Mundarija I. Kirish II. Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot



Yüklə 124,15 Kb.
səhifə5/9
tarix02.05.2023
ölçüsü124,15 Kb.
#106394
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mundarija I. Kirish II. Bob. Migratsiya haqida umumiy malumot

Migrassiya turlari.
Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil o`zgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida ma’lum muddatga ishga, o`qishga va b. sabablar bilan mamlakatdagi bir ma’muriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xo`jalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va b. sabablarga ko`ra ko`chish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, o`qishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari bo`ladi. Ma’lum vaqt davomida hududga ko`chib kelgan va ko`chib ketgan kishilar soni o`rtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Ba’zan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni o`zgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas. Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining to`xtovsiz o`sib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan ma’lum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan to`la qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab bo`ladi. O`zbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50—60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va b. sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida sho`rolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy ko`chirib keltirish hisobiga bo`ldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, ko`pchiligi Respublika tashqarisidan yo`llanma bilan kelgan kishilar bo`ldi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so`ng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida o`z yurtlaridan qochoq bo`lganlar va badarg`a qilinganlar ham O`zbekistonda qo`nim topdilar. Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy an’analar ham ta’sir ko`rsatadi. O`rta Osiyo xalqlarida, jumladan o`zbeklarda tug`ilib o`sgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust.
Migrassiya ichki (yani bir mamlakatning ichida ayrim rayonlar o’rtasida, qishloqdan shaharga) yoki tashqi (bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga, bir qit’dan ikkinchi qit’aga) bo’lish mumkin. Migrassiya, shunningdek, doimiy hamda vaqtincha (shu jumladan mavsumiy bo’ladi.) Aholi migrassion harakatining sabablari xilma-hil bo’lishi mumkin. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga majbur qiluvchi sabablardan eng muhimlari ikkita: iqtisodiy sabablar (masalan, ish qidirib yoki moddiy axvolini yaxshilash maqsadida bir rayondan ikkinchi rayonga yoki boshqa mamlakatga ko’chish xamda siyosiy sabablar (siyosiy, milliy yokiy diniy etiqodga ko’ra quvg’in ostiga olinishi natijasida, davlatlar o’rtasidagi chegaralarning o’zgarishi yoki xarbiy harakatlar davom etgan rayonlardan boshqa joylarga ko’chib o’tish, davlatlar o’rtasidagi millatlar vakillarini ayirbosh qilish kabilar). Ichki migrassiyalar mamlakatlar aholisining ko’payishi va kamayishiga ta’sir ko’rsatmaydiб balki aholining mamlakat xududi bo’ylab shahar qishloq o’rtasida qayta taqsimlanishga olib keladi holos. Tashqi migrasiyalar esa, aksincha bir mamlakat, xatto aholisining ko’payishiga sababchi bo’ladigan muhim omil hisoblanadi.Xalqaro migratsiyasi 6 guruhga ajratiladi:
1. Oilaviy va boshqa sabablarga ko’ra doimiy yashahs maqsadida bir davlatdan boshqa davlatga ketgan emigratlar.
2. Migrant mexnatkashlar.
3. Nolegal immigrantlar.
4. Qochoqlar.
5. Talabalar ilmiy hodimlar, tadqiqotchialr.
6. Turli maqsadda ko’chib yuruvchilar –turistlar, dam oluvchilar, anjuman qatnashchilari.






Yüklə 124,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin