Mundarija I. Bob. Kirish I i. Bob. Asosiy qism



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/18
tarix15.06.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#130519
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqa




O`zbeksitonda uchraydigan sutemizuvchilar, ovlanadigan vakillari, kasallik tarqatuvchi va noyob turlari.

MUNDARIJA
I. BOB. KIRISH…………………………………………………………………………. 2
I I. BOB. ASOSIY QISM....................
I.1 Sutemizuvchilar haqida umumiy tushuncha………………………………… 5
I.2 Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va amaliy ahamiyati…………………… 11
I.3 Sutemizuvchilarning amaliy ahamiyati…………………………………….... 19
I.4 Sutemizuvchilarning tabiatda va inson hayotidagi ro’li…………………….. 22
XULOSA…………………………………………………………………….…. 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………… 32

KIRISH
O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida Oliy ta’lim o‘zi tanlagan faoliyat sohasida chuqur umumilmiy va maxsus bilimni zarur kasbkor ko‘nikmasi bilan uyg‘unlashtiradigan yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash umumiy o‘rta, o‘rta hunar texnika, o‘rta maxsus ta’lim asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun saralash va o‘qishga qabul qilish qonunlar bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim ikki bosqichli asosda, O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tasdiqlagan Nizomga muvofiq izchil tarzda bakalavr va magistr darajasi berish orqali amalga oshiriladi. Sirtqi yoki mustaqil ta’lim tarzida o‘rganishga yo‘l qo‘yilmaydigan kasb va ixtisoslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Fuqarolar shartnoma (pullik) asosida ikkinchi oliy ma’lumot olishga xaqlidirlar. Oliy o‘quv yurtlarining faoliyati o‘z ustavlari bilan tartibga solinadi. Oliy o‘quv yurtlari qonunlarda belgilangan tartibda vaqti-vaqti bilan attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazib turiladi. Prеzidеntimiz
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidеk: “Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat
poydеvorini, faravon hayot asosini qurish dеganidir” . Shu jihatdan olganda,
mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining kеng tus olgani, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim–tarbiya tizimining tubdan isloh
etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim
qadamdir.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyev shaxsning ma’naviy sifatlariga, ularni tarbiyalash ijtimoiy va insonparvarlik ahamiyatiga alohida e’tibor bеrib: “Biron–bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi” – dеb alohida ta’kidlaydi.
Hozirgi zamon fan yutuqlarini biologik bilimlarni bilgan holda
keng miqyosda amalga oshirish mumkin bo’ladi. Bugungi kunda ekologik holat jahon miqyosida global muammo bo’lib turgan bir holatda yangidan yangi tabiiy, biologik, hech qanaqangi chiqindilarsiz mahsulot ishlab chiqarish davr talabi bo’lib bormoqda. Hozirgi vaqtda genomik tahlillar olib borish keng miqyosda olib bormoqda. Shu munosabat bilan Prizidentimiz tomonidan biologiya va kimyo fanlarini rivojlantirishga kata e’tibor qaratilgan.
Sutemizuvchilar umurtqali hayvonlar orasida eng yuksak darajada rivojlangan bo`lib, xilma-xil sharoitlarda yashashga moslashgan. Sutemizuvchilarning boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan asosiy progressiv belgilari quyidagilardan iborat:
1. Markaziy nerv sistemasi, ayniqsa oldingi miya yarimsharlarining kulrang moddasi-oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Markaziy nerv sistemasining murakkab tuzilganligi bu hayvonlarga o`zgarib turadigan yashash muhiti ta`sirida yangi ko`nikmalarni oson va tez hosil qilish, ya`ni o`zgaruvchan sharoitga tez moslashish imkonini beradi.
2. Sutemizuvchilarning ko`pchiligi tirik tug’adi va bolalarini sut bilan boqadi.
3. Termoregulyatsiyaning juda takomillashganligi tana temperaturasining doimiyligini ta`minlaydi. Bu bir tomondan issiqlik hosil bo`lishini tartibga solish yo`li bilan (kimyoviy termoregulyatsiya deb ataluvchi yo`l bilan), ikkinchi tomondan fizikaviy termoregulyatsiya deb ataluvchi issiqlik chiqarilishini nafas olish va terlash jarayonida teri qon aylanishini idora qiladi. Issiqlik chiqarishni tartibga solishda jun qoplami, ayrimlarida esa teri osti yog’ qatlamining ahamiyati juda katta. Teri qon tomirlari kengaygan vaqtda issiqlik chiqarish kuchayib, toraygan vaqtda keskin kamayadi.
Sut emizuvchilar tanasining sovishida ter bezlari yordamida chiqarilgan suvning teri orqali bug’lanishining ahamiyati ham muhim. Yuqorida keltirilgan moslanishlar yordamida ko`pchilik sutemizuvchilar-ning tana harorati nisbatan doimiy hisoblanadi va uning tashqi muhitdan farqi 1000C ga teng bo`ladi. Masalan: qishda – 600C da yashovchi ko`k tulkining tana harorati +390C bo`ladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin