Multimedia texnologiyalari bilan ishlash



Yüklə 0,72 Mb.
tarix16.09.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#144004
8-MASHQ


Multimedia texnologiyalari bilan ishlash.
Intellekt-karta bolaning umumiy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Vaziyatga yoki muammoga turli yondashuv bilan qarashga yordam beradi, masalani hal etish bo’yicha qiziqarli yechimlarni taklif etadi. Uslub tushunchalar, mavzular o’rtasida o’zaro aloqani ko’rsatishda o’quvchilarning anatilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo’llaniladi. Uslubni har qanday yoshdagi bolalar bilan qo’llash mumkin. Uslub muallifi — amerikalik olim va biznesmen Toni Byuzendir. Inglizchada “mindmaps” deb nomlanib, aql kartasi yoki aqlli (fikrlovchi) kartalar ma’nosiga egadir.
Intellekt-karta uslubining asosiy ishlash mexanizmi miya qabul qiladigan xar qanday turdagi ma’lumot neyronlar ko’rinishida tasavvur qilinadi. Markazda asosiy fikr, (mavzu, tushuncha, g’oya, yangi loyiha va x.) beriladi, undan esa shu fikrga uzviy bog’liq bo’lgan kichik tushunchalar nurlar kabi ajratib chiqiladi. Pedagogik uslubning maqsadi, miyada asosiy mavzuni tutib turgan xolda, unga bog’liq bo’lgan boshqa ma’lumotlarni o’rganib chiqish va xotiraga muhrlash.



Intellekt-karta o’qituvchiga va bolalarga nima beradi?
Inson tomonidan qabul qilinayotgan doimiy axborot oqimi miyada qayta ishlanishi va saqlanishi lozim. O’quvchilar axborotni topish, tuzish va eslab qolishni o’rganadi. Darslarda mayndmep qo’llagan o’qituvchilar assosiasiyani qo’llagan holda har bir bolaga tushunarli ravishda yangi mavzuni yanada qulay va sodda shaklda tushuntira oladi. Fikrlovchi kartalar yordamida hal qilinadigan maqsad:
* ishtirokchilarning ijodiy va analitik qobiliyatini rivojlantirish;
* ta’lim jarayonida ma’lumot beruvchi motivasiyani shakllantirish;
* ma’lumot beruvchi jarayonni mustaqil tashkil etish ko’nikmasini yuzaga keltirish;
* kitoblar, lug’atlar, ma’lumotnomalar, internetdan axborot izlash mahoratini oshirish;
* fikrlash, xulosa qilish, qaror qabul qilish ko’nikmalarini oshirish;
* tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish.
Ma’lumot beruvchi faoliyati davomida mayndmep qo’llagan o’quvchilar o’z fikrlarini ancha erkin tarzda bayon qila boshlaydi, bir yoqlama fikrlamaydi, hosil bo’lish va obyekt o’rtasidagi aloqani oson ajratadi, muammoga ijobiy yondashadi.
Intellekt-karta uslubi darslarda qanday qo’llaniladi?
Intellektual kartani yaratish bosqichlari:
* Doska, qog’oz varag’i, yoki kompyuter, shuningdek, rangli qalamlar, ruchka, flomaster, stiker, to’xtash belgilari 🛑 qo’llaniladi.
* Markaziy aylanaga o’rganilayotgan tushuncha joylashtiriladi (mavzu, so’z, shaxsiyat, obyekt, tizim, tuzilish yoziladi).
* Undan chiqariladigan nurlar turli rangda, uzun, qisqa, qalin, ingichka shaklda chiziladi.
* Ikkinchi qator tarmoqlari chizilib, ularga birinchi bosqich tarmoqlariga tegishli bo’lgan assosiasiya joylashtiriladi.
* Rasmlarda chizish, stikerlarni qo’llash mumkin va zarurdir.
* Ma’noviy bloklar (daraxtni hosil qiluvchi tarmoqlar) turli rangdagi ramkalar, aylanalarni tavsiya etadi.
Intellekt-karta aniqlik (rang-barang chiziqlar, rasmlar, belgilar) va to’liqlik (fikr har taraflama oshkor etilishi kerak) prinsiplariga javob berishi talab etiladi. Natijada axborotni qayta ishlashga javob beruvchi inson miyasining neyron maketi hosil bo’lishi kerak.
Assosiativ karta tayyor bo’lgach, o’qituvchi va ishtirokchilar quyidagilarni bajarishi lozim:
* mavzuning asosiy fikrlarini tanlash (darsda o’rganiladigan asosiy tushunchalar);
* tarmoqlar orasida ustuvorlikni ta’minlash (asosiysi va ikkinchi darajalisini ajratish);
* asosiy vazifa va harakatni aniqlash (eshitish, muhokama qilish, isbotlash, o’ynamoq).
Mindmaps uslubini darsda va uyda qo’llash uchun misollar.
Matnli mavzu bilan ishlashda uning asosiy mazmuni markazga joylashtiriladi. Undan syujet chiziqlari nur kabi tarqatiladi va fakt, obraz, xarakter, kayfiyat misolida ular o’sib boradi. Bu orqali taqdim etilayotgan axborot tezroq eslab qolinadi.
Geografiya darsidagi intellekt-karta.
Masalan, geografiya darsidagi “Gidrosfera” mavzusini o’rganishda dunyo okeanlari (ikkinchi qatordagi chiziqlar okeanlar nomlari bo’ladi), yer usti suvlari (assosiasiya — sug’orish, suvlash) va yer osti suvlari (buloq, artezian, tuproq va zamin ) chiziqlar bo’lishi mumkin.
Adabiyot darsidagi intellekt-karta.
Muallifning ijodini o’rganishda uning poemalari, romanlari, asarlari, biografiyasi, madaniyati birinchi darajali nurlar bo’ladi. Ikkinchi tarmoqda asarlarning nomlari bo’lsa, uchinchi bosqichdan qahramonlar rasmlari o’rin oladi.
Loyihani rejalashtirish.
Ilmiy loyihani ishlab chiqish. Markazda ochib berilishi kerak bo’lgan mavzu joylashtiriladi. Assosiasiya nurlari tarqatiladi va uning natijasida tadqiqot vazifasi shakllantiriladi.
Imtihonga tayyorlanish.

Masalani o’rganishda aqliy tasavvur, ya’ni assosiasiya chiziladi. Qayta o’rganishda materialni qabul qilish yanada qulay va tushunarli bo’lgani bois kam vaqt sarflanadi. Shuningdek, intellektual kartalar matnni so’zlab berishga tayyorgarlik ko’rishda yaxshi samara beradi. Bunda asosiy mavzu va unga bog’liq eng muhim ma’lumotlar xaritasi shakllantiriladi.
TOPSHIRIQ
XMind dasturiy vositasidan foydalanib, matematika, fizika yoki informatika bo'yicha tanlagan mavzuingizning aql xaritasini yarating.
Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin