Muhofaza qilish


EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR
Ekologik ilmiy-tadqiqotlarda ko‘pincha tasviriy, taqqoslash, 
tajriba hamda ekotizimlami mpdellashtirish uslublaridan foy- 
dalaniladi. ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan 
nisbatan keng foydalaniladi.
Tajriba - tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan 
ma’lum tabiiy jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum obyektga 
(individ, populatsiya, biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining


ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari 
haqida ko‘rsatkichlami o‘zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning 
uchun, albatta, namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt 
taqqoslashsiz olib borilmaydi. Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va 
dala sharoitlarida olib boriladi.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay 
imkon beradi, shuningdek hodisaning b a’zi tomonlarini aniq 
ma’lumot bilan to‘ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga 
yordam beradi. Model “ishlamay qolsa”, ya’ni haqiqatga uncha to‘g ‘ri 
kelmasa, EHM tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash 
zarurligini aytib beradi.1
EKOLOGIYA FANINING VAZIFALARI
Ekologlaming kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini 
yanada to‘laroq qondirishga qaratilgan holda antropogen betsenozlar- 
ni qayta ko‘rib chiqish va barqarorligini oshirishga qaratilishi kerak. 
“Inson va biosfera” deb atalgan yirik xalqaro dasturda keyingi yillarda 
ekologiya sohasida hamda insonni o‘rab turgan atrof-muhitni tadqiq 
qilishning aniq ilmiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan:
1. Hayot jarayoni qonuniyatlarini o‘rganish, shuningdek inson- 
ning tabiiy tizimlarga va biosferaga bo‘lagan ta’sirini bir butun holda 
o ‘rganish;
2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini 
ishlab chiqish; 3. Inson faoliyati natijasida o‘zgargan tabiatdagi 
o‘zgarishlami oldindan bilib olish va biosferada kuzatilayotgan jara- 
yonlami boshqarish; 4. Nihoyat insonning yashash muhitini saqlash.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin