Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi
Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi.
Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida ob'ekt yo sun'iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma'lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi.
Tavsif.Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‘li bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto va kinotasvirlar ilova qilingan, matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida ifodalanishi ham mumkin.
Taqqoslash. Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya'ni o‘rganilayotgan ob'ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdir.
O‘lchash – taqqoslashning ayrim ko‘rinishi, ob'ekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni.
O‘lchash – taqqoslashning ayrim ko‘rinishi, ob'ekt xossalarining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni.
Ilmiy dalil. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. Dalil – bilimning tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma'naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. Dalilning muhim tomoni – borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to‘g‘risidagi axborot. Dalilning borliqqa muvofiqligi uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi.
Nazariy bilim muayyan maqsadga yo‘nalgan ilmiy asoslangan bilim darajasi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Ilmiy muammo. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga o‘tish, so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin.