41
Turli inshootlarni loyihalashda va qurishda magmatik tog’ jinslaridan
juda keng foydalaniladi. Ularning ustiga
inshootlar qurishda, ularni muhandislik -
geologik nuqtai nazardan baholashda esa bu jinslarning mineralogik tarkibi,
strukturasini, teksturasini, darzlarning xarakterini va nurashga uchraganligini
hisobga olish zarur. Bulardan tashqari ularni fizik
- mexanikaviy xossalarini
o’rganish ham katta ahamiyatga egadir.
Granitlar
va ularga yaqin turadigan oraliq jinslar (granitoidlar) - kvarts,
dala shpatlari slyuda ba’zan shox aldamchisi yoki avgitdan tuzilgan bo’ladi.
Jinsning rangi kul rangdan qizil tusgacha o’zgarib, dala shpatining rangiga qarab
o’zgaradi. Granit yuqori zichlik va mustahkamligiga ega bo’lishiga qaramasdan u
ancha mo’rtdir, chunki uning cho’zilishga bo’lgan
mustahkamligi, siqilishga
mustahkamligiga qaraganda 40-60 marta kichikdir. Granitning suv shimuvchanligi
1% dan kichik, sovuqqa chidamliligi - 200
sikldan yuqori, kam yeyiluvchan,
yuqori issiqlik o’tkazuvchanlikka ega.
7.1-jadval
Dostları ilə paylaş: