Ekologiya fanining maqsadi:
• Ekosistema komponetlarini aniqlash va himoyalash;
• Evolyutsion nazariya bosqichlarini o‘rganish;
• Ekosistemada hayvonlar mavjudlgi va himoyasini muhokama
qilish;
• Ekologik vaziyatlami muhokama qilish;
• Tog‘lar, daryolar va cho‘llami ekologik xususiyatlarini o ‘rganish
va muhokama qilish;
• Maijon qoya toshlari va namgarchilik ko‘p hududlami o ‘rganish;
• Insonning atrof-muhitga ta’sirini o ‘rganish va muhokama qilish.
Ilmiy metodlar
Olimlar muammolami hal qilishda turli xil ilmiy metodlardan
foydalanadilar. Bu metodlar boshqalar tushuna oladigan faktlami
tashkil qilish va yozishni o ‘z ichiga oladi. Olimlar muammoni hal
etishda ko‘pgina variantlarini qo‘llaydilar. Ilmiy tadqiqotda birinchi
qadam bu hal qilinishi kerak bo‘lgan muammoni yoki savolni aniqlab
olish. So‘ng m a’lumotlar to‘planadi va ular tahlil qilinadi. Ma’lumot
to‘plashda kutubxona fondi materiallarini tahlil qilish, soha haqidagi
bilimlami yig‘ib chiqish, labarotoriya va dalada test ishlarini olib
borish kerak.
Yangi yo‘nalishga o ‘tishdan avval soha haqida m a’lum bo‘lgan
barcha ma’lumotlami to‘plash juda muhim sanaladi. Ishni o ‘zingiz
nimani bilishingiz kerak ekanligi haqidagi savoldan boshlang.
So‘ngra turli xil manbalardan yig‘ilgan m a’lumotlami tekshiring.
Adabiyotlar, entsiklopediya, hukumat hujjatlari, kasbiy jumallar,
ilmiy maqolalar va internet kabi manbalardan foydalanish mumkin
(M. Begon va boshqalar, 2006. 154-bet)3.
Ba’zida olimlar o‘zlari to‘plamagan yoki boshqalar tomonidan
to‘plangan m a’lumotlardan foydalanadilar. Barcha to‘plangan
ma’lumotlar ham ishonarli emas. Siz barcha ma’lumot manbalarini
o‘rganishingiz va m a’lumotlaAii ilmiy jihatdan to‘g‘ri, ishonchli
ekanligini tekshirib ko‘rib foydalanishingiz kerak. Shunda bu
ma’lumotlar siz kutgan natijaga erishishingizda samarali natija beradi
(M. Begon va boshqalar, 2006. 174-bet).
Dostları ilə paylaş: