8- Lekciya. Mashina hám apparatlardı jemiriliwi. Mexanik jemiriliw. Joba: Jemiriliw haqqında túsinik.
Mexanik jemiriliw, korrozion jemiriliw. Tozıw.
Jemiriliwdi aldın alıw túrli usılları.
Texnologik jihoz ishlayotgan paytida uning detal-juftliklari bir-biriga nisbatan qo`zg`almas turadi yoki aylanma (yoki ilgarilanmag`qaytarma) harakatda bo`ladi. Harakatlanayotgan detallar yuzasi orasidagi ishqalanish natijasida vaqt o`tishi bilan detallar yuzasidan metall zarrachalar tushib, yuzalar plastik deformatsiyaga uchraydi va detal o`lchami asta-sekin o`zgarib (kamayib) boradi. Bu jarayon natijasi detallarning yeyilishi deyiladi.
Yeyilishning asosiy xarakteristikalariga quyidagilar kiradi:
mutloq yeyilish - detal hajmining, o`lchamlarining va massasining o`zgarishi;
yeyilish tezligi - detal yeyilish hajmining u sodir bo`lgan vaqtga nisbati;
yeyilish jadalliligi - yeyilish hajmining yeyilish paydo bo`lgan vaqtda mashina bajargan ish hajmiga nisbati;
yeyilishga turg`unlik - detal materialining yeyilishga qarshilik ko`rsatish xususiyati.
Yeyilish asosan keltirib chiqaruvchi sabablarga ko`ra 4 turga bo`linadi: mexanik, termik, kimyoviy (chirish) va avariyali. Mexanik yeyilish - detal materiali "charchagani" tufayli qo`shma detallar yuzasining sirpanish va ishqalanishi natijasida kelib chiqadi.
Termik yeyilish detallarning katta tezlikda harakatlanayotganida va katta solishtirma bosim ostida ishlayotganida ishqalanish natijasida hosil bo`ladigan issiqlik ta`sirida kelib chiqadi.
Chirish (korroziya) - elektrokimyoviy va kimyoviy jarayon tufayli metallning emirilishi. Metallning havodagi kislorod bilan qo`shilishi chirishning keng tarqalgan turidir.
Detal tayyorlashning qoniqarsizligi, moylash rejimining buzilishi, o`rnatish va ta`mirning noto`g`ri bajarilishi, texnik ishlatish qoidalarining buzilishi va ishqalanish yuzasiga begona zarrachalarning o`tirib qolishi natijasida detallning avariyali yeyilishi yuzaga keladi.
Yeyilish tezligi va hajmiga quyidagi sabab va omillar ta`sir ko`rsatadi: