Muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Qo‘riqxonalar
Qo‘riqxonalar atrof-muhitni muhofaza qilish ishida alohida 
ahamiyatga ega bo‘lib, landshaftlami, tabiat yodgorliklarini, o‘simlik 
va hayvonot dunyosini, tuproqlami muhofaza qilishda, ulami ilmiy 
jihatdan o‘rganishda, ko‘paytirisfida, o‘simlik va hayvonlar naslini 
saqlashda alohida rol ynaydi. Qo‘riqxonalaming tabiatni muhofaza 
qilishdagi vazifalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
1. 
Biror o ‘lka va tabiat mintaqasining xarakterli landshaftlarini 
tabiiy holda saqlash uchun bunyod etiladigan qo‘riqxonalar. Bunday
126


qo‘riqxonalarda har bir tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy 
landshaftlar namunasi va landshaft elementlari, masalan, xarakterli 
manzara, relef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim tur o‘simliklari va 
hayvonlar saqlanib qolinadi.
2. Soni kamayib va turi yo‘qolib borayotgan o‘simlik va 
hayvonlami qo‘riqlash va ulami ko‘paytirish uchun tashkil etiladigan 
qo‘riqxonalar. Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaliginmg, xususan, qishloq 
xo‘jaligining rivojlantirilishi, ko‘plab yangi yerlar o ‘zlashtirib, ishga 
solinishi natijasida, sanoat korxonalarining ta’siri oqibatida tabiiy 
holda tarqalgan ayrim xil o‘simliklar va hayvonlar turlari toboro 
kamayib, ba’zilarining yo‘qolib ketishi xavfi tug‘ilmoqda. M a’lumki, 
inson barcha madaniy o ‘simlik va hayvonlaming tabiatdagi yow oyi 
turlarini chatishtirish yo‘ li bilan vujudga keltiradi. Agar tabiiy o ‘ simlik 
va hayvonlar yo‘qolib ketsa, biz yangi turlar yaratish imkonidan 
mahrum bo‘lamiz yoki hozircha foydasiz va hatto zararli hisoblangan 
ayrim o‘simlik va hayvonlar kelajakda juda foydali bo‘lib chiqar. 
Shuning uchun yo‘qolib va kamayib borayotgan har qanday tumi 
ham saqlab qolish zarur.
3. Qo‘riqxona tabiatni, uning elementlarini, tabiat bilan orga­
nism o‘rtasidagi aloqalami, ekologik sharoitni asl holida o ‘rganish 
uchun tabiiy laboratoriya vazifasini bajaradi. Qo'riqxonalarda ilmiy 
tadqiqot ishlari olib boriladi. Chunki taraqqiyot qonun lari ni. tabiiy ja ­
rayonlar xarakteri va yo‘nalishlarini faqat qo‘riqxonalardagina tabiiy 
holda o‘rganish mumkin.
4. Qo‘riqxonalar xalq xo‘jaligi nuqtai nazandan ham g ‘oyat katta 
ahamiyatga ega. Qo‘riqxonalarda o‘rmon va o ‘tloq o‘simliklarini, 
ov hayvonlarini, ayniqsa, moynali hayvonlar, suv parrandalarini, 
baliqlarni ko‘paytirish va ular yashash joylarini yaxshilash borasi- 
da katta ishlar amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi 
qo‘riqxonalar noyob hayvon va o‘simliklar ko'paytiriladigan man- 
baga aylanib qolgan.
5. Qo‘riqxonalar madaniy, estetik va istirohat jihatidan ham 
ahamiyatlidir. Qo‘riqxonalarda tabiatning go‘zal manzara]ari, tabiat 
yodgorliklari, estetik ahamiyatga ega boigan o ‘simlik va hayvonlar 
namoyish qilinadi. Bu esa kishilarda estetik zavq iayg‘otadi, tabiatni
127


muhofaza qilish ishining zarurligini his etishga va kishilami Ona ta- 
biatga muhabbat ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Bu vazifalami 
bajarishda xalq hiyobonlari alohida o‘rin tutmoq kerak. Chunki xalq 
istirohat bog‘larining vazifalari qo‘riqxonalar vazifalariga qaraganda 
ancha keng36.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin