An’anaviy iqtisodiy tizim – kishilarning iqtisodiy xatti-harakati va jamiyatdagi hamma masalalarning hal etilishi, yashash uchun kurash, urf-odat va an’ana asosida amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi.
Tasniflash mezonlari–
Uch asosiy muammoni hal etish usuli:
Nima ishlab chiqarish?
Qanday ishlab chiqarish?
Kim uchun ishlab chiqarish?
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim – resurs va daromadlarning ishlab chiqarilishi, taqsimoti davlat tomonidan hal etiladi, hamma moddiy resurslar va ishlab chiqarish mahsulotlari davlatga tegishli ekani bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi –xususiy mulkka asoslangan har bir ishlab chiqaruvchining shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy muammolarni hal etish.