsiyadan, ya’ni atmosfera suvlarining yerga
singishidan tashqari, kondensatsiya yordami bilan ham hosil bo’ladi.
Kondensatsiya deganda atmosferada tuproqka kirgan suv bug’ining suvga
aylanishi jarayoni tushuniladi. Yer ustidagi havo suv bug’iga to’yingan bo’lsa,
hamma vaqt suv bug’i tuproqqa kira oladi. Tuproq harorati pastroq bo’lsa,
tuproqqa kirib borgan bug’ quyuqlashib, kondensatlanib suvga aylanadi.
15.1 – rasm. Suvning tabiatda aylanishi; A – kichik; B – katta.