Kurs ishining maqsad va vazifalari.“CHavgon” haqidagi ma’lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning “Shoxnomasi” da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi.M.Qashqariy o’yin nomini chavgon to’pini uradigan cho’p nomidan olinganligini ta’kidlaydi. Chavgon cho’pi shu nom bilan atalgan bo’lib fors-tojikcha so’zdir.Uning ma’nosi “uchi egri, uzun tayoq” degani.
Qashqariy lug’atidan o’rin olgan bolalarning sevimli o’yinlaridan biri “Ko’chirma o’yini” ya’ni o’n to’rt degan o’yindir.Erga qo’rg’onga o’xshatib to’rtta eshik qilinadi. Shu eshiklardan yumaloq tosh yoki yong’oq tashlab o’ynaladi. Bu o’yinning uynalishi tartibi hozirda bolalar o’ynaydigan mak-mak ko’chmak o’yinlariga o’xshab ketadi.