Bugungi kunga kelib, ekologiya sof biologik fanlar tizimidan
chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan
va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o‘ta
kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib
keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan
tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921-yil amerikalik olimlar
Borjes va Parklar tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasiga
tibbiy sohabo‘limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik,
m e’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o ‘rganildi. Inson
ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga
ta’sirini o‘rganadi.
Inson ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekologiya
vujudga keldi. Unga birinchi bo‘lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning
predmeti inson bilan uning atrof-muhit o‘rtasidagi xususiy
bog‘lanishlarini o‘rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy
fanlar jumlasiga kirib, o‘rganilayotgan obyekt yoki tizimni atrof-
muhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali
sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik, hayvonlar va
ulaming hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham ekologiya
fanining obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy
bog‘lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza
qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: