O\'ZBEKISTONDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR
7) O`rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o`rmonlar, shahar o`rmonlari, shaharlarning, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o`rmonlar, alohida qimmatli o`rmonlar, yong`oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o`rmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xo`jaliklarining o`simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun mo`ljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo`ljallangan hududlar jumlasiga kiradi.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo`ljallangan hududlarda tirik organizmlarning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish hamda o`simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan boshqa faoliyat taqiqlanadi.
1 Atrof tabiiy muhit holati bo`yicha milliy hisobot. T.: Chinor ENK, 2005. - 93 b.