Multimedia vositalari va ulardan foydalanish


BIOLOGIYA DARSLARIDA O’QUV FILMLARIDAN FOYDALANISH



Yüklə 386,46 Kb.
səhifə4/4
tarix23.01.2023
ölçüsü386,46 Kb.
#80330
1   2   3   4
Multimedia vositalari va ulardan foydalanish (2)

BIOLOGIYA DARSLARIDA O’QUV FILMLARIDAN FOYDALANISH


22/08/2010 NIYOZOV QAHRAMON ADASHALIYEVICH LEAVE A COMMENT
Respublikamizda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarining muayyan bilimlarni egallashlari barobarida ularda bilim olishga bo’lgan ehtiyoj, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va ko’nikmalar ega bo’lishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, atrof – muhitga ongli munosabatni tarkib toptirish, ularni kasblar bilan tanishtirish orqali kasbga yo’llash ko’rsatilgan.
Shuningdek, ushbu Qonun va Dasturda barcha predmetlar qatori biologiya fani oldiga ham bir qator aniq vazifalarni qo’ydi. Jumladan, ushbu fanni o’qitish tizimini qayta ko’rib chiqish, uni davlat ta’lim standartlari talabiga moslashtirish, bunga asosan dastur hamda boshqa o’quv-uslubiy qo’llanmalirni ishlab chiqishni taqazo qiladi. Bundan maqsad, o’quvchilarni tirik organizmlarning hayoti, ularning individual va tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlari, molekula, hujayra, organizm, populasiya-tur darajalaridagi biologik hodisa va jarayonlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish ularning bu fanni o’rganishga bo’lgan qiziqish va ijodiy qobiliyatini o’stirish hamda, kelgusidagi uzluksiz ta’lim tizimini davom ettirishlari uchun zamin yaratishdan iborat.
Maktablarni yangi jihozlar, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, modernizasiya qilingan, tajriba-sinovdan o’tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta’minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda.
Ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan bir qatorda axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash orqali ta’lim sifatini oshirish bugungi kun talabi bo’lib, bu orqali o’quvchilar ta’lim jarayonini yanada chuqurroq egallashlari ko’zda tutilgan.
Biologiya darslarida axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo’llash orqali ba’zi bir cheklangan imkoniyatlar ochilib, o’quvchilarda fan to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishlarida yaqindan yordam beradi.
Ta’lim jarayonida ko’rgazmali axborot ishlatilganda oquvchilarda taassurot hosil bo’lishi uni og’zaki bayon qilishga nisbatan ortacha 5-6 marotaba tezroq kechadi. O’quvchining ko’rgazmali axborotdan ta’sirlanishi, hayratlanishi og’zaki yetkazilgan axborotga nisbatan ancha yuqori bo’lishini ta’kidlash joiz.
Biologiya fanini o’qitish jarayonida axborot texnologiyalarining bir turi hisoblangan o’quv filmlaridan foydalanish muhim o’rin egallaydi.
O’quv filmlari yordamida ta’lim jarayonini rejalashtirishda berilayotgan ma’lumotlarning aniqligi, ilmiyligi va mavzuga mosligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
O’quv filmlari asosida tashkil darslarda disklar, televideniya va internetdan olingan video materillardan foydalangan holda tashkil etish mumkin.
Oquv filmlarini internetdan ko’rish va olishda, masalan kompyuterda Internet Explorer web brouzeri ishga tushilrilib, adreslar qatoriga video materiallar sayti hisoblangan www.youtube.com manzili kiritiladi. Youtube.com sayti ochilgandan song qidiruv(Поиск) oynasiga kerakli so’z kiritiladi va qidiruv(Поиск) tugmasini bosiladi.
Video materiallar ro’yxatidan zarur vedeo materialni tanlash orqali materilani korish va ko’chirib olish mumkin.
O’quvchilarning fikrlash faoliyatini o’quv filmlari yordamida tashkil qilishda uch asosiy vazifani bajarish lozim.
Birinchi vazifa – o’quv filmlari asosida ob’yekt yoki jaryonning orginal obrazini yaratish;
ikkinchi vazifa – o’quv filmlarini o’zini o’quvchilarning muayyan maqsad bilan kuzatishlarini tashkil etish;
uchinchi vazifa – nazariy bog’liqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o’quv vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirishdir.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’quv filmlari yordamida o’quv materiallarini obrazlar korinishida ifodalash orqali ta’lim metodlaridagi; og’zaki tushuntirish, ko’rgazmali va amaliy metodlarga xos xususiyatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratish mumkin.
Yüklə 386,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin