Kurs ishining ilmiyligi. O’tmishda kattalar va kichiklar sevib o’ynagan o’yinlardan biri koptok o’yini bo’lgan. Qashqariy lug’atida koptok nomi tabiq deb berilgan. Koptok o’yinini ko’proq turk qavliga mansub aholi o’ynagan. O’yin boshida kimki koptokni tayoq ayrisi bilan qattiq ursa o’yinni o’sha boshlagan. Qadimda rezina koptoklar bo’lmagan. Albatta ijodkor xalqimiz yung va ipak matodan chiroyli koptoklar (bo’lmagan, albatta ijodkor xalqimiz) o’ynashgan. Sigir, tuya, ot junidan koptok yasash uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblangan. Koptok bilan o’ynaladigan o’yinlarning turi ham ko’p bo’lgan.Mungiz-mungiz degan bolalar o’yini qo’yidagicha o’ynaladi. Bolalar birorta unga chuqur bo’lmagan chuqurga atrofida o’tirishadi. Sonlari orasida ho’l qum olib tuldiriladilar. So’ng qumni qo’llari bilan uradilar. Ulardan biri (ona boshi) munguz-mungiz) deydi.Qolganlar na mungiz deydilar. Ona boshi birin-ketin shoxli hayvonlar nomini aytadi, bolalar takrorlaydilar.Ona boshi shu nomlar orasiga tuya, ot va boshqa shoxi yo’q hayvonlar nomini aytib chalg’itadi. Bolalarning birortasi uning ketidan shoxsiz hayvon nomini aytib yuborsa, o’yin shartiga muvofiq uni chuqurga itarib yuborishadi. 1
Bobokalonlarimiz Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida ham bolalar ijodkorligi folklar o’yinlariga ta’luqli ma’lumotlar juda ko’p uchraydi.
2. Biz ko’p yllik tarixga egamiz. Bu tarix o’zzbek xalqining ilm-fandagi g’oyalarinin pishiqligi, yaratiuvchanligi, qahramonlikka to’la hayoti va faoliyati bilan ko’plab boshqa halqlarga o’rnak bo’lib hisoblangan. O’z zamonida endi esa o’tmishda bobolarimiz yaratib ketgan manbalardan xam begonalasha boshladek. Biz o’zga xalqlar tarixiy, madaniyatini va udumlarini o’rganib hurmatini joyiga qo’yib keldigu, o’zimizning tariximiz fani, madaniyati, urf-odatimizni o’rganmadek. Unga hurmatsizlik qildek.Natijada bugungi kunga kelib tarbiyaviy ishlarga ko’plab kamchiliklarimiz ko’rinib qoldi. Xalqimiz ko’psohalarda millatchilikda ayblanib urf-odati va an’analari ta’qiqlab kelindi. Masalan: o’zbek milliy o’yinlarining o’ynalishiga yo’l qo’yilmadi.
Ta’kidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy o’yinlari bo’lgani kabi, o’zbek xalqining ham o’yinlari bo’lgan. Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. O’zbek xalqi milliy o’yinlarining yaratilishi halqning yashashi, mehnati, o’z-o’zini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqadi.
Bu o’yinlar inson tarbiyasiga, sog’ligiga ijobiy ta’sir etib kelgan. O’z zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur “Tadbirkor, baquvvat, shijoatli bir kishi ming kishidan afzal”- deb aytgan edi.
Milliy o’yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni o’stiruvchanligi, chidamlilikka o’rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o’yinlaridan tubdan farq qiladi.
Halqimiz orasida har bir faslga mos o’yinlar mavjud bo’lib o’ynalib kelingan.
Dostları ilə paylaş: |