Muloqot haqida umumiy tushuncha



Yüklə 35,3 Kb.
tarix12.09.2023
ölçüsü35,3 Kb.
#142691
Мулокот


Muloqot haqida umumiy tushuncha
Muloqot psixologiyasining predmeti — muloqot madaniyati, muloqot texnikasi, muloqot etikasini o'rganishdan iborat. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.
Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil ta’rif beriladi:
1. Muloqot — hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'matish va uni rivojlantirish jarayoni;
2. Muloqot — belgilar tizimi orqali subyektlaming o'zaro ta’sirlashuvi.
Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ (o'zaro aloqaga doir) jihati hisobga olinadi. Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan farqlash kerak. Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi, insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir. Kishilar munosabatga kirishishda awalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati — nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham muloqot yuritishdan iborat. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan awal uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o'zaro birgalikda harakat qilish) va perseptiv (o'zaro birgalikda) idrok etish amalga oshiriladi.
Har bir kishining o'z «Men«i atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yo'llari awal oilada, bog'cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Muloqotga bo'lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Kimlar bilandir bo'lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, ayrim hollarda esa qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot bu — muloqot turlaridan biri bo'lib, pedagogik faoliyatda muhim o'rin tutadi. Muloqot psixologiyasining psixologiyaning boshqa tarmoqlari bilan bog‘liqligi Muloqot psixologiyasi fani psixologiyaning barcha tarmoqlari bilan bog'liq holda rivojlanadi. Jumladan, pedagogik psixologiya bilan uzviy bog'liq. Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari, o'qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o'rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya fanida muloqot tarkibi (struktura) muammosi muhim o'rin tutadi. Chunki muloqot tuzilishini aniqlab olish uning tarkibidagi har bir elementni alohida tahlil qilish imkonini beradi.
Muloqotning asosiy tarkibi quyidagi elementlardan tashkil topgan, deb hisoblanadi.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi axborot almashinuvidan, interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining o'zaro ta’sirlashuvidan, perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat. Ijtimoiy psixologiya turli ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo'lishi, katta guruhlar — jamoalarning kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o'rganadi. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini bilish zarur. Bundan tashqari muloqotning inson ijtimoiy hayotida bajaradigan vazifalari (funksiya) ham mavjud. Muloqot funksiyalari xilma-xil bo'lib, eng keng tarqalgan tasnifga ko'ra ular quyidagilardan iborat: (B.F. Lomov taklif etgan tasnif):
l.Informatsion-kommunikativ funksiya — axborot almashinuvini ta’minlash vazifasi. Axborot almashinuvi turli belgilar, tizimlar orqali amalga oshiriladi. Odatda verbal (unda belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi) va noverbal (unda nolisoniy belgilar tizimi ishlatiladi) kommunikatsiya farqlanadi.
Noverbal kommunikatsiya bir necha shakldan iborat:
— kinetika (imo-ishora, mimika, pantomimika);
— paralingvistika (ovoz lokalizatsiyalari, pauzalar);
— proksemika (masofa va vaqt me’yorlari);
— vizual aloqa (ko'zlar orqali aloqa);
— takesika (jismoniy aloqa).
Ba’zida muloqotdagi individlaming hidlari ham o'ziga xos belgilar tizimi sifatida baholanadi.
2. Regulatsion-kommunikativ funksiya — suhbatdoshlar xulqatvorining regulatsiya qilinishi (boshqarilishi)ni ta’minlash vazifasi. Kishilar muloqot jarayonida verbal, jismoniy, noverbal yo'llar bilan bir-birining motivlariga, maqsadlariga, qaror qabul qilishiga ta’sir o'tkazishi, biror www.ziyouz.com kutubxonasi harakatga undashi va harakatini nazorat qilishi, bir-birining xulq-atvoriga stimullashtiruvchi va korreksiyalovchi tarzda ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
3.Affektiv-kommunikativ funksiya — inson emotsional sohasining regulatsiya (boshqarish) qilinishini ta’minlash vazifasi. Muloqot inson emotsional holatlarining eng muhim determinantasidir. Chunki turlituman emotsional holatlar muloqot jarayonida paydo bo'ladi va o'zgaradi. L. A. Karpenko taklif etgan tasnifga ko'ra muloqotning quyidagi vazifalari ajratiladi:
— aloqa o'rnatish vazifasi
— suhbatdoshni aloqaga kirishish uchun tayyorlash;
— informatsion vazifa
— suhbatdosh bilan muayyan ma’lumotlar, fikrlar va rejalami almashish;
— faoliyatga undash
— suhbatdoshni biror harakatni bajarishga stimullashtirish (rag'batlantirish);
— koordinatsion vazifa
— suhbatdosh bilan hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish va uni amalga oshirishdagi harakatlarni muvofiqlashtirish;
— tushunishni ta’minlash vazifasi
— suhbatdoshning fikrlari va hissiyotlarini tushunish;
— amotiv vazifa
— suhbatdoshda muayyan hissiyotlami uyg'otish hamda ularni o'zgartirish;
— munosabat o'rnatish vazifasi
— munosabatlar tizimidagi shaxsiy o'rinni, mavqeni aniqlash;
— ta’sir ko'rsatish vazifasi — suhbatdoshning xulq-atvori, shaxsiy xususiyatlari, maqsadlarini o'zgartirish.
Demak, muloqot murakkab polifunksional ya’ni ko'p vazifali hodisadir. Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur: — muomala madaniyatining nazariy asoslari; — shaxslararo munosabatlar qonuniyatlari; — pedagogik muloqotning qonuniyatlari; — oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar haqida tasawurga ega bo'lish; — shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish; — muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish; — shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; — muloqot xossalarini bilish va qo'Ilay olish; — guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish; — oilada muloqot madaniyati, muloqot xossalaridan boxabar bo'lish; — muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil etish yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish. www.ziyouz.com kutubxonasi 1.5. Muloqot — ijtimoiy psixologik voqelik sifatida Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o'zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlami maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, komil inson g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi kabi fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o'zini-o'zi tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy imkoniyatini ro'yobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi. Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga boshqa odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar o'rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g'ayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish — o'zini-o'zi mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish, boshqarish, baholash, o'zigao'zi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda bosqichma-bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o'ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto'g'ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi: 1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizim i orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish; 2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to'g'risidagi axborotni egallashiga oid maxsus mashg'ulotlarni uyushtirish. www.ziyouz.com kutubxonasi 4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo'ljallangan ishbilarmonlik o'yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish. L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin tadqiqotlariga ko‘ra, bolaning dastlabki ijtim oiy ehtiyojlaridan biri bu — muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina izlanishlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi: 1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi; 2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi; 3) awalgi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat qilinishiga ehtiyoj tug'iladi; 4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro bir-birini tushunish ehtiyoji vujudga keladi. Inson o'zini idora qilish, turli vaziyatlarda o'zini tutish fazilatlari o'zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi: 1. Ijtimoiy hodisalaming tashqi voqe bo'lishi ichki ruhiy holat va uning mazmunini aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur jarayon yuzaga keladi. 2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo'naltirilganligi va to'planganligi tu rli omillar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib, muloqot maromiga putur yetkazadi. 3. Inson o'zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o'zlashtirishi uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo'riqish orqali ko'zlangan maqsadiga yetishi mumkin (E. G'oziyev. Muomala psixologiyasi. T.2001 23-bet).
Pedagogik muloqotda psixologik bogianish ' va shaxslararo mojaro Bogianish — muloqotga kiruvchilar o'rtasida ikki tomonlama aloqa bo'lishini taqozo etadi. Bunga erishish va uni ko'ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatga kirishuvchi shaxslarning o'zaro birbirlariga hurmati, ishonchidan iboratdir. Pedagog o'quv-tarbiya ishi jarayonida o'quvchilar bilan aloqa bog'larkan, ulardan o'qituvchi rolining o'zi taqozo etadigan darajada izzat-ikrom kutadi. Agar pedagog o'z tarbiyalanuvchilariga nisbatan ishonch va hurmat bilan munosabatda bo'lsa, u har qancha qattiqqoi va talabchan boigan taqdirda ham, uning eng arzimas tanbehlari ta’sirli boiadi. O'quvchi o'qituvchining so'zlarida o'ziga nisbatan hurmat-e’tibomi sezmasa, asosli va mantiqan to'g'ri pand-nasihatlarni ko'pincha loqayd qoldirishi mumkin. O'zini o'zi hurmat qilish tuyg'usi — aniq, lekin mo'rt quroldir. Psixologik bogianishning buzilishi shaxslararo mojaroga sabab bo'lishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vazifalar va maqsadlaming mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antagonizmi yuzaga chiqadi. Ba’zan bu o'zaro adovatni keltirib chiqaradi va shaxslararo mojaro sodir boiadi. Mojaroning ijtimoiy mohiyati turlicha va shaxslararo munosabatlar negizini tashkil etadigan qadriyatlarga bogiiq boiadi. Masalan, mojaro bittasi noinsoflik qilgan ikkita o'rtoqning to'qnashuvi tusini olishi mumkin. Birgalikdagi faoliyat jarayonida mojarolarning sabablari o'rnida ikki xil toifadagi determinant, ya’ni ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar va shaxsiy-pragmatik manfaatlar o'rtasidagi tafovut maydonga chiqadi. Mojarolarning kelib chiqishiga muloqotga kirishuvchilarning o'zaro birgalikda harakat qilishlariga g'ov boigan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar sabab boiadi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik — aytilgan talabning, www.ziyouz.com kutubxonasi iltimosning, buyruqning ma’nosi muloqot bog'lashgan sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hoi ularning o‘zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilishi uchun to‘sqinlik qiladi. Agar pedagog 0‘quvchilar psixologiyasini yaxshi bilsa, uni e’tiborga olsa, o'quvchining qiziqishlarini va e ’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallagan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliklari bilan hisoblashgan holda ish tutadigan bo'lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etish mumkin. So'zlar kishi ongining boshqa faktlari kabi mohiyatlaming umumiy tarzda qabul qilingan tizimidan tashqari alohida har bir kishi uchun xos ma’lum darajadagi shaxsiyatga oid mazmun, ahamiyat kasb etadi. Mohiyatlar bilan shaxsiyatga oid mazmunning nisbati A.N. Leontevning asarlarida chuqur tadqiq etilgan edi: «Shaxsiyatga oid mazmunlar mohiyatlardan farqli o'laroq... o'zining ortiqcha individualligiga, «nopsixologik» tarzda mavjudligiga ega emas. Tashqi sezuvchanlik subyekt ongida mohiyatlarni obyektiv olamning realligi bilan bog'lab turadi, shaxsiyatga oid mazmun esa ulami uning ushbu olamdagi hayoti realligi bilan, uning sabablari bilan bog'laydi. Shaxsiyatga oid mazmun inson ongining g'arazliligini yuzaga chiqaradi.» (Leontev A.N. Деятельность. Сознание. Личность. 2-nashri. M.153-bet.) Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. Nizoning odatda ikki xil turi farqlanadi: 1-jadval Destruktiv nizolar Produktiv nizolar 1. Shaxsiy xususiyatlaming birbiriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi 1. Nuqtayi nazarlaming bir-biriga mos kelmasligi sababli vujudga keladi 2. Munosabatlaming buzilishiga olib keladi 2. Muammoga kengroq qarashga olib keladi 3. Ishtirokchilar soni ortib boradi 3. Optimal yechimning topilishiga yordam beradi 4. Qarama-qarshi tomonga nisbatan negativ baholar kuchayib boradi 4. Shaxsga ko‘chilmaydi 5. Shaxsga ko‘chish oson yuz beradi Zamonaviy psixologiyada nizo odamlarning o'zaro munosabatlari jarayonida qarama-qarshi pozitsiyalaming to'qnashuvi sifatida talqin etiladi. Har qanday nizoning belgilari quyidagilardan iborat: ikki qarama-qarshi www.ziyouz.com kutubxonasi tomonlaming mavjudligi, ular o'rtasidagi to‘qnashuvning yuzaga kelishi. Nizolar quyidagi qismlardan tarkib topadi: nizoning tomonlari, nizoning shart-sharoitlari, nizoning predmeti, nizo qatnashchilarining xattiharakatlari, nizoning natijalari. Nizoning dinamik xususiyatlari uning turli bosqichlarida yuzaga keluvchi nizo va jarayonlaridir: obyektiv nizoli vaziyatning yuzaga kelishi, vaziyatning nizoli ekanligi anglanishi, nizoviy o‘zaro ta’sir (yoki nizoning o'zi), nizoning hal etilishi. Olimlar nizoning rivojlanish bosqichlarini ikkiga ajratadilar: tomonlarning yashirin to'qnashuvi, tomonlaming ochiq to‘qnashuvi. Nizolarning shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, guruhlar ichidagi kabi turlari farqlanadi. Turli xildagi psixologik nizolar o'zining asosiga binoan subyektlararo bo'ladi, chunki nizolar har doim subyektlar o'rtasida — guruh vakillari bilan munosabatda bo'luvchi turli shaxslararo yoki subyektning o'zi bilan o'zi nizo ko'rinishda kechadi. N izolarni hal qilish uchun biz ma’lum bir xattiharakatlarni amalga oshiramiz, lekin ular samarali yoki samarasiz bo'lishi mumkin. Bizning nizolarni hal qilishdagi harakatlarimiz quyidagi hollarda samara berishi kuzatiladi: qaram a-qarshi tomonlarning to'qnashuvi to'xtatiladi yoki batamom tugatiladi, tomonlar qarama-qarshiligi barham topadi. Jamoadagi, guruhlardagi nizolar xavfli ko'ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko'pincha ular goh o'chib, goh avj olib, guruh a’zolarini ishdan chalg'itib, holdan toydirib, kishining ruhiy holatiga salbiy ta’sir etib, surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shuning uchun nizoni boshqarish va bartaraf etish alohida ahamiyat kasb etadi. Awalo nizoni oldindan ko'ra bilish, uning ziddiyatli vaziyatga aylanib ketmasligining oldini olish zarur. Nizoli vaziyatlarda nizoni hal qilishning ikkita asosiy tuzilishi mavjud: nizoviy omil bilan ishlash, guruhlar yetakchilari bilan ishlash. Nizoli vaziyatlami hal qilish xatti-harakatlari belgilanmagan yoki bu xatti-harakat samara bermagan holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi. Ziddiyatli vaziyatni hal qilishning yagona usuli va imkoniyati — uni to'xtatishdir. Demak, shaxslararo mojarolar o'z-o'zidan kelib chiqmay, balki shaxslarning o'zaro kelishmovchiliklari, ma’naviy anglashilmovchiliklar, nizolar, ishga doir, shaxsiy nizolar natijasida yuzaga keladi.
Taniqli psixolog S.L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ulaming xulq-atvoriga qarab mo'ljal olamiz. Negaki, biz ulaming tashqi ma’lumotlari mohiyatini go'yo «o'qib», ya’ni «mag'zini chaqib» chiqamiz, shu yo'sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo'lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o'qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki ma’no hosil bo'ladi.» (Rubinshteyn S.L. Принципы и пути развития психологии. М. RSFSR. PFA nashr. 180-bet). Muloqotning perseptiv jihati — kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir. Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Birbirini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir: www.ziyouz.com kutubxonasi 1. Identifikatsiya — inson o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo'yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi. 2. Empatiya — inson o'zini xayolan suhbatdoshi o'miga qo'yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. 3. Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. 4. Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi. Identifikatsiya (lotincha «tenglashtirish», «aynan o'xshatish») bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifmi subyektning o'z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o'xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o'zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o'zining o'miga qo'yib ko'rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, о'y-fikrlari, mayllari va his-tuyg'ulari haqida taxmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida universitet qoshida hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib qolgan talaba o'zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini xayolan o'z boshidan kechira boshlaydi. Refleksiya — (lotincha «aks ettirish») — o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdoshi uni qanday idrok etayotganligini anglashi. Kishining kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi. Agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro ta’sir o'matishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xattiharakatining sabablarini o'ylashga majbur bo'ladi. Boshqa kishining harakatlarini tushuntirish uchun faoliyat motivlari, his-tuyg'ular, intilish va fikrlashning o'ylab chiqarilishi kauzal atributsiya deb ataladi. O'qituvchilar tomonidan bola harakatlarining sababi shunday talqin qilinishi maktabdagi pedagogik muomalani qiyinlashtiradi. Ijtimoiy persepsiya davomida kauzal atributsiya hodisasi ham kuzatiladi. Kauzal atributsiya — ijtimoiy persepsiya subyektining boshqa insonlar xulq-atvori va motivlarini talqin etishidir. Odam kuzatish orqali idrok etilayotgan kishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo'lmasligi tufayli uning xulq-atvorini determinatsiyalayotgan taxminiy sabablami qidiradi va ulami asliga noto'g'ri bo'lsa ham persepsiya obyektining xulq-atvoriga «tirkab qo'yadi». Boshqacha qilib aytganda, kauzal atributsiya hodisalar va insonlar xulq-atvoriga muayyan sabablami tirkab qo'yish, sababchi deb bilish. G. Kelli shaxsiy atributsiya (bunda sabablar harakat obyektiga tirkaladi), obyekt atributsiyasi (sabablar harakat yo'naltirilgan obyektga tirkaladi), www.ziyouz.com kutubxonasi vaziyat atributsiyasi (bunda sabablar harakat sodir bo'layotgan vaziyatga tirkab qo'yiladi) kabilami ajratgan. Kauzal atributsiya — lotincha «causa» — sabab va «atributto» — in’om etaman, degan ma’noni bildiradi. Kauzal atributsiyaning xususiyati psixologiya tomonidan yaxshi o'rganilgan turli xildagi shartsharoitlarga bog'liq bo'ladi. Masalan, notanish kishini idrok etish chog'ida idrok subyekti ega bo'lgan axborot katta rol o'ynaydi. A.A. Bodalyev o'tkazgan tajribalarida ikki guruhdagi o'quvchilarga bitta odamning fotosurati ko'rsatilgan. Birinchi guruhga bu odam jinoyatchi sifatida ta’riflangan. Uni tashqi qiyofasiga qarab tavsifnoma berish so'ralgan, ikkinchi guruhga bu odam taniqli olim deb aytilgan. Jinoyatchi deb aytilgan kishiga o'quvchilar qo'rs, badjahl, berahm, makkor kishining portreti turibdi deb, olim deb aytilgan guruh o'quvchilari esa portretdagi ko'zning o'zi mehribon va dono, jonni fido qilib ishlaydigan kishi deb ta’riflandi. Chiroyli kishilar rasmlari berilganda ham xuddi shunday holat yuzaga kelgan, ya’ni chiroyli kishilar yaxshi, muloyim, aqlli deb baholangan. Xunuk kishilar esa qo'rs, badjahl, xudbin deb baholangan. Demak, pedagogning idrok etish obyekti haqida oldindan bilib oladigan axboroti yanglish fikr va subyektivizmning tarkib topishi uchun jiddiy asos hisoblanadi. Kishilar bir-birini idrok etishi jarayonida turli effektlar yuzaga kelishi mumkin. Ular orasida quyidagi uchta effekt ancha chuqur o'rganilgan: 2-jadval Oreol effekti Dastlabki effekt Yangilik effekti Odam to‘g‘risida axborot yetishmaganda, u haqidagi ilktaassurotlaming shu inson xulq-atvori va shaxsiy xususiyatlarini keyinchalik idrok etish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi. Odam haqida shakllangan ilktaassurotlar o‘ziga xos obrazni yuzaga keltiradi. Bu obraz oreol vazifasini bajaradi. Idrok etilayotgan odam haqidagi dastlabki axborotning idrok jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi. Bu effekt notanish odam idrok etilayotganida yuzaga chiqadi. Idrok etilayotgan odam haqidagi so‘nggi axborotning idrok jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi. Bu effekt tanish odam idrok etilayotganiday uzaga chiqadi. Oreol effektining mohiyati shundan iboratki, kishi tomonidan qoldiriladigan umumiy ijobiy taassurot subyektning idrok etish chog'ida berilmagan fazilatlarni ham ijobiy baholashiga sabab bo'ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Stereotipizatsiya — (grekcha «o‘zgarishsiz, takrorlanish») stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo'li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash. Ba’zan muomala jarayonida noto‘g‘ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A. Bodalyev tomonidan o'tkazilgan suhbatga ko'ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasawurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So'ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko'rinishga ega bo'lganlar kuchli, irodali; 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli; 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo'ysunmas xarakterga ega; 5 kishi bo'yi o'rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar; 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki o'zini sevuvchi kishilar bo'ladi, deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o'rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot bunga misol bo'la oladi. 400 o'qituvchiga baholash uchun tarqatilgan rasmlar ularga 200 nafari ijobiy, chiroyli, 200 nafari esa salbiy, xunuk, yoqimsiz deb ta’rif bergan. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini ta’riflash so'ralgan edi. Afsuski, baholaming subyektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog'liq.
Test:
1. Muloqot muammosi bilan qaysi o'zbek olimlari shug'ullangan?
a) M.G. Davletshin;
b) E.G'oziyev;
d) V. Karimova;
e) Z. Nishonova.
2. Muloqot sirlari haqida qaysi olimning kitobi nashr qilingan?
a) E. G'oziyev;
b) V. Karimova;
d) Kan — Kalik;
e) D. Karnegi.
3. Kishiga muloqot nima uchun kerak?
a) muloqot kishilarga kerak emas;
b) shaxs uchun katta ahamiyatga ega;
d) muloqot ongni o ‘stiradi, dunyoqarashni shakllantiradi;
e) muloqot kishilarni yaqinlashtiradi.
4. 0 ‘yin mashqlarining ahamiyati nimada?
a) o ‘yin bolalarning asosiy faoliyati;
b) o ‘yin shaxsni tarbiyalaydi;
d) o ‘yin mashqlari muloqotni shakllantiradi;
e) o ‘yin mashqlari jismoniy chiniqtiradi.
5. Verbal muloqot nima?
a) og'zaki .nutq;
b) yozma nutq;
d) imo-ishoralar;
e) intonatsiya.
Manba: M. Maxsudova. Muloqot psixologiyasi. 0 ‘quv qo'llanma. — Т.: «Turon-Iqbol» nashriyoti, 2006.— 119 b.
Yüklə 35,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin