22
3-rasm
. Xarita varaqlari nomenklaturasi:
1 – 1:1 000 000 va 1: 1:500 000 miqyosli (K-42 va K-42-A); 2 – 1: 200 000
miqyosli (K-42-I); 3 – 100 000 miqyosli (K-42-144); 4 – 1:50 000 miqyosli (K-42-
144-A); 5 – 1:25 000 miqyosli (K-42-144-A-a); 6 – 1:10 000 miqyosli (K-42-144-
A-a-1).
Topografik xaritalarning keyingi bo’linishida 1:100000 miqyosli xarita asos
qilib olinadi. Bunda u to’rtga bo’linib 1:50 000 miqyosli va u o’z navbatida yana
to’rtga bo’linib 1:25 000 miqyosli xaritalar hosil qilinadi. 1:25 000
miqyosli
xarita ham to’rtga bo’linsa 1:10 000 miqyosli xarita kelib chiqadi. Uning har bir
bo’lagi arab raqamlari (1 dan 4 gacha) bilan belgilanadi.Masalan, K-42-144-A-a-1.
Xarita nomenklaturasi orqali tasvirlangan hududning geografik o’rni,
miqyosi va har to’rtala tomonda joylashgan qo’shni
varaqlarni ham aniqlashga
imkon beradi. Masalan, K-42-XXXVI nomenklaturali xarita miqyosi 1:200 000
bo’lib, Farg’ona varag’ini bildiradi. Uning shimolida K-42-XXX (Namangan),
sharqida K-43-XXXI (O’sh), janubida J-42-VI va g’arbida esa K-42-XXXU
(Qo’qon) nomenklaturali xaritalar varag’i joylashgan bo’ladi.
23
4.
YER RELYEFINI O’LCHASH USULLARI VA ULARNI
XARITALARDA O’QISH
Yer
yuzi relyefining shakllari, ularning kelib
chiqishi,
rivojlanishi va
tarqalishini o’rganadigan fan
geomorfologiya
deb ataladi. Relyef shakllarining
kelib chiqishi, katta-kichikligi, o’ziga xosligi,
dengiz sathidan balandligi, tashqi
ko’rinishi va boshqa xususiyatlariga qarab bir necha xil bo’lishi mumkin.
Geodeziyada relyef shakllarining tashqi ko’rinishi jihatidan turlarga ajratish qabul
qilingan. Relyef shakllari ko’rinishiga
qarab qavariq, ya’ni bo’rtib chiqqan va
botiq bo’ladi. Bo’rtib chiqqan shakliga - do’ng , tepa, gryada, tog’ tizmasi;
botiq
shakliga - vodiy, jar, chuqurlik, pastlik, qozonsoy, soy va boshqalar kiradi.
Atrofdagi tekis joydan gumbazsimon yoki konussimon bo’lib
turgan balandlik
Dostları ilə paylaş: