Mundarija I. Kirish II. Asosiy qism


  Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozuqaviy



Yüklə 51,35 Kb.
səhifə4/10
tarix20.09.2023
ölçüsü51,35 Kb.
#146231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozu-fayllar.org

2. 
Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi va ozuqaviy
qiymati

Yangi sog‗ilgan sutning taʼmi ozgina shirinroq bo‗lib, rangi oq sarg‗ishroq.


Sut o‗ziga xos suyuq, bir jinsli issiqlik ishlov berilgach yanada suyuq bo‗ladi,
sovutilganda esa jipslashadi. Sut 100, 2
0
S haroratda qaynaydi, 0,54-0,58
0
S
haroratda esa muzlaydi.
Sigir sutining kimyoviy tarkibi turli elementlardan tashkil topgan bo‗lib,
unda: suv -87,5 %; quruq moddalar-12,5 %; shu bilan birga sut yog‗i -3,8 %;
oqsil -3,3 % (bulardan: kazein -2,7 albumin-0,5 va globulin 0,1) , sut qandi -4,7%;
mineral moddalar -0,7%.
Sutni qabul qilish, qayta ishlash, sutni va sut mahsulotlarini saqlash juda
toza sharoitida olib borilishi kerak. Ventilyator nazoratidan har oylik
ma`lumotnomasi bo‗lmagan fermalardan zavod sutni qabul qilmasligi kerak.
Hamda unda pasterlangan degan belgi bo‗lishi kerak.



13
Bolalar uchun sut mahsulotlari ishlab chiqarishi faqat sog‗lom hayvonlari


bo‗lgan sutlari ishlatilishi kerak. Qabul qilingan sut darrov filtrlanib, 4±S gacha
sovitilib keyin pasterlanishi kerak. Buning uchun laboratoriya mudiri javobgar
hisoblanadi. Pasterlashning natijasida mikrobiologik metod bilan tekshirib boriladi.
Pasterlangan sut 4±2 S gacha sovitiladi va kerakli sexlarga yuboriladi. Agar
pasterlangan sut 6 soatdan ortiq sig‗imlarda turib qolsa, uni qayta pasterlash kerak.
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtida xonalarda remont yoki dezinfiksiya qilishi man
etiladi.
Texnologik jarayon tugagach mahsulotlarning sifati haqida guvohnoma
beriladi. Tayyor mahsulotni saqlash davomida laboratoriya tomonidan har smenada
2-3 marta tekshirib turilishi kerak. Tayyor mahsulot tadqiqotchi, omborchi yoki
masterga junatilishi mumkin. Ifloslangan, qadog`i zararlangan, markirovkasi aniq
bo‗lmagan, prombirovkasi buzilgan mahsulotlar tarqatilmaydi.
Korxonaning har bir ishchisi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ish
joyining holatiga, texnologik hamda sanitariya talablarga javob berishi kerak. Har
bir ishga kiruvchi tibbiy ko‗rikdan o‗tish kerak.
Har bir ishchi tibbiy shaxsiy kitobchasiga ega bo‗lishi kerak. Bu kitobcha
sex boshlig‗ida yaʼni masterda saqlanishi kerak. Har bir yangi ishga kiruvchi
gigiyenik tayyorlov bo‗yicha o‗qishi va imtixon topshirishi kerak.
2017 il 7 iyul kuni O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Sut va sut
mahsulotlarining xavfsizligi to‗g‗risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash
haqida‖gi 474-sonli qaroriga qabul qilindi. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi
to‗g‗risidagi umumiy texnik reglamenti rasmiy eʼlon qilingan kunidan boshlab o‗n
sakkiz oy o‗tgandan keyin amalga kiritilishi belgilangan.
Ushbu texnik reglament O‗zbekiston Respublikasi hududida muomalaga
chiqarilgan va oziqaviy maqsadlardan foydalaniladigan sut va sut mahsulotlariga,
jumladan xom sut, sut mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish,
saqlash, tashish va yo‗qotish jarayonlari, sutni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab
chiqarish uchun zarur bo‗lgan funksional kompanentlarga tegishlidir. Ayni payt



14
texnik reglament talablari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun


keyingi qayta sotish istagisiz ishlab chiqarilgan sut va sut mahsulotlaridan
foydalanilib yoki ular asosida tayyorlanadigan pazandalik va qandolat
mahsulotlariga, oziqaviy va biologik faol qo‗shimchalar, dori vositalari, hayvonlar
uchun ozuqalar va nooziqaviy tovarlarga taalluqli emas.

Yüklə 51,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin