Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism


-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi



Yüklə 458,37 Kb.
səhifə4/10
tarix21.06.2023
ölçüsü458,37 Kb.
#133605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan

3-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi
1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tuxumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 –
chuchuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 – o‘simlikka yopishgan sista;
8 – qoramol
Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - Miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko‘zchasi, nerv gangliysi vabir juft protonefdiylari bo‘ladi.
Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxum­lari, ya’ni murtak hujayralar bo‘ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli hartum bor. Xartum uchiga maxsus lichinka bezining yo‘li ochiladi. Miratsidiy o‘z tanasidagi zahira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oraliq xo ‘jayini tanasida davom etadi. Bunday xo‘jayin chuchuk suvlardauchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig‘i mollyuskasi - Lymnaea truncatula tanasida rivojlanadi. Miratsidiy hartumchasi yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqligi suv shillig‘i to‘qimalarini eritib lichinkani mollyuska tanasiga o‘tib olishiga imkon beradi. Mollyuska tanasida Miratsidiy kipriklarini tashlaydi va xaltaga o‘xshash sporosistaga aylanadi. Sporosista parazitning ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan lichinka davri hisoblanadi. Sporosista davrida uning ichidagi partenogenetik tuxumlar boiinib, navbatdagi lichinkalar - rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xalta­ga o‘xshash ichagi bo‘ladi. Sporosista yorilib, rediyalar mollyuska tanasi­ga chiqadi. O‘z navbatida rediyalar ichidagi partenogenetik tuxum hujayralardan yana yangi lichinkalar- serkariylar hosil bo‘ladi. So‘rg‘ichlari, ikki shoxli ichagi, ayirish sistemasi va nerv tugunlarining tuzilishi bilan serkariy ko‘p jihatdan voyaga yetgan parazit maritaga o‘xshash, lekin undan uzun yo‘g‘on va muskulli dumining rivojlanganligi bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so‘ngra suvga chiqib suzib yuradi. Serkariylar ham Miratsidiylarga o‘xshab oziqlanmaydi. Serkariy bir muncha vaqt o‘tgach, suvdagi o‘tlarga o‘tirib qoladi va dumini tashlab, tanasi sirtida sista hosil qiladi. Parazit bu davrda adoleskariy deyiladi. Suvloqqa kelgan hayvonlar o‘tlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Ichakda sistaning qobig‘i eriydi, yosh parazit hayvonning tana bo‘shlig‘i orqali jigar o‘t yo‘llariga o‘tib, asta-sekin voyaga yetadi. Hamma so‘rg‘ichlilarning hayot sikli ham jigar qurtinikiga o‘xshamaydi. Ko‘pchilik so‘rg‘ichlilar uchun suv shillig‘i birinchi oraliq xo‘jayin hiso­blanadi. Ularnnng suv shillig‘i tanasidan chiqqan serkariya lichinkasi ikkinchi oraliq xo‘jayin (har xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, suv hasharotlari lichinkalari va boshqa hayvonlar) tanasiga o ‘tib, o‘z rivojlanishini davom ettiradi. Serkariya ikkinchi oraliq xo‘jayinda dumini yo‘qotib, yupqatiniq po‘st bilan o‘raladi, ya’ni sista hosil qiladi. Parazit bu davrda metatserkariy deyiladi. Agar metatserkariyli hay vonni boshqa biror yirikroq hay von oziq bilan birga yeydigan bo‘lsa, uning tanasida parazit voyaga yetadi.
Demak, so‘rg‘ichlilar hayot siklining har xil davrlari boshqa-boshqa hayvonlarda o‘tadi. Organizmida voyaga yetgan parazit yashaydigan yirik sut emizuvchilar asosiy xo‘jayin, parazit lichinka davrida yashaydigan hayvonlar esa oraliq xo‘jayin hisoblanadi. So‘rg‘ichlilarning oraliq xo‘jayini ko ‘pincha ikkita bo ‘lib, ulardan birinchisi doimo biror chuchuk suv mollyuskasi, ikkinchisi esa albatta, asosiy xo‘jayinga yem bo‘ladigan har xil hayvonlar bo‘ladi. Shunday qilib, so‘rg‘ichlilarning hayot sikli juda ko‘p tasodiflar bilan bog‘liq. Masalan, jigar qurti hayoti davom etishi uchun uning tuxumlari albatta ko‘lmak suvga tushishi, suvda suv shillig‘i bo‘lishi, suvga yirik hayvonlar kelib turishi kerak. Rivojlanish siklining amalga oshishiga monelik qiluvchi to‘siqlarning ko‘payishi bilan birga bunday noqulayliklarning oldini olishga imkon beradigan bir qancha moslanishdan iborat. Juda ko‘p tuxum qo‘yish, lichinka davrida partenogenetik ko‘payish ana shunday moslanishlardir.
So‘rg‘ichlilar nasl almashinish orqali ko‘payadi. Ularning lichinkalik davrida murtaklik hujayralarining bo‘linishi orqali ko‘payishi partenogenezdan iborat. Partenogenezning bu xili pedogenez (lichinkalik davrida ko‘payish) deb ham ataladi. Agar miratsidiy lichinka deyiladigan bo‘lsa sporosista va rediyalarni ikkita urg‘ochi nasl deyish mumkin. So‘rg‘ichlilar hayot sikli germafrodit va partenogenetik naslini almashinuvidan iborat. Bu hodisa, shuningdek ayrim jinsli va germafrodit, ayrim jinsli va partenogenetik nasllarni almashinib turishini getevgoniya deyiladi. Pedogenezning biologik ahamiyati asosiy xo‘jayin tanasida rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan parazitlar sonini keskin oshirishdan iborat. So‘rg‘ichlilarning patogen ahamiyati. Ko‘pchilik so‘rg‘ichlilar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Ular orasida jigar qurti (Fasciola hepatica) katta xo‘jalik ahamiyatiga ega. Bu qurtning voyaga yetgan davr­ida uzunligi 3-5 sm bo‘lib, deyarli barcha sut emizuvchilar, jumladan odam jigari va o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Parazit ta’sirida jigarning o‘t yo‘llari bekilib qoladi yoki o‘t suyuqligining o‘tishi qiyinlashib qoladi. Ayrim yili chorva mollari (qo‘ylar)ning zararlanishi epizootiya tusini olgan. Epizootiya ayniqsa, yomg‘irli bahor mavsumida yuqori bo‘ladi. Jigar qurti bilan odam ham zararlanishi mumkin. Odam chuchuk suv shillig‘i yashaydigan ko‘lmak suvdan ichganida jigar qurti adoleskariyasini tasodifan yutib yuborishi mumkin. Jigar qurti bilan zararlangan hayvonlar maxsus antigelmint preparatlar yordamida davolanadi. Jigar qurtiga qarshi kurashish uchun suv xavzalarini parazitning oraliq xo‘jayini -kichik suv shillig‘idan tozalash, ko‘lmak suvlar va botqoqliklarni quritish lozim. Sut emizuvchi hayvonlap jigarida lansetsimon so‘rg‘ichli Dikrocoelium lanseatum ham parazitlik qiladi. Bu parazitning uzunligi 0,5-1,2 sm, birinchi oraliq xo‘jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuyuskalar, ikkinchi oraliq xo‘jayini chumolilar bo‘ladi. Chumolilar shilliqlar ajratib chiqaradigan serkariyli xaltalarni, sut emizuvchi hayvonlar esa o‘t bilan birga chumolilarni yeb zararlanadi. Mushuk ikki so‘rg‘ichlisi mushuk, it va odam jigarida parazitlik qiladi. Uzunligi 8-13 mm. Birinchi oraliq xo‘jayin bitiniya mollyuskasi (Bithynia leachi), ikkinchisi baliqlar hiso-blanadi. Odam va hayvonlar sistaga aylangan metatserkariyli baliq go‘shtini yaxshi pishirmasdan yoki dudlamasdan yeganida parazitni yuqtiradi. Juda kuchli zararlangan odam halok bo‘lishi mumkin. Parazit Sibir hamda Yevropaning sharqiy va janubiy xududlarida tarqalgan. Barcha trematodalar xo’jayin almashtirish yo’li bilan rivojlanadi. Ular ikki yoki uch xo’jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo’jayin ishtirokida rivojlanmasin barcha trematodalarning birinchi oraliq xo’jayini suvda yoki quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. Mollyuskalar uchramaydigan hududlarda trematodalarning ontogenezi to’xtaydi. O’zbekiston hududida suv mollyuskalari orqali rivojlanuvchi trematodalar odatda ikki xo’jayinli (birinchi-oraliq xo’jayin-mollyuskalar, ikkinchisi-asosiy, yoki definitiv xo’jayinlar-umurtqalilar), quruqlikda yashovchi mollyuskalar orqali rivojlanuvchilari – uch xo’jayinli bo’ladi.
Trematodalarning taraqqiyoti, ya’ni ontogenezi o’z ichiga 4 bosqichni oladi, ya’ni embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va maritogoniya.
Ikki xo’jayinli trematodalarda embrional taraqqiyot bosqichi suv muhitida, nam sharoitda kechadi. Bu bosqichda tuxum ichida 1- avlod lichinka - kiprikli miratsidiya yetiladi, bu lichinka tuxum qopqoqchasini ochib tuxum ichidan suvga o’tadi. Bunday miratsidiyda ikkita oddiy ko’zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar rivojlangan bo’ladi. Unda ichak va jinsiy apparat bo’lmaydi. Shunday qaraganda trematodalarning 1 - avlod lichinkasi - miratsidiyning tuzilishi ancha murakkab va ko’p jihatdan turbellyariyalarni eslatadi. Miratsidiy ichaksiz bo’lganligi tufayli oziqlana olmaydi, shuning uchun uning umri juda qisqa bo’ladi(36 soatgacha). Shu orada u suzib yurgan holda o’zining oraliq xo’jayini-mollyuskalarni qidiradi va faol holda uning tanasini teshib kiradi. Buning uchun ular tana uchidagi xartumcha va maxsus bezlar shirasidan foydalanadi.
Mollyuskaning jigarida kiprikchalari, ko’zchalari, nerv tugunlari, protonefridiyalarini yo’qotib, 2- avlod lichinka - xaltasimon sporotsistaga aylanadi. Shu paytdan boshlab trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Sporotsistalar ichagi bo’lmagan holda tana yuzasi bilan xo’jayin tanasidan erigan moddalarni shimib oziqlanadi. Sporotsistadagi tuxum hujayralari otalanmasdan, partenogenetik yo’l bilan ko’payib, ko’plab 3- avlod lichinka - rediyalarni hosil qiladi.
Rediyalar sporotsistalar ichidan ajralib chiqadi. Partenogenetik yo’l bilan ularning tuxum hujayralaridan 4 - avlod lichinkalar - dumli serkariyalar rivojlanadi. Serkariyalarda ikkita so’rg’ich, ikki shoxli ichak, protonefridiyalar yetilgan bo’ladi. Shu darajaga yetgan serkariyalar rediyalarni yorib mollyuskalarning maxsus teshigidan suvga chiqadi. Shu bilan trematodalarning partenogoniya taraqqiyot bosqichi tugab, sistogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Bunda serkariyalar suv o’tlariga va boshqa qattiq substratlarga, ayrim hollarda suv yuzasida o’zining sistogenli bezlaridan ajralib chiqqan yelimsimon modda bilan yopishib, yumaloq shaklga keladi va maxsus qobiqlarga o’raladi, dumini yo’qotib, sista-adoleskariya hosil qiladi.
Adoleskariyalar trematodalarning 5 - avlod lichinkasidir. Maritogoniya taraqqiyot bosqichida o’tlarga yopishgan yoki suvdagi bunday yuqumli adoleskariyalar asosiy xo’jayinlar (barcha umurtqalilar, shu jumladan barcha qishloq xo’jalik hayvonlari, odamlar) organizmiga og’iz orqali tushgach, oshqozonda va ichakda ularning qobiqlari erib, ajralib chiqqan lichinkalar o’zlarining parazitlik qilish joylariga tushadi va asta-sekin maritaga, ya’ni voyaga yetgan trematodaga aylanadi. Bunday trematodalardan tashqi-suv muhitiga ajralib chiqqan tuxumlarda rivojlangan miratsidiyalar yuqorida ko’rsatilgan taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tadi.
So’rg’ichlilar sinfidan odam va mahsuldor hayvonlarga ko’proq Fasciolata, Paramphistomata, Heterophyata, Echinostomatata va Schistosomatata kenja turkumlarning vakillari katta ziyon yetkazadi.

Yüklə 458,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin