Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi


Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi asoslari



Yüklə 251,79 Kb.
səhifə3/4
tarix16.10.2023
ölçüsü251,79 Kb.
#156100
1   2   3   4
Mulkchilik

2. Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor bo’lishi asoslari.

  • Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ta'riflanishi ham mumkin. Jamiyatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan chambarchas bog`liq bo`lib, zero, hech qaysi bir mamlakatni mulkchilik munosabatlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonuniga ko`ra, mulkdor o`ziga tegishli mol-mulkka o`z ixtiyoriga ko`ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunga asosan mulkdor o`z mulkiga bo`lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda o`z xohishiga ko`ra amalga oshiradi. Mulkdorning o`z xohishi deyilganda, uning o`z erki, irodasi bilan o`zining, shuningdek boshqalarning yoki ijtimoiy manfaatlarini ko`zlab birovning tazyiqisiz, zo`rlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi.

Mulkni egallash huquqi –Mulkni qo`lda yoki unga nisbatan o`z huquqlarini amalga oshiradiga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishga aytiladi. Birovning o`g`irlatgan yoki yo`qotggan mulkini qo`lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi. Mulkdan foydalanish huquqi-Mulkning foydali xususiyatlarini olishga, mulkdan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga tushunamiz. Mulkdan foydalanish huquqi, mulkni egalik qilish huquqi bilan uzviy ravishda bog`liqdir.Negaki mulkka egalik qilmay turib, undan foydalanib bo`lmaydi. Ya'ni xalq ta'biri bilan aytganda, yo`q narsadan bor qilib bo`lmaydi. O`zganinig mulkidan kelishuvsiz, qonunda ko`rsatilmagan tartibda foydalanilsa, noqonuniy foydalanish deb topiladi.

  • Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taalluqli bo’lgan kishilar o’rtasidagi jamiyat tomonidan (davlat qonunlari, ma’muriy farmoyishlar, an’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu munosabatlar ne’matlar bo’yicha hatti-harakatlar me’yorini namoyon etib, kishilar o’zaro hatti-harakatlarda bu me’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun ma’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to’lashlari lozim. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jamiyatda qabul qilingan ma’lum «o’yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik huquqlari – bu ma’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki, kishilarning fikrlaricha, tegishli o’yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi»

Yüklə 251,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin