Mundarija I. Kirish. Yassi chuvalchanglar tipiga umumiy tavsif II. Asosiy qism



Yüklə 458,37 Kb.
səhifə6/10
tarix21.06.2023
ölçüsü458,37 Kb.
#133605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan

II. 2. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari
Jigar qurtlari Fasciolidae oilasiga kiradi. Jigar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida hamda o’t yo’llarida parazitlik qiladi.
Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tur kiradi. Respublikamizda chorva mollarida fasciolalarning asosan 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) parazitlik qiladi.
F.hepatica bargsimon shaklda bo’lib, voyaga yetganlarining tanasi 30-40 mm uzunlikka, eni esa 12-13 mm ga teng. Bunday fasciolalarning rangi kulrang va biroz qo’ng’ir bo’lsa, jigar to’qimalarida parazitlik qiluvchi yosh trematodalar oq, sutsimon ko’rinishga ega va ular tanasining uzunligi odatda 18-19 mm dan oshmaydi.
F.gigantica ning tanasi bo’yiga cho’zilgan, eni esa qisqa bo’ladi. Ularning jigar o’t yo’llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetganlarining tana uzunligi 30 mm dan 70 mm gacha bo’lib, eni esa 6-11 mm. Jigar to’qimalarida parazitlik qiluvchi mazkur turga oid yosh trematodalarning uzunligi 1-2 mm dan 30 mm gacha bo’lib, eni 0,2-5,0 mm ni tashqil qiladi. Ushbu trematoda F.hepatica ga nisbatan yuqori patogenli hisoblanadi.
Fasciolalarning tuxumlari oval shaklida, sariq-tilla rangda bo’lib, bitta qutbida qopqoqchasi mavjud. F. hepatica tuxumlarining o’lchami 0,12-0,15 mm ga teng. F.gigantica tuxumlari esa biroz yirikroq bo’ladi.
Fasciolalar biogelmint bo’lib, ular asosiy va oraliq xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Asosiy xo’jayin vazifasini o’txo’r sutemizuvchilar, oraliq xo’jayin vazifasini esa Lymnaeidae oilasiga mansub chuchuk suv mollyuskalari bajaradi. O’zbekistonda chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan kichik chuchuk suv shilliqqurti (Lymnaea truncatula) oddiy jigar qurtining oraliq xo'jayini hisoblanadi. F.gigantica ning oraliq xo’jayini doirasi esa ancha keng bo’lib, uning rivojlanishi L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta va L. impura mollyuskalari ishtirokida o’tadi. Ushbu turlarga oid mollyuskalar ko’pincha yer osti suvidan paydo bo’lgan doimiy va vaqtinchalik suv havzalari(ko’llar, suv qochirish kanallari, buloq suvlari)da tarqalgan. Ularni shuningdek barcha sug’orish shoxobchalarida ham yetarli darajada uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda fasciolalarning oraliq xo'jayinlari sifatida 18 turga kiruvchi chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari aniqlangan.
Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jigar qurti bir hafta davomida bir milliontagacha tuxum qo'yishi mumkin. Tashqi muhitda qulay sharoit bo'Iganda 17-18 kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, harakatchan lichinka-miratsidiy chiqadi(21-rasm).
Miratsidiylar 2-3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivojlanishi uchun oraliq xo'jayini-qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi orqali mollyuska chig'anog'ini teshadi va uning ichiga kiradi. So'ngra bu lichinkalar mollyuska jigariga o'rnashib, kiprikli ustki qavatini tashlab, qopga o'xshash shaklga ega bo'lgan keyingi lichinkalik davri - sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari partenogenez (otalanmasdan) yo'li bilan ko'payib, lichinkaning navbatdagi generatsiyasi-rediyalarni hosil qiladi. Rediyaning kalta xaltaga o'xshash ichagi bo'ladi. Bitta sporotsistada 10-15 ta rediyalar yetiladi. Sporotsista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqadi. Rediyalar murakkabroq tuzilgan bo'lib, ularda og'iz, shoxlanmagan to'g'ri ichak, ichki qismida esa tuxum (embrion) hujayralari bo'ladi. Bunday rediyalar sporotsista po'stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom ettiradi. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Cho'ziq shakldagi rediyalar ham partenogenetik yo'l bilan ko'payib, jigar qurtining navbatdagi lichinkalik davri - serkariylarni hosil qiladi. Serkariylar rediyalardan keskin farq qilib, ularning tanasi tuxum shaklida, 2 ta so'rg'ichi, ya'ni og'iz va qorin so'rg'ichi, 2 shoxchaga bo'lingan o'rta ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar boshlang'ichi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi bo'ladi. Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi.

Yüklə 458,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin