Mundarija
I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1 Sanoat korxonalardagi xavfsizlikning texnik asoslari va ularni xavfsiz ishlashini ta’minlash
2.2 Korxonada Uskunalarni joylashtirish
2.3 Texnik va texnologik jarayonlarida axborot xavfsizligini ta’minlash
III.Metodik qism
3.1 Korxonalarda qõllaniladigan texnologiyalar xavfsizligining ahamiyati
3.2 Korxonalarda qõllaniladigan texnologik uskuna,moslama va vositalarning xavfsizligini ta'minlash choralari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar
Kirish
Sanoat texnologiyalaridagi xavfsizlik insonning ishlab chiqarishdagi faoliyatida sodir bo‘ladigan turli shakldagi xavflarni bartaraf etish va ulardan himoyalanish уo‘llarini o‘rganishda asosiy ro‘l o‘ynaydi. U keng qamrovli ilmiy-amaliy izlanishlar va tadqiqotlar asosida rivojlanib, takomillashib boradi.
Insonning mehnat xavfsizligini ta’minlashda ilmiy nazariy izlanishlar asosida vujudga kelgan qonunlar, nizomlar, standartlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va sanitartexnik me’yorlar hamda ularni o‘rganish bo‘yicha uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini vujudga keltirish, uni rivojlantirish muhim o‘rin tutadi.
– mehnat xavfsizligining nazariy asoslari. Ergonomika va mehnat xavfsizligi psixologiyasi haqida tushuncha;
– mehnat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy tamoyillar, uslublar va vositalar tizimi;
– mehnat xavfsizligini boshqarish asoslari;
– mehnat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari.
– ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitlarini yaratish bo‘yicha rejali tadbirlar mazmunini ishlab chiqish tartibi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil qilish, ularni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari;
Mehnat kodeksi — mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda boshqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shartnomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-yil 21 dekabrda qabul qilinib, 1996-yil 1-apreldan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subʼyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. MKning maxsus qismi ishga joylashtirish; mehnat shartnomasi (kontrakt); ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat institutizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi.
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri ishlovchilarning mehnat havfsizligini ta'minlashdir. Zamonaviy agrosanoat ishlab chiqarishi muntazam yangi texnikalar, mikrobiologik va kimyoviy moddalar yetkazib berishni, chorva mollarini katta komplekslarga va mayda fermerlik xo`jaliklariga birlashtirishni, ish jarayonlarining yiriklashuvini, dehqonchilikdagi ishlarni brigada va oilaviy pudrat asosida bajarishni, ayrim mehnat turlarini hamda vostialarini o`zgartirib borishni o`z ichiga oladi.
Mehnat havfsizligi – mehnat sharoitining shunday holatiki, unda ishlovchilarga xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan. Ishlab chiqarish sharoitida insonga jarohat yetkazilishi bu fizikaviy va kimyoviy xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi.
Fizikaviy xavfli ishlab chiqarish omillari – bu harakatdagi mashinalar,uskunalarning harakatdagi elementlarining to`silmaganligi, qo`zg`aluvchi buyum, materiallar, uskuna va materiallari ustki qismining qismining yuqori yoki past haroratda bo`lishi, elektr tarmoqlarining xavfli kuchlanishi. yuqori bosimdagi havo va gazning portlagandagi energiyasi va boshqalar.
Kimyoviy xavfli ishlab chikarish omillari – odam organizmiga o`yuvchi, zaharli va qichitadigan moddalarning ta'sir qilishi bilan ifodalanadi. Muayyan xavfli ishlab chiqarish omillarning kelib chiqishi texnologik jarayon, uskuna konstruktsiyasi va ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kelib chiqish xususiyatiga qarab, ko`rinib turgan va ko`rinmaydiganlarga bo`lish mumkin. Ko`rinib turgan, xavfli, tashqi belgilari bilan yaqqol ifodalanadi: masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismlari, alanga, ko`tarilib va osilib turgan yuk. Ko`rinmaydigan xavfli mashinalar, mexanizmlar, moslamalar va asboblarda yashirin nuqsonlarning borligiga bog`liqdir. Yashirin xavfni, shuningdek ish doirasining tiqishtirilganligi va ivirsiganligi, asbob, moslamalarni o`z maqsadida foydalanmaganligi, uzilgan elektr simlari, mxodimlarning noto`g`ri va xato harakatlari va boshqalar tug`dirishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish - juda murakkab kompleks bo`lib, avvalo, muhandis, texnik mutaxassislardan, shuningdek tibbiy va boshqa sohadagi mutaxassislardan alohida e'tibor qaratishni talab eatadigan muammodir.
Mashina va mexanizmlarning xavfli doiralari. Agar ishlovchilar jarohatlantirishga sababchi bo`lgan xavfni keltirib chiqaruvchi mashinalar bilan ma'lum masofada ishlamasalar ko`ngilsiz hodisa yuz berishi mumkin.
Insonning hayoti va salomatligiga ta'sir etadigan xavfli maydoni xavfli doira deb ataladi.
Xavfli doira mashinaning harakatlanuvchi, aylanuvchi qismlarida, yuk yaqinida, ko`tarib-tushiradigan transport vositalarida qo`zg`atiladigan yuk atrofida paydo bo`lishi mumkin. Ishlovchilarning kiyim va sochlarini uskunalarning harakatdagi qismlarini tortib ketish imkoniyatiga ega havfli doira xafv-xatar tug`diradi. Juda ko`p jarohatlar ishchilardagi osilib yotgan kiyimlarni qishloq xo`jaligi mashinalarining to`silmagan kardanli uzatmalari o`rab ketishi tufayli sodir bo`ladi.
Strelali kranlarning xafvli doira o`lchamlari uning strela uzunligiga bog`liqdir. Ishlab chiqarish jarayonlariga qo`yiladigan xavfsizlik talablari. Texnologik jarayonlarni bajarishda, tashkil qilishda va loyihalashda GOST 12.3.002-75 va TS 46.0.141-83 quyidagilarni inobatga olish shart deb belgilaydi.
Ishchilarni xavfli va zararli ta'sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan dastlabki materiallar, yarim mahsulotlar va chiqindi ishlab chiqarilishi bilan bevosita aloqasini yo`qotish, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari mavjud joylarni kompleks avtomatlashtirish hamda mexanizatsiyalash, texnologik jarayonlarda nazorat va boshqarish tizimini o`rnatish darkor. Bu ishlovchilarning himoyasini va ishlab chiqarish jarayonlarining avariya holatda o`chirilishini ta'minlaydi.
Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doir tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq qilish.
Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqahisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqa Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Xavfsizlik texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |