Muhimi, innovatsion muhit yaratish



Yüklə 41,72 Kb.
tarix22.10.2022
ölçüsü41,72 Kb.
#65891
Muhimi


Muhimi, innovatsion muhit yaratish

  • 27.01.2018 11:26 


  •  1182 


  • IQTISODIYOT


TelegramFacebookTwitterOdnoklassniki
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotida (YaIM) innovatsion texnologiyalarning ulushi 60 foizni tashkil etmoqda. Jahondagi kuchli raqobat muhitida innovatsion faoliyat intensivlik holati iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Raqobat muhitida innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratgan mamlakat yoki hudud bugungi kunda iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, "Innovatsiya – bu kelajak degani". Innovatsiya kelajakda jamiyat talab qilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa turdagi samaraga erishish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilmiy va innovatsion siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: mamlakat iqtisodiyoti rivojida fan va texnika ulushini oshirish; moddiy ishlab chiqarish sohasining progressiv rivojlanishini ta’minlash; jahon bozorida milliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish; mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash; ekologik muhitni yaxshilash; mavjud ilmiy maktablarni saqlab qolish va rivojlantirish.

Taraqqiy etgan davlatlarning ana shu ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib, mamlakatimizda "Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Hozirda ushbu qonun loyihasi mutaxassislar hamda keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinmoqda. 


Shu o‘rinda aytish lozimki, O‘zbekistonda innovatsion faoliyatning turli jihatlariga tegishli bo‘lgan huquqiy-me’yoriy baza yaxlit xarakterga ega emas va takomillashtirishni talab etadi. Shu bilan birga, uning tuzilishini yakunlangan deb hisoblab bo‘lmaydi. Chunki u doimo joriy bosqich vazifalariga moslashib boradi.
Shu jihatdan innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning tashkiliy omillari barcha manfaatdor tuzilmalarning fikrlarini hisobga olishni ta’minlashi va shu vaqtning o‘zida innovatsiyani rag‘batlantirish bo‘yicha choralar qabul qilish uchun sharoit yaratishi zarur,

Xullas, O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy o‘zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish, xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini yanada rivojlantirish vazifalaridan kelib chiqqan holda "Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi qonunda quyidagi yo‘nalishlarni hisobga olish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 


Birinchidan, mamlakat eksport nufuzini keskin oshirishga yo‘naltirilgan yangi texnologiyalarni an’anaviy innovatsion hayot sikli asosida rivojlantirish, yangi g‘oyalarni saralab olishdan tortib, ulardan foydalanishgacha, sotilishi (tijoratlashuvi) va amaliyotga joriy qilinishigacha bo‘lgan davrdagi faoliyatning barcha bosqichlarini hisobga oluvchi "innovatsion hayot sikli" tushunchasini kiritish lozim.
Ikkinchidan, fundamental va amaliy fan natijalarini amaliyotga joriy qilish faoliyatini o‘z ichiga olgan milliy innovatsiya tizimini (MIT) yaratish. Bunday tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun bugun nafaqat salohiyatli ilm-fan, ta’lim tizimi va ishlab chiqarish, balki institutsional sharoitlarning butun bir majmuasi talab etiladi.

Uchinchidan, innovatsion faoliyatning huquqiy-me’yoriy ta’minoti, uni venchurli moliyalash va rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, intellektual mulkni himoya qilish va uni xo‘jalik amaliyotiga joriy etish, (Intellektual mulk tarkibiga kiruvchi patent, litsenziya, nau-xau va boshqa nomoddiy aktivlardan foydalanish natijasida olingan foydani imtiyozli soliqqa tortish).


To‘rtinchidan, innovatsion faoliyatni kompleks qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni va ilm hajmli mahsulotlar eksportini oshirishda innovatsion infratuzilmaning tajriba-sinov laboratoriyalarini, texnopark, texnopolislarni, ilmiy parklar va biznes inkubatorlarini yaratish.
Beshinchidan, axborot ta’minoti, ekspertiza, sertifikatlash va ishlanmalar harakati tizimi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimidan tashkil topgan innovatsion jarayon infratuzilmasini rivojlantirish.

Oltinchidan, kichik innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitni shakllantirish hamda ularni boshlang‘ich bosqichda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish.


Yettinchidan, innovatsion loyiha va dasturlarni tanlov asosida tanlashni joriy etish. Davlat tomonidan xususiy investorlarning uncha katta bo‘lmagan va tez qoplanadigan innovatsion loyihalarni joriy etishda qatnashishini va istiqbolli ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda xususiy investitsiyalar oqimining ortishiga zamin yaratish.
Sakkizinchidan, ishlab chiqarish samaradorligiga va mahsulot raqobatbardoshligining ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi kichik miqdordagi bazaviy texnologiyalarni tanlash orqali innovatsion siyosatning istiqbolli yo‘nalishlarini amalga oshirish.
Fikrimizcha, qabul qilinajak qonunda ushbu yo‘nalishlarning aks etishi kelgusida yurtimizda innovatsion muhit yaratilishida muhim rol o‘ynaydi.
Iskandar TO‘XLIYeV,
iqtisod fanlari doktori,
professor.

Yüklə 41,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin