Mundareja Kirish Asosiy qisim


Ferment-substrat kompleksining shakllanish modeli



Yüklə 163,38 Kb.
səhifə3/14
tarix02.01.2022
ölçüsü163,38 Kb.
#43169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ferment-substrat kompleksining shakllanish modeli. Fermentlarning spetsifik ta’siri 2ta gipoteza yordamida tushuntiriladi.

Avvaliga Fisher gipotezasi taklif etilgan - ferment va substrat bir-biriga qulf-kalit mos kelganidek mos kelishi kerak (Rasm.16.9.):



Faol markaz

Ferment Substrat ES kompleks Ferment Mahsulot (P)



Rasm 16.9. Fisherning “Qulf-kalit” modeli
Koshland gipotezasi - majburan mos kelishlik, ba’zan ferment o‘zining konformatsiyasini o‘zgartirishi va substratiga moslashishi mumkin.

Ferment ta’sirining boshlangich nazariyasi “qulf – kalit” modeli bo`lgan va bu model, qattiq egilmas shaklga ega bo`lib, faol holat deb hisoblangan. Rasm 16.9.ga ko‘ra blokirovkali Fisher modelida faol markaz shakli qulfga o`xshash bo‘lib, uning substrati kalitga o`xshsash bo‘lib, bu kalit mahsus qulfga tushadi. Shunga qaramasdan bu model ferment shaklini egiluvchanligi hisobga olmaydi va bizning hozirgi tushinchamizga ko`ra faol markaz qulay shakllarga moslashishi mumkin. Indusirlangan FIT “Qo’l-qo’lqop” deb nomlangan Koshland modeliga ko’ra (Rasm.16.10) faol saytni egiluvchanligi uni asos shakliga moslashishiga yordam beradi. Bu vaqtda faol markazni geometriyasiga yaxshi mos kelishi uchun asos shakli o‘zgarishi mumkin. Yangi kiritilgan modelda “ferment va substrat” birga ishlab, faollanish energiyasini kamaytiradi.

Disaxardlardan biri saxarozaning saxaraza fermenti ta`siridagi gidrolizida saxaroza molekulalari fermentning faol markaziga bog`lanadi. Bunda saxarozani ferment bilan hosil qilgan glikozid kompleksi (ES) shunday holatda bo`ladiki, bunda gidroliz uchun yaxshi sharoitli imkoniyat yaratiladi va suvli sharoitda saxarozani katta molekulalari kichik qismlarga bo`linadi. Faol markazda aminokislotalarning R radikallari saxarozani gidrolizlaydi va undan monosaxaridlar – glukoza va fruktoza hosil bo`ladi.ahsulotlar o‘z tuzilishi bilan faol markazga bog‘lana olmaydi va ular markazdan chiqarib yuboriladi, bu esa saxarazani boshqa saxaroza molekulalari bilan ta`sirlashishiga imkon beradi.

ES kompleks

Saxaraza + Glukoza + Fruktoza

Saxaraza – saxaroza - kompleksi

Saxaraza + Saxaroza



Saxaraza fermentining yordamida boradigan saxaroza gidrolizida saxarazaning faol markaziga saxaroza molekulasi birikadi. Bunda saxaroza E va S glikozid bog‘lari orqali bog‘lanib, kompleks hosil qiladi va u gidrolizga qulay holatda joylashadi. Aktiv markazdagi aminokislotalarning R radikali saxaroza gidrolizini katalizlaydi va u glyukoza va fruktoza monosaxaridlarini hosil qiladi. Mahsulotlar faol markaziga bog‘lanolmagani uchun markaz bo‘shab, yangi saxaroza molekulasi birikadi.

Saxaraza + Saxaroza

E + S ES kompleks E + P1 + P2

Saxaraza- Saxaroza ↔ kompleks → Saxaraza + Glyukoza + Fruktoza




Yüklə 163,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin