Muhofaza qilish


 ‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

0 ‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan boshlab 
Rio de Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferentsiyada qabul 
qilingan ekologik siyosatni, ya’ni atrof-muhit holatini yaxshilash, aholi 
salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ishlami muvofaqqiyatli 
amalga oshirib kelmoqda.
Ekologik muammolami hal etishning asosiy yo‘nalishlari va 
tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar mahkamasi, turli 
nodavlat tashkilotlari hamda davlat tomonidan qabul qilingan atrof 
hitni muhofazasi, gigienik, biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha 
milliy harakat rejalari va strategiyalarida o‘z aksini topgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning eng muhim vazifasi aholi 
sonining o‘sishi, shaharlaming transport orqali yuk tashishi, sanoat 
va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bilan bo‘g‘liq 
ravishda atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal etish, ya’ni tabiiy 
resurslami qayta ishlash va ulardan oqilona foydalanish masalalari 
turibdi. 0 ‘tish davrida, shubhasiz tabiiy resurslardan foydalanish 
darajasi o ‘zgaradi va atrof-muhitnining ifloslanishiga ta’sir ko ‘rsatadi.
Bunday sharoitda Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish davdat 
qo‘mitasi tomonidan tabiiy resurslardan tejab-tergab foydalanish va 
kam chiqindili texnologiyalardan foydalanish kabi ekologik siyosatni 
qo‘llashni taqoza etadi. Shunga qaramasdan respublikada quyidagi 
ekologik muammolar hal etilmay qolmoqda:
1. Orol bo‘yidagi ekologik tang ahvol;
2. Yer, suv, biologik resurslaming qisqarishi;
3. Yer, suv, biologik xilma-xillikga va atmosfera havosini sifatiga 
qo‘shni davlatlaming ta’siri;
4. Tabiiy holatni va uning ifloslanish manbalari, shuningdek tabi­
iy resurslardan foydalanishni nazorat qilish uchun yetarli texnik va 
metodik imkoniyatlaming cheklanganligi;
5. Atrof-muhit holatini analitik nazorat qilish uchun maxsus as- 
bob uskunalaming ishlab chiqarish korxonalarining mavjud emasligi;
l l


6. Tog‘-kon chiqindilari, avvalgi uran konlari, ulaming chegara 
hududlardagi holati;
7. Sanoat va maishiy turmushdagi chiqindilaming qayta ishlov- 
chi va o‘zlashtiruvchi tizimning takomillashmaganligi;
8. Tabiiy atrof-muhit va ulaming ifloslanish manbalari hamda 
tabiiy resurslardan foydalanish holati bo‘yicha ekologik bank tizimi 
ma’lumotlarining yetarli bo‘lmasligi;
Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish va va tabiiy resurslardan 
samarali foydalanish masalalari makroiqtisodiyotni isloh qilish jara- 
yonida uning diqqat markazida turmog‘i lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi atrof-muhit va tabiatni muhofaza qi­
lish sohasida birinchi navbatdagi vazifalari quydagilar hisoblanadi:
1. Jamiyatda ta’lim olish va intellektual potentsialini o ‘sishini 
ta’minldovchi sharoitni yaratish;
2. Atrof-muhit holatini yaxshilash hamda global ekologik 
muammolami hal etish uchun yetarli mablag‘lar ajaratilishi kerak;
3. Genetik fondni, turlar xilma-xilligi va landshafitlami saqlash;
4. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomil- 
lashtirish;
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlami boshqarish bo‘yicha 
dasturlar ishlab chiqish;
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo‘yicha 
nazorat tizimini takomillashtirish va rivojlantirish;
7. Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga rioya qilish 
va atrof-muhitga zarar keltirgani uchun javobgarlik kabilami nazorat 
mexanizmlarini yaratish;
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik 
jarayonlar sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‘yicha bank 
tizimini yaratish;
10. Ekologiya va tabiatni mjihofaza qilish davlat qo‘mitasining 
tabiatni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha faoliyatini yoritib turuvchi 
markazlashgan axborot tizimini yaratish;
11. Ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish;
12. Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo‘yicha bosqich- 
ma-bosqich dasturlar ishlab chiqarish;
12


13. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiya- 
lar, chiqindilaming zararsizlantirish va o'zlashtirish bo‘yicha ilmiy- 
texnik ishlami hayotga tadbiq etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borishini davom ettirish;
14. Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish ma­
salalari bo‘yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan o ‘zaro ham- 
korlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.
John Harper tabiatdagi o‘zgarishlami izohlar ekan, “tabiat 
barcha narsani hazm qilishi mumkin, biroq 
uning
sog‘lom muhiti 
yo‘qolishi muqarrar”2 deydi. Ekologiyaning tarixi haqida quyidagi 
olimlar tadqiqot olib borganlar. Jumladan, Jonathan Anderson, Mike 
Bonsall, Angela Douglas, Chris Elphick, Valerie Eviner, Andy Foggo, 
Jerry Franklin, Kevin Gaston, Charles Godfray, Sue Hartley, Marcel 
Holyoak, Jim Hone, Peter Hudson, Johannes Knops, Xavier Lambin, 
Svata Louda, Peter Morin, Steve Ormerod, Richard Sibly, Andrew 
Watkinson, Jacob Weiner, and David Wharton. Shuningdek, Jane 
Andrew, Elizabeth Frank, Rosie Hayden, Delia Sandford and Nancy 
Whilton kabilar tabiatni muhofaza qilishning ilmiy nazariy asoslari 
haqida fikr yuritishgan.
Ekologiya bu - organizmlar va ulaming atrof-muhit bilan o‘zaro 
sodir bo‘layotgan hamkorligini o‘rganadigan soha hisoblanadi. 
Ekologlar esa mana shu hamkorlikni o ‘rganadigan olimlardir.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin