Multisim dasturida olchov asboblari va energiya manbalarini o‘rganish, ular asosida sxemlar tuzish. Sxemalar topologiyasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/6
tarix10.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#95642
1   2   3   4   5   6
Virtual anjomlar
Multisim dasturi virtual o‘lchov asboblarini (anjomlari) ko‘plab soniga ega, ulardan o‘lchashlarni o’tkazish yoki sxemotexnik yechimlarni tatqiq qilishda foydalanish mumkin. Virtual olchov asboblar o’zini ishlashiga ko‘ra real asboblarga mos keladi. Ular yordamida axborotlarni ko‘rinadigan qilishdan tashqari ularni ma’lumotlar fayili ko’rinishida saqlash mumkin, ulardan keginchalik boshqa dasturlar bilan axborot almashinuvida foydalanish mumkin masalan LabVIEW dasturi bilan.
Ekrandagi anjomlar paneli hohlagancha joylashtirilishi mumkin, ammo qoidaga ko’ra u darcha chegarasiga yaqin joyga qotiriladi.
O‘lchov asboblari turli tashqi o’rinishga ega bo‘lishi mumkin, bu foydalanuvchini o‘z oldiga qanday vazifani qo‘yganiga bog‘liq va asbobning o‘zini qayerda joylashganiga ham (anjomlar panelida yoki sxema maydonida).
Multisim asboblari foydalanuvchiga modellanayotgan sxemalar parametrlarini o‘lchash imkonini beradi , agar u SPICE modellash tili asoslari bilan tanish bo‘lmasada ham. Agar foydalanuvchi asbobni sozlanishini o‘zgartirsa shunda darhol modellash paralmetrlari avtomatik o‘zgaradi.
Shu bitta sxema bo‘yicha asbobni bir nechta nusxasi bo’1ishi mumkin. Asbobni sozlash atributlari va bu sozlashlarga mos keluvchi modellash parametrlari fayl konfiguratsiyasida saqlanishi mumkin. Modellash vaqtida olingan ma’lumotlar ichiga o‘rnatilgan asboblarda foydalanganda postprotsessor yordamida Grapher View darchasida ko‘rsatilgan ishlov berilishi mumkin . Anjomlar panelini tashqi ko‘rinishi o‘lchamlari ekranning talab qilingan ruxsat etilishga o‘zgarishi mumkin va ma’lumtlarni aks ettirish yo‘liga mos ravishda. Tahlil natijasida olingan ma’lumotlar TXT, LVM, и TDM fayllar formatida saqlanishi mumkin.
NI Electronics Workbench Group o‘lchov texnikasi sohasida ilg‘or Agilent® и Tektronix® kabi firmalari vakillari bilan mustahkam aloqaga ega , shuning uchun asboblar Multisim anjomlar paneliga joylashtirilgan, huddi o‘sha real fizik asboblar ko‘rinishiga o’xshash va o‘shalar kabi ishlaydi.
Multisim dasturri bo‘yicha sozlangan asboblar olti toifa bo‘yicha guruhlarga ajratilishi mumkin.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin