Raqobatdosh, raqobatdosh emas va qaytarilmaydigan ingibitorlar haqida qisqacha izoh
Xarakteristika
|
Raqobatdosh
|
Raqobatdosh emas
|
Qaytarilmaydigan
|
Ingibitor formasi
|
Substratga oxshash
|
Substratga oxshamaydi
|
Substratga oxshamaydi
|
Enzimga qoshillishi
|
Faol xududga qoshiladi
|
Faol xududga qosilmaydi
|
Enzim bilan kova-lent bog‘lanish tuzadi
|
Qaytarilish
|
O‘zgaradi
|
O‘zgarmaydi
|
O‘zgarmaydi
|
Haroratining ferment faolligiga ta’siri. Organizm haroratining muayyan darajadan ortib ketishi fermentlar faolligini pasaytiradi. Fermentativ reaksiyaning fermentni maksimal faolligiga tog’ri keladigan harorat optimal harorat deb yuritiladi (rasm - 16.4). Ko‘pchilik fermentlarning ta’siri uchun 370Cga yaqin (normal tana harorati) optimal haroratdir. Masalan: oqsil va kraxmalning kislotalar bilan gidrolizi 100oCda bir necha soat davomida kechadi, ferment ta’sirida esa 370Cda bir necha daqiqada sodir bo‘ladi. H2O2 ning temir ionlari bilan parchalanishi sekin boradi, katalaza fermenti ta’sirida esa juda tez kechadi va fermentdagi 1 mg temir 10 tonna temirning o‘rnini bosadi.
Fermentativ reaksiyalar tezligini tana haroratiga bogʻliqligi muhim amaliy ahamiyatga egadir. Masalan, infeksion omillar ta’sirida organizmda isitmaning ko‘tarilishi (lixoradka) biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi va hujayrada endogen substratlarni tanqisligini vujudga keltiradi (organizmni darmonsizlantiradi). Negaki tana haroratining 1oCga ortishi fermentativ reaksiyalar tezligini 20%ga oshiradi. Ba’zi fermentlar termolabil bo‘lgani sababli yuqori tana haroratida denaturatsiyaga uchraydi va biokimyoviy jarayonlar tabiiy kechishini o‘zgartiradi. Bularni oldini olish uchun bezgak tutganda dori vositalar qo‘llanilishini taqozo etadi. Demak, ulardagi modda almashinuvi tezligini pasaytirish ajratilgan a’zolarni sovutishda qo‘llaniladi. To‘qima va suyuqliklarni yaxlatilgan holatda yoki past haroratda saqlash autokatalitik parchalanishning oldini oladi.
Muhitning ferment faolligiga ta’siri. Fermentlar molekulasining sirtida ko‘pgina zaryadlangan guruhlar mavjud. Ferment molekulasining umumiy zaryadi manfiy va musbat zaryadlangan guruhlarning nisbati bilan belgilanadi. Muhitning o‘zgarishi zaryadning ortishi yoki pasayishiga olib keladi. Muhitning ma’lum qiymatida oqsil zarrachasi elektroneytral bo‘lib qoladi, ya’ni manfiy va musbat zaryadlar soni bir xil bo‘lib qoladi va ferment molekulasi zaryadga ega bo‘lmaydi, ya’ni izoelektrik nuqtada bo‘ladi.
Ko‘pchilik fermentlar yuqori turgʻunlik va faollikka izoelektrik nuqta yoki unga yaqin bo‘lgan sharoitda ega bo‘ladi. Muhitning keskin o‘zgarishi molekula konformatsiyasining o‘zgarishiga olib keladi; denaturatsiya va fermentning inaktivatsiyalanishini vujudga keltiradi. Fermentativ faollik eng yuqori bo‘lgan nuqta fermentning optimal pHi deb ataladi. Bunda ham ferment faol markazidagi funksional faol guruhlar maksimal reaksion holatda, ham substrat fermentning bu guruhlari bilan bogʻlanishining eng qulay holatida bo‘lishi mumkin. Ferment faolligining pHga bogʻliqligi qo‘ngʻiroqsimon shaklga ega. Hujayra ichida joylashgan fermentlar odatda neytral muhit (pH 7,2), ya’ni tana suyuqliklari ega bo‘lgan pH qiymatiga egadir. Pepsin kabi hujayradan tashqarida faollik ko‘rsatuvchi fermentlar optimum pHga kislotali muhitda ega bo‘lishlari mumkin.
Fermentlar (lot. fermentum – achish, bijg`ish ma’bosini bildiradi)- bular biologik katalizatorlar bo`lib, organizm hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiruvchi moddalar.
Fermentlar –globulyar oqsillar Fermentning bir necha yuz zvenodan iborat polimer zanjirlari globula shaklida o`ralgan bo`ladi.
Fermentlarning ishtirokida tirik organizmlardagi modda va energiya alamshinuvi jarayonlari amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: |