Falsafada o’z xususiyatlariga ko’ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.

Alohidalik, xususiylik, umumiylik.
Alohidalik, xususiylik, umumiylik.
Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo’layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo’lishidir. Alohidalik va umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo’lish shaklidir.
Sistema, struktura, element.
Sistema, struktura, element.
Bular falsafaning muhim kategoriyalaridan bo’lib hisoblanadi. Sistema – grekcha so’z bo’lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.