Kategoriya o’zi nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta’riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substantsiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor:
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor:
1) ob’ektiv voqelikning in’ikosi;
2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli;
4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.
Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.