Detektorlar. Gaz xromatografiyaasidagi kabi suyuqlik xromatografiyaasida ham kolonkada oqib chiquvchi suyuqlik oqimidagi aniq-lanuvchi modda konsentratsiyasini uzluksiz qayd etib turuvchi detektorlar ishlatiladi. Detektorlar namunadan ketma-ket olish va uzluksiz tahlil o'tkazishga imkon beradi. Konsentratsiya avtomatik yozib bori-ladigan uzluksiz tahlil qilish usulining afzalliklari ko'p. Suyuqlik xromatografiyaasida uch turdagi detektorlar ishlatiladi.
1.Eritmaning ma'lum xossasi o'zgarishidan ta'sirlanuvchi refraktometrik detektorlar va o'tkazuvchanlikning hamda dielektrik singdiruvchanlikning o'zgarishini sezuvchi detektorlar.
2.Erigan moddalar xossasining o'zgarishidan ta'sirlanuvchi detektorlar. Bunday detektorlar erigan moddaning erituvchida bo'lmaydigan xususiyatlar o'zgarishini sezadi. Ko'rinuvchi, ultra-binafsha yoki infraqizil nurlarni yutishga asoslangan spektrometrik detektorlar, shuningdek, polarografik, mikroadsorbsion, radioaktivlikni qayd qiluvchi detektorlar.
Erituvchi chiqarib yuborilgandan keyin ishlovchi detektorlar. Bunga alangali-ionlash harakat detektori misol bo'ladi. . Suyuqlik xromatografiyaasi uchun yagona, universal detektor bo'lmaydi. Har bir hoi uchun mos detektor tanlanadi.
Harakatlanuvchi turdagi detektorlarda xromatografik kolonkadan chiqqan eritma uzluksiz harakatlanuvchi transportyor lentasiga tushadi va pechga kiritiladi. Pechda eluent (erituvchi) bug'lanib ketadi, qoldiq lenta yordamida reaktorga kiritilib, uchuvchan birikmaga aylan-tiriladi va gaz, xromatografiyaasi usullari bilan tahlil qilinadi.
Suyuqlik-adsorbsion xromatografiyaaning kolonkali turida xromatografik jarayonni o'tkazishning frontal xromatografiyaa, ochiltirish -chiqarish xromatografiyaasi va siqib chiqarish xromatografiyaasi usul-laridan foydalaniladi.
Frontal usul.Bu xromatografiyaaning bajarilishi jihatidan eng sodda varianti bo'lib, bunda adsorbentli kolonkadan tekshiriluvchi aralashma (masalan, erituvchidagi A va B komponentlar) uzluksiz o'tkazib turiladi. Kolonkadan oqib chiquvchi eritmada har bir komj. )-nent konsentratsiyasi aniqlanadi va modda konsentratsiyasi - kolonkadan o'tgan eritma hajmi koordinatalar sistemasida grafik tuziladi. Bu bog'liqlik chiqish egri chizig'i (xromatogramma) tarzida tasvir-lanadi (43- rasm).