Kimyo sanoati og’ir sanoatning xalq xo’jaligidagi fan- texnika taraqqiyotini ta’minlovchi tarmoqlardan biridir.Hozirgi zamon ishlab chiqarishni pilastik massalar, sun’iy tola va sintetik kauchuk lak-bo’yoq , kislota va ishqorlar shuningdek ko’plab boshqa kimyoviy mahsulotlarsiz tasavvur qilish qiyin.Shuning uchun ham keyingi vaqtda kimyosanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan ancha yuqori sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda.Bu sanoatni arzon tabiiy gaz, neft bilan birga uchraydigan yo‘ldosh gaz, gazkondensatlari, elektr quvvati, turli mineral xomashyolar hamda mehnat resurslariga boy jarayonlarda ayniqsa tez rivojlantirish mumkin.
O‘zbekiston, shunday jarayonlar qatoriga kiradi. Respublikamizda tabiigaz va neftdan tashqari, oshtuzi va kaliy tuzi, fosforit, gips, oltingugurtkonlari va boshqa konlar topilgan. Rangdormetallurgiya va paxta tozalash sanoati chiqindilari, g‘o‘zapoya kimyo sanoati uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Respublikada bu sanoat ko‘pchilik va boshqa tarmoqlarga nisbatan yuksak sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Bugungi O‘zbekiston kimyo sanoati ancha yaxshi taraqqiy etgan mamlakatlardan biridir. Respublikada hozirgi zamon kimyo sanoatining juda ko‘p mahsulotlari ishlab chiqariladi. Azotli, fosforli va murakkab o‘g‘itlar (ammofos), sulfatkislotalar, spirt va furfurol, lak-buyoq hamda rezina buyumlar, dori-darmonlar, qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari, kimyoviy tolalar, plastmassalar va ko‘plab boshqa mahsulotlar jumlasidandir.
O‘zbekiston kimyo sanoatining dastlab vujudga kelgan hamda hozirgi paytda yuqori darajada rivojlangan tarmog‘I paxtachilik majmuiga xizmat qiluvchi va uning tarkibiy qismi hisoblangan mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishdir. Bu sohada dastlabki korxonalar birinchi beshyilliklar davridayoq qurilgan bo‘lib, ular o‘sha davrda sobiqittifoq boshqa jarayonlaridan keltirilgan o‘g‘itlarni aralashtirish bilan shug‘ullanuvchi Quqon va Kogon zavodlari edi.
Keyinchalik tez rivojlanib bo rayotgan paxtachilikni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash uchun Respublikada yirik mineral o‘g‘it korxonalari qurila boshladi. 1940 yildayoq Chirchiqda azotli mineral o‘g‘itlari ishlab chiqaradigan elektro-ximiya kombinatiishgatushirildi. 1946 yilda Quqonva 1957 yilda Samarqand sufir fosfad zavodlari qurildi. Bu korxonala rasosiy ishlab chiqarish kompanenti bo‘lgan fosforidni ilgari Kola yarim orolida nolardi. Endilikda Qoratov (Qozog‘iston) konidan olmoqda. Respublikada mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish keng ko‘lamda rivojlanishga Buxoro-Xiva geologik provisiyasizdan topilgan yirik tabiiy gazkonlarini ishga tushirilishi yordam berdi. Bu konlar ishga tushirilishi bilan Chirchiq elektro-ximiya kombinati gaz asosida ishlashga o‘tdi. 60-yillar davomida tabiiy gaz asosida ishlaydigan Farg‘ona azot o‘g‘itlari zavodi va Navoiy kimyo kombinati qurildi, 1969 yilda ishga tushirildi. Olmaliq kimyo zavodi murakkab o‘g‘itlar (ammofos) ishlab chiqarmoqda. 70 yillar o‘rtalarida Samarqand super fosfotzavodi qayta qurilib, buyerda ham ammofos ishlab chiqarilmoqda. Endilikda Respublika boshqa jarayonlaridan azot va superfosfat o‘g‘itlar keltirish o‘rniga o‘zi boshqa Respublikalarga o‘g‘itlar chiqarmoqda.
Respublika kimyosanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln.t azotli, 1,25mln t fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvatiga ega. Xar yili ustga 26mln AQSH dollari miqdorida o‘g‘it eksport qilinmoqda.
Kimyosanoati ishlab chiqaradigan va paxtachilik majmui bilan bog‘liq maxsulotlar ichida g‘o‘za zarar kunandalarga va begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy vositalar, g‘o‘za bargini to‘kadigan defoliantlar kabi moddalar ham bor. Bunday moddalar Navoiy elektro-ximiya kombinatida, Farg‘ona azot o‘g‘itlari zavodida va boshqa tayyorlanmoqda.
Kimyoning turli maqsadlarida foydalaniladigan yana bir maxsuloti sulfat kislotadir. Yaqin yillargacha bu maxsulot Quqon va Samarqand superfosfat zavodlarida tayyorlanib, mineral o‘g‘itlar, organik sintez kimyosi, neftni qayta ishlash, rangdor metallurgiya, yengil va boshqa tarmoqlar extiyojini qondira olmas, shutufayli u ko‘plab boshqa jarayonlardan (asosan Uraldan) keltirilar edi. Endilikda Olmaliq konmetallurgiya kombinati tarkibidagi mis va rux zavodlari yonida sulfat kislota ishlab chiqaradigan ikkita she ishga tushirildi va bu qimmatli maxsulot bilan ta’minlash ancha yaxshilandi.
Respublika kimyo sanoatining kenja tarmoqlaridan biri bo‘lgan-organik sintez kimyosi tez rivojlanmoqda. Uning taraqqiyoti ham gaz sanoati bilan bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda busohaning eng yirik korxonasi Navoiy kimyo kombinati hisoblanadi. Uning tarkibidan asetilen, sirka kislotasi, asetil-sellyuloza, neytron tola ishlab chiqaradigan maxsus quvvatlar yaratilgan. Farg‘ona asetat ipak ishlab chiqaruvchi zavod ishlabturibdi. Namangan kimyo zavodida viskos ipak ishlab chiqarilmoqda. Bu sun’iy tolalar turli xil gazlamalar, gilam, trikotaj ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish O‘zbekiston kimyosanoatining kelajakda ham yuksak rivojlantiriladigan yo‘nalishidir. Navoiy va Farg‘ona bu sohaning bundan buyon ham asosiy markazlari bo‘lib qolaveradi. Xozir ishlab chiqarilayotgan asetat nitron tolalar bilan vinol tola ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanilmoqda. Vinor tolasidan tayyorlangan shtapil materiallari jahon bozorida ingichka tolali paxtadan tayyorlangan materiallar bilan bir xil baholanmoqda. O‘zbekistonda plastik massalar va ulardan turli maxsulotlar ishlab chiqarish yildan-yilga ko‘paymoqda. Toshkent plastmassa zavodi qayta qurilib maxsulot ishlabchiqarish ko‘paytirildi. Jizzaxda plastmassa quvurlar, Ohangaronda plastmassa asosida linoleum, polietilen quvurlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishga tushirildi. Plastmassa asosida iste’mol maxsulotlari ishlab chiqarish istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylanib bormoqda. Bunda Toshkentda Italiya firmalari hamkorligida ishga tushirilgan “Sovplastital” qo‘shma korxonasining yutuqlar misol bo‘la oladi.
Olmaliq maishiy kimyo zavodida kundalik xarid maxsulotlari bilan birga polimer tolalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.Respublika kimyo sanoatining yana bir yo‘nalishi turli xil rezina texnika tarmog‘idir. Xalq xo‘jaligida foydalaniladigan texnik rezina buyumlar Toshkent, Yangiyo‘l, Angrenda ishlab chiqarilmoqda. Angren rezina kombinati ancha keng xillarda maxsulot ishlab chiqaradi. Kelajakda bu yerda avtomabil shinalari ham yasaladi. Bu esa O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi boshqa Respublikalarning bu muhim maxsulotga bo‘lgan extiyojini qondirishda katta ahamiyat kasbetadi.Toshkent va Popda shina ta’mirlash zavodlari ishlabturibdi Pop(Namangan viloyati) rezina sanoatining yirik markaziga aylanmoqda. Buyerda rezinadan poyabzal tayyorlovchi zavod qurilgan.
Kimyo sanoatining paxta sheluxasi (kavachok) dan turli maxsulotlar (etilspirti, furfurol, ksilit, sorbit, furan, furilspirti, oqsil achitkisi) ishlab chiqaradigan gidroliz tarmog‘I ham muhim ahamiyatga ega. Uning ayrim maxsulotlari masalan furfurol MDX davlatlarning ko‘pchilik rayonlariga jo‘natildi.Furfurol juda ko‘pmaxsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Binobarin uning negizida tayyorlanadigan sintetik smolalar ijobiy sifatlarga ega bo‘ladi. Xozir Farg‘ona gidroliz zavodi furan brikmalari (asosan furfurol) ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Andijon gidroliz zavodida homashyo sifatida sheluxa o‘rniga g‘o‘zapoya ishlatish tajribalari o‘tkazildi. Bu chorvachilikda sifatli ozuqa bo‘lgan sheluxani tejab qolish, uning o‘rniga g‘o‘zapoyani keng ishlatish imkonini beradi. Yangiyo‘ldagi gidrolizzavodi mikrobiologik maxsulotlar ishlab chiqaradigan bioximiyaviy zavodga aylantirildi. O‘zbekiston kimyo sanoatining mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlariga lak buyoq va maishiy kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni kiritish mumkin. Toshkent lak-buyoq zavodi xilma-xil mahsulotlar tayyorlamoqda. Olmaliq zavodida kir vositalari ishlab chiqarilmoqda.O‘zbekistonda kimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Uning bundan keyingi istiqbollari suvni kam iste’mol qiladigan va ekologik sharoitga ziyon keltirmaydigan tarmoqlarni ustunroq rivojlantirish bilan bog‘liqdir.
I.1 Pigmentlarning asosiy birikmalari__________________________________________________________________.
Pigmentlar(lot. pigmentum— boʻyoq) — 1) (biologiyada) orga-nizmlar toʻqimalari tarkibiga kiradigan boʻyoq birikmalar. P. rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spekt-rining koʻzga koʻrinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi bilan bogʻliq. P. sitoxromlar, katalaza va boshqa fermentlar, membrana strukturam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar bilan birga kompleks hosil qiladi. Hujayrada P. max-sus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va boshqalar) ichida, baʼzan hujayra shirasida boʻladi. Koʻpchilik hayvonlarda maxsus P. hujayralari mavjud. P. fotobiol ochiq jarayonlarida (fotosintez, koʻrish, fotoregulyasiya) katta ahamiyatga ega; nafas olishda ishtirok etadi (gemoglobin, sitoxromlar, xromogenlar), organizmni ultrabi-nafsha nurlar taʼsiridan saqlaydi (oʻsimliklarda — karotinoidlar va flavonoidlar, hayvonlarda — mela-ninlar), hayvon va oʻsimliklar rangini belgilaydi. P.dan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. 2) (kimyoda) — suvda, organik eri-tuvchilarda, parda hosil qiluvchi mod-dalarda va boshqa boʻyaladigan muhitlarda erimaydigan (boʻyagichlardan farqli oʻlaroq) yuqori dispers kukunsimon boʻyovchi moddalar. P. materiallarni korroziyadan saklaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik P. — kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalo-sianin P.ning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa P. dan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik P.ning ham ahamiyati katta. Anorganik P. — tarkibida koʻp miqdorda te-mir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar boʻlgan tabiiy minerallar. Anorganik P. ning rangi boʻgʻiq, organik P.ga qaraganda kam tatimli, zichligi katta, yorugʻlik-ka chidamli. P., asosan, lok-boʻyoq ma-teriallar (mas, emallar, boʻyoqlar, jumladan, bosmaxona boʻyoqlari va badiiy boʻyoklar), shuningdek, plastmassalar, rezinalar, qurilish materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik P.), kosmetik preparatlar va boshqa tayyorlashda, sunʼiy va sintetik tolalarni boʻyashda, sunʼiy charm va gazlamalarga bosma rang berishda koʻplab ishlatiladi. Rangli pigmentlarni tahlil qilish pigmentlar va bo'yoqlar odatda rang beruvchilar deb ataladi. Rang beruvchi moddalarni ishlatish usuli ularning pigment yoki bo'yoq ekanligini aniqlaydi. Pigmentlar qog'oz va plastmassa kabi materiallarga rang beradigan, suvda va yog'da erimaydigan tabiiy va sintetik mahsulotlardir.Bo'yoqlar, aksincha, suvda eriydigan bo'yoqlardir, lekin ba'zilari noorganik asosda birgalikda cho'kish orqali erimaydigan bo'yoq pigmentlariga aylanadi. Rassomlarning ranglari moy kabi mos muhitda to'xtatilgan yuzaga tarqalgan pigmentlardir. To'qimachilik tolalari, polimerlar, plastmassalar va kauchuklarning ommaviy ranglanishi pigmentlar dispers shaklda mavjud bo'lganda sodir bo'ladi. Pigmentlarni tasniflashning qulay usuli bu organik va noorganik pigmentlardir.Tabiiy organik pigmentlar qadim zamonlardan beri g'or rasmlari va bezaklarida ishlatilgan. Qadimgi odamlar olgan Ular tanalarini rang berish uchun indigo ekstraktidan foydalanganlar. Bu erda bo'yoq o'rniga pigment sifatida erimaydigan ko'k ishlatiladi. Tabiatda topilgan boshqa organik pigmentlarga barglarning yashil rang beruvchi moddasi xlorofil kiradi.Pigmentlar eritma sifatida emas, balki suyuqlik bilan aralashtirilgan mayda maydalangan qattiq zarralar sifatida qo'llaniladi. Umuman olganda, xuddi shu pigmentlar yog 'va suv bazlı bo'yoqlarda, bosma siyohlarda va plastmassalarda qo'llaniladi. Pigmentlar organik (ya'ni, tarkibida uglerod mavjud) yoki noorganik bo'lishi mumkin. Aksariyat noorganik pigmentlar organiklarga qaraganda yorqinroq va uzoq davom etadi.Tabiiy manbalardan olingan organik pigmentlar asrlar davomida ishlatilgan, ammo bugungi kunda ishlatiladigan pigmentlarning aksariyati noorganik yoki sintetik organikdir. Sintetik organik pigmentlar ko'mir smolalari va boshqa neft-kimyo mahsulotlaridan olinadi. Noorganik pigmentlar nisbatan oddiy kimyoviy reaktsiyalar, xususan oksidlanish natijasida hosil bo'ladi.Noorganik pigmentlarga shaffoflikni ta'minlash va boshqa ranglarni ochish uchun ishlatiladigan oq rangsiz pigmentlar kiradi. Sinfning eng muhim a'zosi titanium dioksididir. Oq pigmentlar bo'yoqlarga ularning narxini pasaytirish yoki xususiyatlarini yaxshilash uchun qo'shiladi. Bu sinfga kaltsiy karbonat va kaltsiy sulfat kiradi. Qora pigmentlar asosan uglerod zarralaridan hosil bo'ladi. Masalan, uglerod qorasi bosma siyohlarga qora rang berish uchun ishlatiladi.Ko'pincha organik pigmentlar aromatik uglevodorodlardan sintezlanadi. Organik pigmentlar tarkibida azot guruhi boʻlgan azo pigmentlar, koʻpchilik organik qizil, toʻq sariq va sariq pigmentlar hosil boʻladi.
I.2 Pigmentlar va bo'yoqlar o'rtasidagi asosiy farq.________________________________________________________________________