Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari



Yüklə 5,93 Mb.
səhifə28/39
tarix16.12.2019
ölçüsü5,93 Mb.
#29941
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
nasoslar va nasos stantsiyalari.

1-ishchi suyuqlik uzatish quvuri; 2- konus naycha; 3-oqimcha; 4-aralashish bo’linmasi; 5-diffuzor; 6-bosimli quvur; 7-so’rish quvuri; 8-bo’g’iz.
Uzatish quvuri 1 orqali ishchi suyauqlik 2 konus naychaga 20-30 m bosim bilan beriladi va undan 3 oqimcha shaklida chiqadi. Ushbu oqimcha 4 aralashish bo’linmasidagi havoni o’zi bilan ilashtirib , 8 bo’giz va 5 diffuzorga olib ketadi. Natijada 4 aralashishbolinmasida bosim pasayadi. Va pastki sathdan suv 7 so’rish quvuri orqali aralashish bo’linmasiga ko’tariladi. Aralashish bo’linmasida ishchi suyuqlik 7 so’rish quvuridan ko’tarilgan suyuqlik bilan aralashib unga o’z energiyasini beradi va diffuzor 5 hamda bosimli quvur 6 orqali yuqori sathga ko’tariladi. Diffuzorda suyuqlik tezligi kamayib static bosimi ortadi.

Oqimchali nasos FIK



Ishchi suyuqlik maxsus nasos bilan yoki yuqori suv sathidan H1 balandlikda joylashgan suv manbaidan berilishi mumkun. Ishchi suyuqlik suv , bug, yoki havo bolishi mumkin va shunga mos ravishda oqimchali nasos gidroelevator, injector yoki ejector deb nomlanadi.

Oqimchali nasosning FIK ancha past 15-30% boladi. Lekin shunga qaramay loyqa suyuqliklarni uzatishda, quduqdan suv chiqarishda, qurilish ishlari bajarishdagi suv chiqarish va suv sathini pasayishida, suv olish inshootlaridagi chokindilarni chiqarishda, markazdan qochma nasoslarni ishga solishdan avval suvga to’ldirishda keng qo’llaniladi.

Konus naychadan chiqayotgan oqimchani tezligi qancha kata bo’lsa, oqimchali nasosning bosimi H shuncha yuqori bo’ladi.



Konus naychadagi ishchi suyuqliq tezligi 20-50 m/s, so’rish va uzatish quvurlaridagi tezlik 2-3 m/s qabul qilinadi. Quduqlardan suv chiqarishda oqimchali nasos markazidan qochma nasos so’rish balandligi orttirish uchun qo’llaniladi. Rasmda oqimchali nasos markazidan qochma nasosning so’rish quvuriga o’rnatilgan tasviri keltirilgan. Oqimchali nasosga suyuqlik markazdan qochma nasos bosimli quvurdan uzatiladi.




Yüklə 5,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin