Ammo ferment biologik bo`lmagan katalizatordan ba’zi jihatlari bilan farq qiladi. Bunday farqlar fermentlarning murakkab oqsil molekulasi ekanligi va tuzilishining o`ziga xosligiga bog`liq.
Fermentativ kataliz tezligi biologik bo`lmagan katalizatorlarga nisbatan ancha yuqori.
Fermentlar yuqori darajadagi spesifiklikka ega, ya’ni ularning katalitik ta’siri ma’lum turdagi kimyoviy reaktsiya bilan chegaralanadi.
Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni “yumshoq” sharoitda, ya’ni odatdagi bosim, yuqori bo`lmagan harorat (37°C atrofida) va muhit pH i neytralga yaqin bo`lgan sharoitda katalizlaydi.
Fermentlar faolligini boshqarish mumkin bo`lib, bu xususiyat biologik bo`lmagan katalizatorlar uchun xos emas
Fermentativ reaktsiya tezligi ferment miqdoriga to`g`ri proporsional
Fermentlar faqat tirik organizmlarda sintezlanadi.
Enargiya
Reaktsiyaning borishi
reagentlar
Mahsulot
fermentsiz
Ferment bilan
“Erkin” substratni faollash energiyasi
Ferment bilan bog`langan
substratni energiyasi
Substrat reaktsiyaga kirishi uchun faollanish energiyasi deb ataluvchi energiya kerak bo`ladi. Talab etiladigan faollanish energiyasi miqdori qancha ko`p bo`lsa, shu haroratdagi reaktsiya tezligi ham shuncha past bo`ladi. Fermentlar katalizator sifatida ta’sir etib, faollanish energiyasini pasaytiradi. Ular haroratni deyarli o`zgartirmasdan reaktsiyaning umumiy tezligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |