Axmedjonova Dilafro'z Kozimjon qizi O'zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti
ANNOTATSIYA Til-bu muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o'rtasidagi muloqotni ta'minlaydi. Inson o'z nutqi, turli xatti-hatakatlar va ohanglar orqali bir-biri bilan munosabatga kirishadi va o'z fikrini ifodalaydi. Muloqot jarayonida og'zaki va og'zaki bo'lmagan aloqa vositalari yordamida fikr almashiniladi. Ushbu maqolada verbal va noverbal aloqalarning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar:verbal va noverbal muloqot, imo-ishoralar,
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni.
Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga yetkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga verbal va noverbal aloqalarni kiritishimiz mumkin.
Verbal aloqa- inson nutqi yordamida tajriba almashish, muloqot o'rnatish va harakatlarni rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir .Odamlar munozaralar, nutqlar va kundalik suhbatlarda o'zlarini ko'p jihatdan ifodalash uchun og'zaki muloqotdan foydalanadilar. Og'zaki muloqot faqat insonga xos hisoblanadi. U bir vaqtning o'zida ham axborot manbai sifatida, ham suhbatdosh bilan o'zaro ta'sirlashuv vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Verbal muloqot tarkibiga so'zlar, iboralar va ularning mohiyati kiradi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi о‘zidagi barcha sо‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan sо‘zlarni topib sherigiga ta’sir kо‘rsatishni xohlaydi va buni o'z nutqi yordamida amalga oshiradi.
Noverbal aloqa-bu og'zaki va yozma ravishda so'zlardan foydalanmasdan xabarlarni yuborish va qabul qilish jarayonidir. Noverbal muloqot til, tovush nutqining qo'llanilishiga asosoanmagan bo'lib, bu mimika, imo-ishoralar, pantomimika, sensor yoki tana orqali aloqalar vositasidagi muloqotdir. Bunda axborot so'zlashish orqali emas balki fikrlar va hissiyotlarni turli harakatlar orqali ifodalash bilan namoyon bo'ladi. Amerikalik olim Megrabyan formulasiga kо‘ra, birinchi marta kо‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bо‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta’sir qilarkan.
Muloqot qanday tarzda kechishidan qat'iy nazar uning mazmunli va ta'sirli bo'lishi nafaqat so'zlovchiga balki tinglovchiga ham bog'liqdir. Muloqot vaqtida so'zlashish qoidalariga rioya qilish, aytilayotgan gaplarga e'tiborli bo'lish, suhbat davomida bir-birini yaxshi tinglash va tushuna olish muloqotni yanada chiroyli kechishiga yordam beradi. Biz verbal yoki noverbal aloqa qilishimizdan qa'tiy nazar muloqot qobilyatlari hayotning barcha jabhalarida o'ta muhim omil hisoblanadi va u hech qachon yo'q bo'lib ketmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
4. N. Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati.-T.:A.Navoiy nashr, 2007.-B.42.
Mahmudov N. Nurmonov A. O’zbek tili nazariy grammatikasi. -Toshkent:
O’qituvchi,1995. –B. 47-58.
R. Safarova. Leksik-semantik munosabatlarning turlari.- T.:O’qituvchi nashr, 1996.-B. 3-9.