Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat – tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxda sotish va bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko’p foyda olishga qaratiladi.
Resurs egalari o’rtasidagi raqobat – ularining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali ko’proqn omilli daromad olishga qaratiladi.
Iste’molchilar o’rtasidagi raqobat – daromadlarning mavjud darajasida ko’proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga, ya’ni sarflangan pul evaziga ko’proq naflikka ega bo’lioshga qaratiladi.
Raqobatning iqtisodiy asosi – bu ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va iste’molchilarning tadbirkor, mulk va daromad egasi sifatida erkin holda mustaqil bo’lishdir.
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning bozordagi
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning bozordagi
mavqeini belgilab beruvchi omillar:
Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lar soni.
To’siqlarning mavjudlik darajasi (bozorga kirish
va undan chiqishdagi)
II bob. Raqobatning iqtisodiy asoslari, raqobat usullari, raqobat va reclama 2.1. Raqobat usullari va shakllari
Raqobatning tartibga solish vazifasi - bu ishlab chiqarishni talabga (iste‘mol) muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta‘sir o’tkazishdan iborat. Talab ko’p bo’lsa, taklif ko’payadi va narxga ham bog’liq bo’ladi, iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi – fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub‘ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli kurinishdagi yangiliklarning joriy etilishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi – ishlab chiqarilgan ne‘matlar yalpi hajmi (YaIM)ning iste‘molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta‘sir o’tkazadi.
Raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba‘zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.