Mundarija betlar kirish kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirishning


II BOB. KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI



Yüklə 358,04 Kb.
səhifə7/10
tarix16.12.2023
ölçüsü358,04 Kb.
#183567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Iqtisodiyotni moderniza

II BOB. KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI

2.2. Tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash amaliy holati


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining bugungi kunda iqtisodiyotimizda naqadar ahamiyatli soha ekanini yuqorida e’tirof etdik. Bu sohani rivojlantirish maqsadida albatta moliyaviy ko’mak, ya’ni faoliyatni moliayalashtirish asosiy masala hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalariga nazar solar ekanmiz ular asosan:
-bank kreditlari hisobidan;
-budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobidan
-Xorijiy kredit liniyalari hisobidan;
-boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Bu manbalar tarkibida bank kreditlari bugungi kunda yuqori ulushga ega. Chunki kichik biznes faoliyatini yo’lga qo’yishda mablag’ bilan ishonchli va samarali ta’minlaydigan soha bu tijorat banklarining kreditlash amaliyotidir. Shuning uchun moliyalashtirish manbalariga tavsifni aynan tijorat banklari kreditlaridan boshlashni o’rinli deb topdik.
Kreditlash jarayoni haqida so’z yuritishdan avval kreditlash jarayonining nazariy asoslari haqida qisqacha to’xtalib o’tishni lozim deb topdik. Kredit buiqtisodiy kategoriya bo’lib, u vaqtincha o’z egalari qo’lida bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalaydi. Kredit ajratilishida:
-qaytarishlilik;
-to’lovlilik;
-ta’minlanganlik;
-muddatlilik;
-maqsadlilik; tamoyillari asos qilib olinadi.
Kreditni rasmiylashtirish jarayoni o’z ichiga:

  • kredit olishga oid buyurtmanomaning ko’rib chiqilishi va bo’lg’usi qarz oluvchining huquqiy maqomini aniqlash maqsadida uning o’rganilishini; - qarz oluvchining moliyaviy holati tahlilini va kreditga qobilligini baholashni; - kreditlanayotgan loyihaning kompleks ekspertizasining o’tkazilishini hamda kredit shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishni oladi.

Hozirda banklar tomonidan berilayotgan kreditlar qisqa 1 yilgacha va uzoq muddatda berilmoqda.
Kredit olish uchun kredit yig’ma jildida taqdim qiladigan umumiy hujjatlar16:

  • qarzdor tomonidan imzolangan va kredit berilishidan oldingi sana qo’yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan holda garov mavzui ko’rsatilgan ariza; - qarz oluvchining ta’sis hujjatlari

  • biznes reja

  • hisobot sanasiga qarzdor tomonidan imzolangan moliyaviy hisobotlar

  • garov ob’ekti qiymatining kelishuv dalolatnomasi; - boshqa qo’shimcha hujjatlar.

Tijorat banklarining kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  • kredit olish uchun ariza va bo’lajak qarz oluvchi bilan suhbat;

  • qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va kreditning samaradorligini baholash;

  • kredit shartnomasini tayyorlash (garov, kafolat, sug’urtalash) va tuzish;

  • kredit berish;

  • kreditdan foydalanishni monitoring qilib borish.

“Tijorat banklari tomonidan Fermer xo’jaliklari va kichik biznesni milliy valutada kreditlash tartibi”ga asosan kreditlar tavsifi:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga obobrot mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar 1 yilgacha muddat bilan beriladi;

  • fermer xo’jaliklariga yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xo’jaliklariga qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil etishga oborot mablag’larini to’ldirish uchun kreditlar kamida 2 yil muddatga beriladi;

  • kichik biznes barcha sub’ektlariga fermer xo’jaliklari va dehqon xo’jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar to’lsh muddatini uzaytirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishim mumkin;

  • Kichik biznes sub’ektlariga obobrot mablag’larini to’ldirishga beriladigan kreditlarni so’ndirishning eng ko’p muddati, uni uzaytirish hisobga olingan holda, 12 oydan oshishi mumkin emas.

Kredit ta’minoti sifatida:

  • mol-mulk, qimmatli qog’oz;

  • bank yoki sug’urta tashkiloti kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchining kreditni so’ndirmaslik xatarini sug’urtalashi to’g’risida sug’urta kompaniya sug’urta polisi taqdim etilishi mumkin.

Ushbu rasmiylashtirish jarayonlari orqali bugun tijorat banklari kredit berish va uni qaytarish amaliyotini olib bormoqdalar.
2011-yilning yurtimizda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan bank tizimida kichik biznes sub’ektlariga kreditlar va mikrokreditlar ajratish tizimi yanada takomillashtirildi. Oilaviy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirish, boshlang’ich kapital va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida kreditlar ajratish mexanizmlari qayta ko’rib chiqilib, bugungi kun talablariga moslashtirildi. Tijorat banklari va bankdan tashqari kredit tashkilotlari tomonidan ajratiladigan mikrokreditlar ta’minoti sifatida kredit qaytarilmasligi xatarini sug’urtalash, sug’urta polisini qo’llash amaliyotini kengaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlarga jumladan kasb-hunar bilim yurtlari bitiruvchilariga berilgan tijorat banklari kreditlari bo’yicha ta’minot sifatida jismoniy shaxslarning mol-mulkini garovga olish amaliyoti keng joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvarda qabul qilingan “2011-2015-yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirish, ishchanlik mamlakatd ishchanlik muhitini shakllantirishning mezonlari va baholash tizimini aniqlash va amalga oshirishga doir chora tadbirlar Dasturi to’g’risidagi” PQ-1464-sonli Qaroriga asosan tijorat banklarida kichik biznes sub’ektlarida kreditlarni ajratishda garovga qo’yilgan mulkni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni kreditning umumiy summasida aks ettirish amaliyoti joriy qilindi. Qolaversa, banklarning barcha filiallarida “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Filiallar va mini banklarda tashkil etilgan “Tadbirkorlik burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususisy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to’grisida doimiy ravishda axborot berib borilishi yo’lga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishni ko’paytirishga oid qo’shimcha choratadbirlar to’grisida” 2011-yil 11-martda imzolangan PQ-1501-sonli qarori “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2011-yil 24-avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni va boshqa bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun turli imtiyoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko’rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat qilib belgilandi;
Tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarini hisobga olish huquqi berildi;
Kichik biznes sub’ektlaridan tijorat banklarida milliy valutada hisobvaraq ochgani uchun to’lov undirish bekor qilindi;
Imtiyozli kreditlash hajmini kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar ajratishdan oladigan daromadlari 2016-yilning 1-yanvariga qadar foyda solig’idan ozod qilindi;
Bunga asosan, joriy yilda Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan kreditlar 1,3 barobarga ko’paytirilib, ularning hajmini 24 milliard so’mdan oshirish choralari ko’rildi.Ushbu kreditlar asosan uzoq va chekka, ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi. Olib borilgan salmoqli ishlar natijasida 2011yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2010-yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshib, 4,0 trillion so’mni tashkil etdi va mazkur mablag’lar hisobiga hududlarda 291 mingtadan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” gi Qarori asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha bank tizimi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilab berilgan:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmini
2011-2015 yillarda 2,7 baravarga oshirish;
Xalqaro moliya muassasalari va xorijiy mamlakatlar hukumatlari
tomonidan ajratiladigan grantlar va kredit liniyalari miqdorini oshirish;
Tijorat banklarida imtiyozli kreditlash jamg’armalarini tashkil etish, jamg’arma mablag’larini uzoq hamda borish qiyin bo’lgan, aholi zich yashovchi joylarda, faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash uchun safarbar etish;
Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni kreditlash hajmini oshirib borish;
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aholiga iste’mol kreditlari berishni yanada oshirish;
Mamlakatimizda ish bilan band aholining 74 %idan ortig’i aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida bandligi bu sohaga e’tiborni yanada kuchaytirishni, jumladan, tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratishni ko’paytirishni va shu asosida yangi ish o’rinlarini tashkil etish, barqaror daromad manbalarini shakllantirishga zamin yaratish zarurligini taqozo etadi. Bu borada 2011-yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga jami 4 trln 41 mlrd so’m (o’tgan yilga niabatan 150,2 %ga ko’p) miqdorda kredit shu jumladan 752 mlrd so’m(o’tgan yilga nisbatan 155 %ga ko’p) mikrokreditlar ajratilib ushbu mablag’lar hisobiga hududlarda 291126 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Shu bilan birga “Mikrokreditbank” tomonidan kichik biznes kichik biznes va xususiy tadbirkorlik va yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo’li bilan yangi ish o’rinlarini yaratish hamda respublika qishloqlarida mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish maqsadlari uchun 159,7 mlrd so’m miqdoridagi mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatilib104500ta yangi ish o’rni yaratildi.
Albatta mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash, yangi ish o’rinlarini yaratish maqasadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yanada yangi zamonaviy bank xizmatlari ko’rsatish takomillashtirilib borilishi talab etiladi.
2012-yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi bandligini ta’minlash va yangi ish joylarini yaratish maqsadida bank tizimida quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar ajratish mexanizmlari takomillashtiriladi va soddalashtiriladi. Bunda oilaviy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida uzoq muddatli kreditlarni ajratish mexanizmlarini qayta ko’rib chiqilib, hozirgi davr talablariga moslashtirildi.

  • tijorat banklari tomonidan 2012-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan jami 4 trln 377 mlrd so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratiladi, shundan mikrokreditlar hajmi 843 mlrd so’mni tashkil etadi. Ushbu kreditlar birinchi navbatda boshlang’ich kapitalni to’ldirish uchun hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash maqsadida ajatiladi.

  • 2012-yilda tijorat banklari tomonidan oilaviy biznes va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun kredit mablag’lariajratilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu maqsadlar uchun banklar tomonidan o’tgan yilda 60 milliard so’m miqdorida kredit mablag’lariyo’naltiriladi;

  • tijorat banklari tomonidan 2012-yil yosh oilalarga tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida ularga mikrokreditlar ajratish uchun jami 243 mlrd. so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratiladi;

  • tijorat banklari tomonidan 2012-yilda ajratiladigan kredit mablag’larining 28,3 mlrd. so’mi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining, tadbirkorlik faoliyati bilanbog’liq loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltirildi;

  • tijorat banklarida tashkil etilgan Imtiyozli kreditlash maxsus jamg’armasi mablag’lari hisobidan 2012-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorliksub’ektlariga 30,0 mlrd. so’mdan ortiq imtiyozli kreditlar ajratiladi; Bunda asosiy e’tibor ustuvor ravishda uzoq va boorish qiyin, shuningdek ortiqcha mehnat resurslariga ega bo’lgan, tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes sub’ektlariga qaratiladi;

  • tijorat banklari tomonidan 2012-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun jami 336 mlrd. so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratiladi.

Muxtasar qilib aytganda, tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, xususan, ularning modernizatsiyalash va texnologik yangilanishiga moliyaviy ko’mak berish, zamonaviy bank xizmatlar ko’rsatish ko’lamini yanada kengaytirish, yangi ish o’rinlari yaratilishi va aholining bandligi ta’minlanishida, ichki iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarining ko’payishiga va minglab oilalar daromadlari ortishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kichik biznesni moliyalashtirish manbalaridan yana biri bu xorijiy kredit liniyalari hisobidan amlga oshirilmoqda. Xususan, Osiyo tarqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki va boshqa xorijiy investorlar tomonidan katta miqdorda kreditlar ajratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26 noyabrdagi PQ-1438 sonli “2011-2015 yillardaRespublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra, xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kredit liniyalari miqdori 2011-yilda 75 million AQSh dollarini, 2015-yilga borib esa 155 million AQSh tashkil etishi mo’ljallangan.
Quyidagi diagramma ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, 2013-yil 1yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlar 5346 mlrd.so’m ni tashkil etib, 2012-yil 1-yanvar holatiga solishtirganimizda 1,3 baravarga ortgan, 2011-yil 1-yanvar holatiga esa 2690 mlrd.so’m ni tashkil etib, shundan mikrokreditlar 485 mlrd so’m miqdorida berilgan. Yildan yilga yurtimizdagi tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka berilayotgan kredit hajmi ortib bormoqda, bu esa o’z navbatida bu sohaga berilayotgan imkoniyatlar ko’lamini kengaytiradi. 5-diagramma
2011-2015-yillarda xalqaro moliya institutlari va xorijiy mamlakatlar hukumatlari tomonidan ajratiladigan grantlar va kreditlar miqdori 17

Ajratilgan mikrokreditlar hajmi 752,3 milliard so’mni tashkil etib, mazkur ko’rsatkich 1,5 barobar o’sdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-martdagi PQ-1501 sonli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining kreditlash hajmlarini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga binoan tadbirkorlarga quyidagi imkoniyatlar yaratildi:

  • tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi resurslari hisobidan kredit berishdan oladigan daromadlari bo’shaydigan mablag’larni maxsus jamg’armaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yo’naltirish sharti bilan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’idan 2016-yilning 1yanvarigacha ozod qilinadi;

  • ustuvor ravishda olis va boorish qiyin bo’lgan tumanlarda shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo’lgan tuman va shaharlarda joylashgan kichik biznes sub’ektlari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish loyihalariga ajratiladi; 6-diagramma

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan kreditlar
dinamikasi18 (mlrd.so’m)


  • tijorat banklariga kichik tadbirkorlik subektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olish huquqi berildi;

  • jamg’arma hisobidan kreditlar eng kam oylik ishhaqining ikki ming baravaridan ortiq bo’lmagan summada ajratilishi belgilandi;

  • jamg’arma mablag’lari hisobidan kreditlar mahsulot yetishtirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan loyihalarga ajratiladi. Ushbu imkoniyatlar doirasida tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratilmoqda.

Davlat dasturiga muvofiq, turli soha va yo’nalishlaruchun kreditlar ajratish istiqbolli ko’rsatkichlarining bajarilishi ta’minlandi. Jumladan:

  • oziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga 712,4 milliard so’m;

  • nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadlariga

724,0 milliard so’m;

  • xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 351,1 milliard so’m;

  • kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga o’z biznesini tashkil etish uchun imtiyozli shartlar asosida 25,6 milliard so’mlik mikrokreditlar;

  • shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olish uchun 59,7 milliard so’m;

  • tijorat banklarida tashkil etilgan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armalari mablag’lari hisobidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari loyihalariga 31,2 milliard so’m;

  • oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 54,1 milliard so’m miqdoridagi kreditlar ajratildi.

Shuningdek, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 159,7 milliard so’mlik mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatildi.
Bundan tashqari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlar hukumatlarining 143,4 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit liniyalari va grantlari o’zlashtirildi.
Keyingi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab quvvatlash borasida bank tizimida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 2012 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar miqdori 2011 yilga nisbatan 1,3 baravar oshib, 5 trln.346 mlr.so’mni tashkil etdi. Ushbu ajratilgan kreditlarning 1 trln. 172 mlrd. so’mi mikrokreditlar bo’lib, ularning hajmi 2011 yildagiga nisbatan 1,5 barobarga o’sdi.
Shuningdek:

  • Mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jami 978,2 mlrd.so’m;

  • Nooziq-ovqat iste’mol tovarlar ishlab chiqarish kengaytirishga 1 trln 41,3 mlrd. so’m ;

  • Imtiyozli kredit berish maxsus jamg’armasi hisobidan 42,3 mlrd. so’m;

  • Xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining kredit liniyalari va grantlari hisobidan 181,7 mln. AQSh dollari miqdorida kredit mablag’lari ajratildi.

  • “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida bank tizimiga yuklatilgan vazifalar to’liq ijro etildi.

  • Jumladan, 2012-yil mobaynida:

  • Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 97,8 mlrd.so’m;  Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadlariga 491,7 mlrd.so’m;

  • Shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olishga jami 77,6 mlr.so’m;

  • Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirishga 339,8 mlrd.so’m miqdorida kredit mablag’lari ajratildi. Shu bilan birga, Xalq banki hamda “Mikrokreditbank” tomonidan 2012 yilda Xalqaro hamkorlik bo’yicha omonat kassalari jamg’armasining (Germaniya) “Xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlash bo’yicha qayta tiklanuvchi kredit jamg’armasi” mablag’lari hisobidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi tadbirkor tadbirkor ayollarga boshlang’ich kapitalni shakllantirish uchun 267,8 ming yevro miqdorida mikrokreditlar ajratildi.

2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.
4-jadval Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga
2012-yil davomida barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlarning 2011-yilga nisbatan o’sish sur’atlari (mln.so’m) 19

T/r

Asosiy yo’nalishlar

2011-yil davomida ajratilgan kreditlar

2012-yil davomida ajratilgan kreditlar

2011-yilga nisbatan
o’zgarishi
(% da)

1.

Tijorat banklari tomonidan barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar

4041130

5345827

132,3


Shundan:




1.1

Ajratilgan mikrokreditlar

752287

1171607

155,7

1.2

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga

25649

48460

188,9

1.3

“Mikrokreditbank” tomonidan ko’rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar

159683

204742

128,2

1.4

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olishga

59734

77583

129,9

1.5

Oziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab

712443

978181

137,3




chiqaruvchi korxonalarga










1.6

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga

724011

1041262

143,8

1.7

Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga

54140

97780

180,6

1.8

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun

351085

618120

176,1

1.9

Tadbirkor ayollarni qo’llab quvvatlashga

335584

491735

146,5

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan kreditlarning umumiy salmog’i ortib bormoqda. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilar ekanmiz, 2012 yil ajratilgan mikrokreditlar salmog’i 1171607 mln.so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 32,3 %ga ortgan, jami berilgan kreditlar tarkibida 22 % ulushga ega. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida berilgan kreditlar 48460 mln.so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 88,9 %ga ortgan, jami kreditlar tarkibida 0,9 %li ulushga ega.
“Mikrokreditbank” tomonidan ko’rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar esa 2012 yil holatiga 204742 mln so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 28,2 %ga o’sgan. Jami kreditlar tarkibidagi salmog’ini e’tirof etsak, 3,8 %li ulushga ega. Shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olishga 77583 mln so’m kredit ajratilgan bo’lib, o’tgan yilga nisbatan kredit hajmi 29,9 %ga oshgan, jami kreditlar tarkibidagi ulushi esa 1,5 %ga teng. Oziq-ovqat iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilgan kreditlar 2012 yilda 978181 mln so’mni tashkil etib, jami berilgan kreditlar tarkibida 18 %li ulushga ega.
Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga 2012 yilda jami 1041262 mln so’m kredit ajratilib, o’tgan yilga nisbatan kredit hajmi 43 %ga ortgan, jami kredit tarkibida 20 %li ulushga ega. Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirishga 97780 mln so’m miqdorida kredit ajratilgan bo’lib, jami kredit tarkibidagi ulushi 1,9 %ni tashkil etgan.
Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan kredit miqdori 618120 mln so’m miqdorida bo’lib, o’tgan 2011 yilga nisbatan hajmi 76,1 %ga ortgan, jami berilgan kreditlat tarkibidagi ulushi esa 11,6 %ni tashkil etgan. Tadbirkor ayollarni qo’llab quvvatlashga ajratilgan kredit miqdori 491735 mln so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 46,5 %ga ortgan, jami berilgan kredit tarkibidagi ulushi esa 9,2 %ni tashkil etmoqda.
Umumiy jadval ma’lumotlari asosida xulosa qiladigan bo’lsak, tijorat banklari tomonidan barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar tarkibida eng salmoqli ulushga ega bu mikrokreditlar va Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishga berilgan kreditlardir.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab quvvatlashda bank kreditlari, xalqaro kredit liniyalari, budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari va boshqa manbalar asosiy o’rinni egallamoqda. Kichik biznes sub’ektlarini moliyalashtirishning manbalarini takomillashtirish va ularga yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish bugungi kunda dolzarb masalalardan birir bo’lib kelmoqda.

Yüklə 358,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin